Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining



Download 0,94 Mb.
bet41/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
113-moddasi.



Har bir inson huquq va burchlarini belgilash va qo‘yilgan jinoiy aybning, mustaqil va xolis sud tomonidan qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlashi uchun to‘liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda ko‘rib chiqilishi huquqiga ega.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasi.


2.10. Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipi

“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi sud ishlarini yuritishning oshkoraligi prinsipini nazarda tutadi. Mazkur modda mazmunidan ko‘rinib turibdiki, “oshkoralik” atamasi “sudda ishlarning ochiq ko‘rilishi” atamasining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.


Sudda ishning oshkora ko‘rilishiga bo‘lgan huquq har bir insonning huquqidir. Bu huquq Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 14-moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro huquqning boshqa hujjatlarida mustahkamlangan.
Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasida mustahkamlangan prinsipidir.
Jinoyat protsessining mazkur prinsipi qonun tomonidan quyidagi tarzda tartibga solinadi: “Barcha sudlarda, davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan hollarni istisno qilganda, jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi” (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 2-qismiga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taminlash taqozo etgan hollarda boshqa ishlarni ham sud tomonidan ajrim chiqarib, yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu ishlar bo‘yicha ishning to‘liq yoki qisman yopiq sud majlisida ko‘rilishi zaruriyatiga sabab bo‘ladigan aniq holatlar mavjudligini sud har bir vaziyatda alohida aniqlaydi. Mazkur holatlar mavjudligida sud butun protsessni yoki uning alohida bir qismini “yopiq eshiklarda” o‘tkazishga nafaqat haqli, balki majbur ham.
Amaliyotdan misol: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismi bilan ayblanib, sudga berilgan, voyaga yetmagan Asilovni ishini himoyachining iltimosiga ko‘ra yopiq sud majlisida ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Biroq voyaga yetmagan ayblanuvchining ikki akasi va jabrlanuvchining amakisi sud majlisida qatnashish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilishadi. Biroq sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilayotganini vaj keltirib, ularning murojaatini rad qildi.
Sudning ushbu masala bo‘yicha ajrimi sud majlisida yig‘ilganlarga taalluqli bo‘lib, protsess ishtirokchilariga ham tatbiq etiladi.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oshkor qilinishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi.
Sud zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida qatnashishlarini taqiqlab qo‘yishga haqlidir.
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga, kinoga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Sud hukmi barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi. Shu bilan birga, oshkor qilinmasligi uchun yopiq sud majlisi o‘tkazilgan ma’lumotlar sud hukmida oshkora qilinmaydi.
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoat birlashmalari va jamoalar bo‘ladigan protsesslar to‘g‘risida xabardor qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, sud protsesslari bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, qonun tomonidan talab qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan oshkoralik prinsipidan istisno holatlari doirasi ancha keng. Inson, jamiyat, davlat manfaatlariga zarar yetkazish maqsadida oshkoralikdan foydalanish mumkin emas. Mazkur cheklovlarning asosiy vazifasi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini saqlashdir.
Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipining siyosiy va amaliy ahamiyati juda katta. Sudlarda ishlarning oshkora ko‘rilishi fuqarolarni qonunlarni hurmat qilish va qonunbuzarliklarga toqat qilmaslik ruhida tarbiyalash vazifasini ta’sirchan va kengroq bajarishga hamda sud organlarining faoliyati ustidan xalqning doimiy nazoratini o‘rnatishga imkon yaratadi.
Oshkoralik prinsipidan istisno qilinadigan holatlar ro‘yxati qonunda aniq ko‘rsatilganligi oshkoralikning kafolati sifatida xizmat qiladi. Tegishli qonuniy asoslar yo‘qligida ishning yopiq sud majlisida ko‘rilishi qonunning buzilishi hisoblanadi.




“O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta'minlanadi”.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish