Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Jazoni yengillashtiruvchi holatlar



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Jazoni yengillashtiruvchi holatlar
ro‗yxati JKning 55-moddasida sanab 
o‗tilgan bo‗lib, ularga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.
1. Aybini bo‗yniga olish to‗g‗risida arz qilish, chin ko‗ngildan pushaymon 
bo‗lish yoki jinoyatni ochilishiga faol yordam berish. Aybini bo‗yniga olish 
to‗g‗risida arz qilish sodir etilgan jinoyatda ishtirok etgan shaxs tomonidan tegishli 
organlarga tugallangan jinoyatda ishtirok etganlik haqidagi ixtiyoriy murojaat 
tushuniladi. Bu murojaat orqali shaxs o‗zini odil sudlov qo‗liga topshiradi va 
o‗ziga nisbatan tayinlanadigan jazo chorasini yengillashtiradi. Chin ko‗ngildan 
pushaymon bo‗lish esa sodir etilgan qilmishdagi ishtirokni to‗liq e‘tirof etishdir va 
u jinoyat protsessining istalgan bosqichida (surishtiruv, dastlabki tergovda hamda
sud hukmi qabul qilingunga qadar) amalga oshirilishi mumkin. Jinoyatni fosh 
etishga faol ko‗mak berish deganda tergov va sudga ularga ma‘lum bo‗lmagan 
ma‘lumotlarni yetkazish, shuningdek mavjud ma‘lumotlarga aniqlik kiritish, tergov 


163 
harakatlarini o‗tkazish va dalillar to‗plashga yordam berish tushuniladi.
2. Yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish jinoyat oqibatida 
yetkazilgan moddiy, ma‘naviy va jismoniy zarar o‗rnini ongli tarzda qoplashdir. 
Lekin zararning qoplanishi jinoyat kvalifikatsiyasiga ta‘sir etmasa-da, shaxsning 
jinoiy javobgarligini yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. 
3. Og‗ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul 
ahvolda jinoyat sodir etish deganda: turmushning izga tushmaganligi; yashash 
uchun moddiy mablag‗larning yetarli emasligi; yaqin qarindoshlardan birining 
og‗ir xastaligi; jabrlanuvchi bilan ixtiloflarning mavjudligi; sudlanuvchining ruhiy 
iztirobdaligi; turmush sharoitning og‗irligi va boshqa holatlar tushuniladi. 
4. Majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa
jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etishning jazoni yengillashtiruvchi 
holatlarga kiritilishining sababi, bu hollarda jinoyatga boshqa imkoniyat 
qolmaganligi sababli majburan qo‗l uriladi hamda noqonuniy qilmish subyektning 
jamiyat uchun ijtimoiy xavfliligini ifoda etmaydi.
5. Jabrlanuvchining zo‗rlik, og‗ir haqorat yoki boshqacha g‗ayriqonuniy 
harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanishi holatida jinoyat 
sodir etish deganda fiziologik va patalogik affekt holatida sodir etilgan qilmishlar 
tushunilib, jinoyat shu holatni kelib chiqishiga sabab bo‗lgan shaxsga nisbatan 
sodir etilgandagina, u yengillashtiruvchi holat sifatida e‘tirof etiladi.
6. Zaruriy mudofaaning asosli chegaralaridan chetga chiqib jinoyat sodir 
etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‗jalik 
faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazishda shaxs 
dastavval jamiyat manfaatlarini ko‗zlagan holda harakat qiladi. Lekin bu holatda 
ham ijtimoiy zarar yetkazilganligi tufayli jazo chorasi belgilanishi istisno 
etilmaydi. 
7. Voyaga yetmagan shaxslar va homilador ayollarning jinoyat sodir 
etishining yengillashtiruvchi holat sifatida e‘tirof etilishi esa JKda belgilangan 
insonparvarlik prinsipiga amal qilinishi bilan asoslanadi. Shunga ko‗ra, bir xil 
sharoitda jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsga katta yoshdagilarga, 
homilador ayollarga esa boshqalarga nisbatan yengilroq jazo tayinlanadi. 
8. Jabrlanuvchining g‗ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta‘siri 
ostida jinoyat sodir etish deganda esa shaxsning jinoiy, fuqarolik, mehnat, oila, 
ma‘muriy va boshqa huquq sohalariga oid qonunchilik me‘yorlarini qasddan 
buzishi natijasida kelib chiqqan harakatlar tushuniladi.
Ijtimoiy xavfi kamroq bo‗lgan jinoyatlar sodir etilganida jazoni 
yengillashtiruvchi ayrim holatlar tayinlanadigan jazo turini tanlashga jiddiy ta‘sir 
ko‗rsatadi va, aksincha, shu holatlarning o‗zi og‗ir va o‗ta og‗ir jinoyatlar uchun 
jazoni individuallashtirishga ta‘sir etmasligi ham mumkin.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish