MAVZU BO„YICHA XULOSA
Mazkur mavzuni o„rganishda yuridik texnikum o'quvchilar jazo
tayinlashning umumiy asoslari, jazoni yengillashtiruvchi va og„irlashtiruvchi
holatlaning mazmun-mohiyatini tushunishi hamda yengilroq jazo tayinlash, aybdor
o„z qilmishiga amalda pushaymon bo„lganida jazo tayinlash, tamom bo„lmagan va
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, bir necha hukm
yuzasidan jazo tayinlash qoidalarini qo‟llash malakasiga ega bo„lishi lozim.
MUAMMOLI SAVOLLAR:
1. Jazo tayinlashga oid qoidalarning xalqaro hujjatlarida mustahkamlanishiga
oid masalalarni ko‗rib chiqing.
2. Jazo tayinlash yuzasidan qiyosiy-huquqiy tahlil o‗tkazib, jinoyat sudlov
ishlarini yuritishda jazo tayinlash holatlarini hamda jinoyat qonunining jazo
tayinlash tarixi va takomilashtirish istiqbollarini yoriting.
3. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tayinlash
institutining jinoyat-huquqiy ahamiyatini ochib bering.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |