Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Fuqarolarning huquq va erkinliklarini



Download 0,94 Mb.
bet40/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

2.9. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini
muhofaza qilish prinsipi

Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning protsess ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini taminlash, buzilgan huquqlarini tiklash va ularning o‘z huquqlarini biron-bir to‘siqlarsiz amalga oshirishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlari mazkur prinsipning mazmunini tashkil etadi.


Mazkur prinsipning normalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida bayon etilgan, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taminlashligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipni jinoyat protsessi prinsipi sifatida ifodalab, jinoyat protsessiga jalb etilgan har bir shaxsning huquq va erkinliklari muhofaza qilinishini kafolatlaydi.
Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga ham to‘liq muvofiqdir. Chunonchi, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasiga ko‘ra, har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 9-moddasiga ko‘ra, har bir inson ozodlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishi yoki hibsda saqlanishi mumkin emas. Hech kim qonun bilan belgilanganidan boshqacha asos va tartibda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas. Hibsga olinayotgan har bir kishiga hibsga olish vaqtida qamalish sabablari aytiladi va darhol unga qo‘yilgan ayb ma’lum qilinadi.
Ko‘rilayotgan prinsip Inson huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lib, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipning jinoyat protsessida amal qilishini ta’minlaydi. Mazkur prinsipning amal qilishi Jinoyat-protsessual kodeksining qator moddalarida (221-,226-,242-,243-moddalar) shaxsni ushlab turish, hibsga olish va qamoqda saqlash tartib-tamoyili batafsil nazarda tutilganligi bilan ham ta’minlanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining qator normalarida hibsda ushlab turish va qamoqda saqlashning chegaralangan muddatlari belgilangan bo‘lib, bu muddatlar o‘tgan hollarda, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga belgilangan jazo muddati tugaganda shaxs darhol ozod qilinishi shart. Qonunning bu talabini bajarmagan mansabdor shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 19-moddasining 4- va 5-qismlarida nazarda tutilgan normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga asoslangan. Konstitutsiyaning ko‘rsatilgan normasiga ko‘ra, “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”.
Fuqarolarning turar joyi yoki boshqa bino, hududlarda tintuv o‘tkazish, fuqarolarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va ularni olib qo‘yish, telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitib borish faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin. Qonunning mazkur talabini har qanday buzish o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi va fuqaroga yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda undiriladi.
Jinoyat ishini yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar buzilgan huquqlarni tiklash bilan birga qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.




“Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi”.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish