Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish



Download 0,94 Mb.
bet75/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

4.5. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish
hamda ularni hal qilish tartibi

Odil sudlovning asosiy talabi sifatida xolislik va beg‘arazlikni taminlash maqsadida qonun chiqaruvchi tomonidan qator normalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular jinoyat ishini ko‘rib chiqishda ishga nisbatan adolatsiz qarori, yondashuvi yoxud fikri natijasida jinoyat ishi noto‘g‘ri hal qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar ishtirokining oldini olishga hamda jinoyat ishini to‘liq, har tomonlama va xolisona tekshirish va tergov qilishga qaratilgan.


Ushbu institut jinoyat ishi bo‘yicha yurituvda xolislik va beg‘arazlikni taminlash, huquqni muhofaza qiluvchi organ va sudning mansabdor shaxslari, shuningdek jinoyat protsessining ayrim ishtirokchilarining o‘z kasb vazifalarini suiiste’mol qilishlarining oldini olish maqsadiga xizmat qiladi.



Rad qilish – qonunda ko‘zda tutilgan qonuniy asoslar bo‘lgan taqdirda jinoyat protsessi ishtirokchisini ish yuritishdan chetlashtirish bo‘lib, uning natijasida shaxs jinoyat ish yurituvida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va o‘z protsessual maqomini yo‘qotadi.


Shu tariqa rad qilish o‘z mohiyatiga ko‘ra, jinoyat protsessi ishtirokchisi protsessual qonun talabini bajarmagan, ya’ni, qonun talabiga zid ravishda protsessda ishtirok etishni davom ettirgan holda qo‘llaniladi.


Shunga muvofiq, rad qilish protsessual sanksiya, ya’ni, huquq normasi dispozitsiyasini buzganlik, bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida kelib chiqadigan oqibat sifatida ham ko‘rilishi mumkin. Rad qilish majburiy ahamiyat kasb etadi va qonunda ko‘zda tutilgan hollarda uni qabul qilish shart hisoblanadi.
Jinoyat protsessida rad qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi aniq belgilab berilgan, bular: sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, sud majlisi kotibi, jamoat birlashmasi yoki jamoa vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar vakili.
Ko‘rsatilgan shaxslardan birini rad qilish uchun qonunda ko‘zda tutilgan umumiy asoslardan birining mavjudligi yetarli hisoblanadi.
Rad qilishni ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: 1) o‘zini o‘zi rad etish; 2) jinoyat protsessi ishtirokchilari tomonidan rad qilish. Ayni damda ta’kidlash lozimki, jinoyat protsessining barcha ishtirokchilari ham rad qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan chiqa olmaydilar. Rad qilish to‘g‘risidagi masala bilan protsessning jinoyat ishi yakunlaridan manfaatdor bo‘lgan ishtirokchilari, ya’ni ayblov tarafi yoki himoya tomoni chiqishi mumkin. Jinoyat ishi bo‘yicha shaxsiy manfaati bo‘lmagan protsess ishtirokchilari - ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolis rad qilish tashabbusidan foydalanmaydi, bu yuridik jihatdan to‘g‘ri va mantiqiy hamdir. Jinoyat-protsessual kodeksida ham ushbu ishtirokchilarning huquqlariga bag‘ishlangan moddalarda ularni rad qilish bilan bog‘liq huquqlari ko‘zda tutilmagan.
Sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala imkon qadar sud muhokamasining boshlang‘ich bosqichlarida ko‘tarilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu rad qilingan sudya deyarli yakunlangan sud muhokamasining chetlatilishi munosabati bilan sud muhokamasini yana yangi tarkibdagi sudda boshlash, sud tergovini takroran o‘tkazish va boshqacha tarzda sud muhokamasining asossiz uzayishining oldini olishga xizmat qiladi.
Basharti, sudyani rad etish uchun asos bo‘lgan holatlar vakolatli protsess ishtirokchisiga keyinroq, ya’ni sud tergovi boshlangandan so‘ng ma’lum bo‘lgan bo‘lsa hamda u o‘z tasdig‘ini topsa, sudya protsessdan chetlashtirilishi hamda zaruriyat tug‘ilganda, sud muhokamasi yangitdan o‘tkazilishi lozim.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish