171
1) javobgarlikka tortish muddatining o‗tib ketganligi munosabati bilan jinoyat
uchun javobgarlikdan ozod qilish surishtiruvchi (faqat ijtimoiy xavfi katta
bo‗lmagan jinoyatlar yuzasidan), tergovchi va prokuror tomonidan qo‗llaniladi.
Bunda jinoyat ishini tugatish to‗g‗risida qaror chiqariladi.
2)
qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi, aybdor o‗z
qilmishiga amalda pushaymon bo‗lganligi, yarashilganligi,
kasalligi va amnistiya
akti asosida javobgarlikdan ozod qilish sud tomonidan qo‗llanadi.
3) javobgarlikdan ozod qilish asosan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy
xavfliligi bilan bog‗liq bo‗lsa, jinoiy jazodan ozod qilish esa jinoyatning ijtimoiy
xavflilik darajasi bilan har doim ham bog‗liq bo‗lmaydi;
4) jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ayrim turlari surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror tomonidan (masalan, javobgarlikka tortish muddatining o‗tib
ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish) qo‗llansa,
jazodan ozod qilish faqat sud tomonidan qo‗llanadi;
5) jinoiy javobgarlikdan ozod qilish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va
sudlanuvchiga nisbatan qo‗llansa, jazodan ozod qilish esa muayyan jinoiy jazoga
hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‗llanadi;
6) javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar
sudlanmagan hisoblansa, jazodan
ozod qilingan shaxslar esa sudlangan hisoblanadi.
Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish qonunda to‗g‗ridan to‗g‗ri
ko‗rsatilgan hollarda (JK 66, 66
1
-moddalar) ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan va
uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyatlarga nisbatan qo‗llaniladi.
Javobgarlikdan ozod qilishning boshqa turlari, xususan, javobgarlikka tortish
muddatining o‗tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, qilmish
yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan
ozod qilish, kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish va amnistiya akti asosida
javobgarlikdan ozod qilish jinoyatning tasnifidan qat‘iy nazar qo‗llanilishi
mumkin.
Javobgarlikdan ozod qilish instituti va qilmishning jinoiyligini istisno
qiladigan holatlar institutlari o‗z mazmuniga ko‗ra o‗xshash bo‗lsada, ular bir-
biridan tubdan farqlanadi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarda
tashqi ko‗rinishiga ko‗ra jinoyat tarkibi elementlari mavjud bo‗lsa-da,
amalda
jinoyat tarkibi mavjud bo‗lmaydi. Bunday hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etilishi lozim. Javobgarlikdan ozod
qilishda shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud
bo‗ladi, shaxsning jinoyat sodir etganligi fakti maqbul dallillar asosida dastlabki
tergov organlari va sud tomonidan to‗liq isbotlangan yoki isbotlanishi uchun
yetarli asoslar mavjud bo‗ladi, ammo muayyan holatlar (kasallik, jabrlanuvchi
bilan yarashganlik) yuzaga kelganligi tufayli shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Jinoyat qonunida belgilangan javobgarlikka tortish muddatining o‗tib
ketganligi,
qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi, aybdor o‗z qilmishiga
amalda pushaymon bo‗lganligi, yarashilganligi, kasallik yoki amnistiya akti
asosida shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday holatda shaxsning jinoyat
172
sodir etilishida aybliligi to‗g‗risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi
tugatiladi.
O‗zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida javobgarlikdan ozod qilishning
quyidagi turlari mavjud:
javobgarlikka tortish muddatining o‗tib
ketganligi munosabati
bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (64-modda);
qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi munosabati
bilan javobgarlikdan ozod qilish (65-modda);
aybdor o‗z qilmishiga amalda pushaymon bo‗lganligi munosabati
bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-modda);
yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod
qilish (66
1
-modda);
kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish (67-modda);
amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-modda).
Ushbu javobgarlikdan ozod qilishning turlari jinoyat sodir etgan voyaga
yetgan va voyaga yetmagan (13–18yosh) shaxslarga nisbatan qo‗llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini
qo‗llagan holda javobgarlikdan ozod qilish mumkin.
Qonun talabiga ko‗ra, javobgarlikdan ozod qilishning ayrim turlarini qo‗llash
majburiy bo‗lsa, ayrimlari esa ixtiyoriy hisoblanadi. Ya‘ni vakolatli organlar
javobgarlikdan ozod etishning ayrim turlarini qo‗llashda mustaqil qaror qabul
qilishi,
ish holatlari taqozo etsa, ushbu institutni qo‗llashi yoki aksincha
qo‗llamaslik huquqiga ega bo‗ladi. Shuning uchun ularni shartli ravishda ikki turga
bo‗lish mumkin:
1. Jinoyat qonunida belgilangan talablar mavjud bo‗lganda javobgarlikdan
ozod qilishni qo‗llash shart bo‗lgan holatlar belgilangan bo‗lib, ushbu turga
javobgarlikka tortish muddatining o‗tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun
javobgarlikdan ozod qilish va kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish kabi
turlari kiradi. Bunda jinoyat qonunida keltirilgan talablar mavjud bo‗lsa, vakolatli
organ javobgarlikdan ozod qilishni qo‗llashi shart hisoblanadi.
2. Jinoyat qonunida belgilangan talablar mavjud bo‗lganda javobgarlikdan
ozod qilish qo‗llanilishi ixtiyoriy bo‗lgan, imperativ xarakter kasb etmaydigan
holatlar belgilangan bo‗lib, unga qilmish yoki
shaxs ijtimoiy xavfliligini
yo‗qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, aybdor o‗z qilmishiga
amalda pushaymon bo‗lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish,
yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va amnistiya
akti asosida javobgarlikdan ozod qilish turlari kiradi. Shu sababli Jinoyat
kodeksining 65, 66, 66
1
, 68-moddalari, ―qonunda belgilangan shartlar mavjud
bo‗lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin‖ mazmunidagi jumla alohida
ko‗rsatilgan.
Javobgarlikdan ozod qilish asoslari mavjud bo‗lganda jinoyat sodir etgan
shaxsga nisbatan jinoiy ta‘qibni amalga
oshirish zarurati qolmaydi, ya‘ni jinoyat
sodir etgan shaxsni javobgarlikka tortib, unga nisbatan jazo yoki boshqa huquqiy
ta‘sir chorasi qo‗llamay turib jazodan ko‗zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi.
173
Javobgarlikdan ozod qilish reabilitatsiya qilish, ya‘ni oqlash hisoblanmaydi.
Bunda shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‗lib,
shaxsdagi ijobiy o‗zgarishlar, kasalligi, muddatning o‗tishi va qonun chiqaruvchi
yoki vakolatli davlat organining huquqiy akti asosida rag‗batlantiriladi. Ammo,
jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan shaxs fuqaroviy–huquqiy
majburiyatlardan
ozod bo‗lmaydi. Undan jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar va boshqa to‗lovlar
undirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: