Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Hukmning mulkiy undirishlarga



Download 0,94 Mb.
bet182/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

10.3. Hukmning mulkiy undirishlarga
doir qismi ijrosini taminlash

Hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taminlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart (Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasining 1-qismi). Bu mulkiy undirishlarni taminlashning eng oqilona va qonuniy usulidir. Ta’kidlash lozimki, bu dastlabki tergov bosqichida jinoyat protsessi vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.


Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida xatlanishi mumkin bo‘lmagan mulk turlari sanab o‘tilgan. Jumladan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini taminlash uchun zarur bo‘lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi.
Turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’iy nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qo‘poruvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda bu joylar xatlanadi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 264-moddasida qayd etilgan kontrabanda jinoyatini sodir etish quroli, ya’ni vositasi sifatida avtotransport vositalaridan ham foydalanilganda jinoyat sodir etish quroli sifatida xatlanadi.
Mol-mulkni xatlash o‘z mohiyatiga ko‘ra, mulkdorga yoki mol­mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa undan foydalanish man etilganligini e’lon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni tegishli vakolatga ega huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda boshqa shaxslarga saqlab turish uchun topshirishdan iboratdir. Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkni xatlash fuqaroviy da’voni taminlash vositasi hisoblanadi.
Mulkni xatlash surishtiruvchi, tergovchi qaroriga asosan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo‘lgan sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish yuzasidan chiqarilganligi, qanday maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni taminlash uchun xatlanayotganida esa xatlanayotgan mol-mulk summasi ham, albatta, ko‘rsatiladi.
Agar surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo‘sindagi jazo qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Mulkni xatlash surishtiruvchi, tergovchi qarori bo‘yicha yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo‘lgan sudning ajrimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Xatlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo‘yicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni taminlash uchun xatlanayotganida esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham ko‘rsatiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo‘sindagi jazo qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Fuqaroviy da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qo‘llayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora ko‘rilmagan bo‘lsa, sud hukmning shu qismi ijrosini ta’minlaydigan choralar ko‘rish haqida ajrim chiqarishga haqlidir.
Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni xatlashda diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qo‘yish yoki ularda tintuv o‘tkazish qoidalariga rioya qilinishi lozim. Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash to‘g‘risida Jinoyat-protsessual kodeksining
90 – 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo‘lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi va boshqa o‘ziga xos belgilari sanab o‘tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi. Mol-mulkni xatlash chog‘ida uni yashirish, yo‘q qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan bo‘lsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qo‘llangan choralar ko‘rsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim. Bayonnomaning nusxasi mol-mulki ro‘yxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda, mol-mulk ro‘yxatga olingan hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni ro‘yxatga olish o‘tkazilgan bo‘lsa, mol-mulk xatlanganligi to‘g‘risidagi bayonnomaning nusxasi tegishli ma’muriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, imzo qo‘ydirib olinadi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi xatlanishi lozim bo‘lgan mulkni baholashi kerak. Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytidagi bozor narxida baholanadi. Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar o‘z qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli qarorida mulkiy ziyon sudlanuvchi va jinoyat ishi qismi alohida yurituvga ajratilgan boshqa shaxsning birgalikdagi harakatlari natijasida yetkazilgan hollarda sud mulkiy ziyonni to‘la hajmda qoplash majburiyatini sudlanuvchi zimmasiga yuklashi, birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida zarar yetkazgan barcha shaxslar yetkazilgan moddiy zararni qoplashda solidar javobgar bo‘lishlari, amaldagi Fuqarolik kodeksining
1000-moddasiga binoan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra va uning manfaatlarini ko‘zlab, agar bu tartib zarar qoplanishini ta’minlasa, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslar zimmasiga solidar emas, hissali javobgarlikni yuklatishga haqli ekanligi, shuningdek jinoyat obyekti bo‘lgan mulk qiymatini aniqlashda uning egasi tomonidan xarid qilinishi holatlaridan, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi shartnomaviy, ulgurji, chakana, birja yoki bozor narxidan kelib chiqish lozimligi, mol-mulk qiymatini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, u tegishli ekspert xulosasiga ko‘ra belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan31.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish