Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki



Download 0,94 Mb.
bet181/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

10.2. Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki
fuqaroviy da’vogarga qaytarish

Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish tegishli vakolatga ega huquqni muhofaza qilish organlari va sudning tashabbusi bilan ham amalga oshishi mumkin. Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirishning mavjud shakllari jamiyat, davlat va shaxs manfaatlarini himoya qilish borasida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshishida muhim ahamiyatga egadir. Bunda ushbu vazifalarni bajarish jinoyatdan jabr ko‘rgan shaxsning xohish-irodasiga bevosita va to‘liq bog‘liq bo‘lmay, balki jinoyat protsessining amal qilishiga ko‘ra maxsus vakil qilingan shaxs, organ va sudning bevosita majburiyati tarzida amalga oshiriladi. Uning mazmuni moddiy zararni undirish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish va sud organlari bajarishi lozim bo‘lgan tadbirlarning xususiyatlarini ifodalaydi.


Jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni hal qilish va jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish borasida xorijiy qonunchilikdagi tajribalarga murojaat qilsak, Norvegiya JPKning 214-§da ko‘rsatilishicha, jinoiy qilmish tufayli o‘z mulkidan ajragan har qanday shaxsga jinoyatchining mulki, agar musodara qilish muddati o‘tgan taqdirda ham olib berilishi lozim. Estoniyaning JPK 413-moddasida ko‘zda tutilgan “Chet mamlakatlarga mulkni xatlab, uni egasiga berish bo‘yicha iltimosnoma bilan chiqish” degan qoidaning mavjudligi, shuningdek ushbu moddada “Chet mamlakatga mulkni xatlab, uni egasiga berish to‘g‘risidagi iltimosnoma adliya vaziri yoki u tomonidan tayinlangan yuridik tashkilot tomonidan beriladi” – degan qoida ham mustahkamlanganligini ko‘rish mumkin.
Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalillar deb e’tirof etilgan jinoyatning narsalari tergov idoralarida saqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 287-moddasiga asosan, jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yo‘qolgan va ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxo‘rlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa uning huquq vorisiga o‘tkaziladi. Egasini aniqlab bo‘lmagan mol-mulk davlat egaligiga o‘tkaziladi. Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga o‘tkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Jinoyat narsasi bo‘lgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim bo‘lmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan bo‘lsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga ko‘ra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 25-moddasi talabiga binoan fuqaro o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 285-moddasiga asosan, ayblanuvchi jinoiy yo‘l bilan orttirgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun sarflanadi, zararni qoplashdan ortgan summa esa davlat foydasiga o‘tkaziladi. Jinoyat predmeti bo‘lmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan bo‘lsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yo‘li bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan zararni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqi tushuntiriladi. Hukmning va tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimning fuqaroviy da’voni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi.
Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum bo‘lingan va ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish to‘g‘risida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy da’voni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga undirib beradi.
Sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topsa, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan bo‘lsa, shu summani yoxud tovar ko‘rinishini yo‘qotganligi sababli ta’mirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovarni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar ko‘rinishini yo‘qotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, ta’mirlash qiymati esa, ta’mirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi. Xususiy egalikda bo‘lishi man qilingan mol-mulk (masalan, harbiy o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar, psixotrop yoki giyohvandlik moddalari va shu kabilar) ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan bo‘lsa, mulkdor to‘g‘ri yoki g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, ya’ni mol-mulk haqini to‘lash yoki to‘lamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish