Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi



Download 0,94 Mb.
bet37/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

2.6. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart.
Mazkur prinsip mazmuniga ko‘ra, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi jinoyat alomatlari aniqlangan hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, biror-bir muassasa, tashkilot, fuqarolarning xohish-irodasidan qat’iy nazar jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni fosh etish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha zarur choralarni ko‘rishlari shart.
Shuni nazarda tutish kerakki, Jinoyat-protsessual kodeksining
325-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi aybdorni javobgarlikka tortishni so‘rab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qo‘zg‘atiladi. Ammo jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi ayblanuvchiga qaram bo‘lganligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqini va qonuniy manfaatlarini o‘zi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qo‘zg‘atishi shart.
Keyingi paytlarda jinoyat protsessida dispozitiv asoslar kengayishi tufayli, ayrim hollarda jinoyat hodisasi aniqlangan taqdirda ham prokuror, tergovchi va surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi jinoyat ishini faqatgina tegishli shaxslarning arizasi bo‘lgan taqdirdagina qo‘zg‘atishi mumkin. Xususan, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish, aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish, mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyatlari ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasida nazarda tutilgan.
Jinoyat ishlari jabrlanuvchining va ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning yoki prokuror, tergovchi hamda surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsining subyektiv fikri bilan qo‘zg‘atilishi mumkin emas. Ular o‘zlarining jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi hujjatlarida har tomonlama va xolisona tadqiq qilingan dalillarga asoslanishlari kerak.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish