Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet79/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Isbot qilish deganda subyektlarning jinoyat-protsessual qonunga asoslangan holda muayyan jinoyat ishiga tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni protsessual tartibda to‘plash, mustahkamlash, tekshirish va baho berish, shuningdek davlat nomidan bu ma'lumotlarning mavjudligini tasdiqlash faoliyati tushuniladi.

Jinoyat protsessining asosiy vazifasi jinoyat ishi bo‘yicha obyektiv haqiqatni aniqlashdir, buning uchun esa ish bo‘yicha aniqlangan har bir dalil, ma’lumot, fakt isbotlanishi lozim. Isbotlash murakkab jarayon bo‘lib, jinoyat protsessining negizi hisoblanadi. Jumladan, isbot qilish – jinoyat protsessual faoliyatni tartibga soluvchi, shuningdek sudlov faoliyatidagi jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatga erishishni ta’minlovchi jarayondir. Bu jarayonning mohiyati uning elementlarida, ya’ni dalillarni to‘plash, tekshirish, mustahkamlash va baholashda aks etadi. Dalillarni aniqlash, ular bilan ishlash va protsessual isbotlash jinoyat protsessining asosiy faoliyat qismidir. Protsessual isbotlash faqat fikrlash faoliyati emas, balki ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratilgan va ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarishga imkon beruvchi huquqiy faoliyatdir. Isbotlash predmeti va doirasi, isbotlash ishtirokchilari, ularning isbotlash jarayoni davomidagi majburiyatlari jinoyat-protsessual huquq fanida muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki jinoyat protsessual faoliyatning asosini isbotlash jarayoni tashkil qiladi. Faqatgina isbotlash jarayoni davomida olingan ishonchli ma’lumotlar asosida har qanday jinoyat ishi adolatli hal qilinadi.


Jinoyat protsessida isbot qilish tushunchasi bilan birgalikda dalillar huquqi, dalillar nazariyasi kabi tushunchalar mavjud. Isbotlash predmeti va doirasi, shuningdek ushbu jarayonni amalga oshiruvchi normalar yig‘indisi dalillar huquqini tashkil qiladi. Isbotlash huquqi har bir ish bo‘yicha isbot qilish maqsadiga erishish uchun kafolat hisoblanadi va isbot qilish shartlari, yo‘nalishlari mazmunini belgilab beradi. Isbot qilishning aniq mazmunini esa protsessual harakatlar va munosabatlar tashkil qiladi.
Dalillar nazariyasi isbot qilishning gnoseologik, huquqiy, mantiqiy va psixologik asoslarini o‘rganadi, shuningdek huquqiy normalarning jinoyatlarni tergov qilish davomida qonuniy qo‘llanilish amaliy faoliyatini tartibga soladi.
Ish bo‘yicha to‘plangan har bir dalil alohida va barcha dalillar bir tizimga keltirilib umumiy baholanadi. Dalillar o‘rtasida hech qanday mantiqiy ziddiyatlar bo‘lmasligi lozim, aks holda aybdor shaxsning aybi to‘la isbotlanmagan, deb hisoblanadi. Bu esa tergov bir yoqlama olib borilganini ayblanuvchining protsessual manfaatlari to‘la tekshirilmaganligini, tergov sifatsiz, yuzaki olib borilganini ko‘rsatuvchi holat bo‘ladi. Tergovchi dalillarni baholashda yoki jinoyat ishi bo‘yicha xulosa chiqarishida o‘z ichki ishonchiga amal qilishi lozim. Isbot qilish Jinoyat-protsessual kodeksi moddalarining talablariga mos bo‘lishi lozim. Bu qoidaga amal qilmaslik jinoyat ishi bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlarni noqonuniy deb topishga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, shaxsni aybdorligi tasdiqlanmaganda, uning aybdorligi yoki aybsizligi to‘la aniqlanmaganda, jabrlanuvchining protsessual huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanmaganda, ishni adolatli hal qilish masalasi yechilmasdan qoladi. Isbot qilish o‘zida haqiqatni aniqlash jarayonini ifoda etadi. Uning mohiyati dalillarni to‘plashda, tekshirishda namoyon bo‘ladi. Isbot qilish jarayonini amalga oshirishda sudya, tergovchi va boshqa protsess subyektlarining amaliy tajribasi, shuningdek ularning dunyoqarashi, huquqiy ongi va tafakkuri muhim o‘rin tutadi. Amaliy tajriba bilim faoliyatining asosi bo‘lib, bu tajriba isbotlash subyektlari tomonidan ishlash jarayoni davomida o‘zlashtirib boriladi, natijada ularning amaliy tajriba darajasi yillar davomida ortib boradi. Isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar ichida har bir jinoyat ishi bo‘yicha faktik holatlarni bor yoki yo‘qligini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Jinoyat protsessida isbot qilishning asosiy maqsadi – haqiqatni aniqlashdir.
Jinoyat protsessida obyektiv haqiqat tushunchasi o‘z ichiga tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlar to‘g‘risidagi ishonchli xulosalarini qamrab oladi. Obyektiv haqiqat real bo‘lgan taqdirdagina isbotlash protsessi maqsadiga erishiladi.
Jinoyat protsessida nisbiy haqiqat deganda, ya’ni jinoyat protsessida bironta jinoyat ishini isbotlanishi davomida aniqlangan holatlar tashqi dunyo hodisalari bilan bog‘liq bo‘lmaydi va yuridik, daliliy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Jinoyat protsessida absolyut haqiqatda esa, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ayrim hollarda haqiqat konkret aniqlanmaganda, u ham nisbiy, ham absolyut bo‘ladi.
Haqiqatni aniqlash jinoyat protsessining maqsadi va adolatli hukm chiqarishning asosiy shartlaridan biridir. Jinoyat ishi holatlarini qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shunday holda aniqlash obyektiv haqiqatning mazmunini tashkil qiladi. Jinoyat ishi bo‘yicha obyektiv haqiqatni aniqlash tartibi jinoyat-protsessual qonunchilik bilan tartibga solingan.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish