Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

10.5. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 26-moddasiga muvofiq shaxs 
jinoyatga tayyorgarlik ko„rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita 
qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda 
to„xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, 
shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 
qaytish deb topiladi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning huquqiy oqibati, avvalo, shaxsni 
jinoiy javobgarlikka tortilmasligi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyatdan ixtiyoriy qaytishning 
ikki turi nazarda tutilgan: birinchisi jinoyatning obyektiv tomoniga kiradigan 
barcha harakat sodir etilgunga qadar va ikkinchisi esa barcha harakatlar sodir 
etilganidan so‗ng amalga oshiriladigan ixtiyoriy qaytish.
Ixtiyoriy qaytishning birinchi turi shaxsning passiv xulq atvorida namoyon 
bo‗ladi: jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish 
bosqichida jinoiy faoliyatning to‗xtatilishi; ikkinchisi – shaxs tomonidan 
jinoyatning obyektiv tomoniga kiradigan barcha harakatlar sodir etilganidan keyin 
jinoiy oqibat yuz berishini oldini olish hisoblanadi. 


107 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rishdan ixtiyoriy qaytish, odatda, harakatsizlik 
orqali ifodalanib, jinoyatga shart-sharoit yaratishga qaratilgan harakatlarning 
yakunlanishida ifodalanadi. Hujjatlarni qalbakillashtirishdan voz kechish, jinoyat 
qurolini qidirish yoki moslashtirishni to‗xtatish, jinoiy yo‗l bilan qo‗lgan kiritilgan 
mulkni saqlash uchun joy qidirmaslik, ayrim hollarda esa ixtiyoriy qaytish aktiv 
harakatda ifodalanishi mumkin. Jinoyat quroli yoki vositasini yo‗q qilish, huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga ixtiyoriy topshirish, jinoyat ishtirokchilarini jinoiy 
faoliyat to‗xtatilganligi to‗g‗risida ogohlantirish va h.k. Yuqoridagi harakatlar 
muqobil xususiyatga ega bo‗lib, majburiylik kasb etmaydi, asosiysi jinoiy 
faoliyatni davom ettirishdan voz kechish hisoblanadi.
Tamom bo‗lmagan suiqasddan ixtiyoriy qaytish, odatda, harakatsizlikda 
ifodalanadi. Jinoyatning obyektiv tomoniga kiradigan harakatlarni sodir etishni 
boshlagan shaxs jinoiy faoliyatini to‗xtatadi (odam o‗ldirish uchun jabrlanuvchini 
nishonga olgan shaxsning o‗q uzmasligi, nomusga tegish jinoyatida zo‗rlik 
ishlatish vaqtida jabrlanuvchiga achinganligi tufayli jinsiy aloqa qilmaslik.
Jinoyatning obyektiv tomoni harakatsizlik orqali ifodalanadigan jinoyatlarda 
ixtiyoriy qaytish aktiv xulq-atvorda namoyon bo‗lib, maqsad-jinoiy oqibat yuz 
berishini oldini olish hisoblanadi. Masalan, go‗dakni o‗ldirish maqsadida uni 
emizmayotgan onaning go‗dakni emizishni boshlashi.
Tamom bo‗lgan suiqasddan ixtiyoriy qaytish mumkin emas (odam o‗ldirish 
jinoyati misolida). Qasddan odam o‗ldirish jinoyatida qilmish sodir etilganidan 
so‗ng ham aybdor jabrlanuvchini o‗limi yuz bermasligini oldini olish imkoniyatiga 
ega bo‗lgan taqdirda ham sodir etilgan qilmishni orqaga qaytarish, bartaraf etish 
mumkin emas. Bunday hollarda jabrlanuvchining o‗limi yuz bermasligi ehtimoli 
mavjud bo‗lib, bu ham aybdorning irodasiga bog‗liq bo‗lmagan holatlarga bog‗liq, 
umuman olganda, jinoyatdan ixtiyoriy qaytish aktiv emas, balki passiv xulq-
atvorda ifodalanishi kerak.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish