Shaxs sudlanganlik muddati o‗tmasidan yangi jinoyat sodir qilsa, bu
muddatning o‗tishi uziladi. Bunday holda sudlanganlik muddati yangi jinoyati
uchun tayinlangan jazoni o‗tagan kunidan boshlanadi.
Masalan, shaxs besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‗tasa va to‗rt
yillik sudlanganlik muddati o‗tishiga ikki yil qolganida yangi jinoyat sodir
etganligi uchun unga axloq tuzatish jazosi tayinlansa, ushbu shaxsning
sudlanganlik muddati axloq tuzatish jazosini o‗taganidan keyin to‗rt yildan so‗ng
o‗tgan hisoblanadi.
Agar ikkinchi jinoyati uchun sudlanganlik muddati birinchi jinoyatiga
nisbatan uzoqroq bo‗lsa, u holda sudlanganlik muddati ikkinchi jinoyati uchun
tayinlangan jazoni o‗tagandan keyin boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |