Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

10.4. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish
Jinoyat kodeksi 25-moddasiga muvofiq, qasddan sodir etiladigan jinoyat 
boshlanib, shaxsga bog„liq bo„lmagan holatlarga ko„ra oxiriga yetkazilmagan 
bo„lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
To‗g‗ri qasddan jinoyat quroli yoki vositasini tayyorlash, moslashtirish, izlash 
yoki jinoyat ishtirokchisini izlash, jinoiy til biriktirish yoxud qasddan boshqa 
sharoit yaratish sodir etiladigan jinoyat boshlangunga qadar shaxsga bog‗liq 
bo‗lmagan holatlarga ko‗ra to‗xtatilgan bo‗lsa, jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish 
deb topiladi. 


104 
Suiqasd – bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‗naltirilgan hamda shaxsga 
bog‗liq bo‗lmagan holatlarga ko‗ra oxiriga yetkazilmagan qasddan sodir etilgan 
harakat (harakatsizlik)dir. 
Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish tamom bo‗lmagan jinoyat turi bo‗lib, 
bunda jinoyat sodir etish bevosita boshlangan bo‗ladi. Ya‘ni jinoyat qonuni bilan 
muhofaza qilinadigan obyektga tajovuz amalga oshirilib, zarar yetkaziladi yoki 
zarar yetkazish xAfvi yuzaga keladi. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda 
muayyan jinoyat obyektiv tomonining bir qismi bajariladi, ya‘ni JK Maxsus qismi 
dispozitsiyasida ifodalangan harakat yoki harakatsizlik to‗liq yoki qisman amalga 
oshiriladi, biroq shaxs istagan jinoiy natija yuz bermaydi. Jinoiy natija deganda 
nafaqat moddiy tarkibli jinoyatlardagi jinoiy oqibat, balki formal tarkibli 
jinoyatlarda harakat yoki harakatsizlik to‗liq amalga oshirilmaganligi nazarda 
tutilishi lozim.
Jinoyatga suiqasd qilishning quyidagi obyektiv belgilarini qayd etish lozim:
1) ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish; 2) jinoyat sodir etish boshlangan 
bo‗ladi; 3) dispozitsiyada ifodalangan harakat yoki harakatsizlik amalga oshiriladi; 
4) jinoiy oqibat kelib chiqmaydi; 5) shaxsga bog‗liq bo‗lmagan holatlarga ko‗ra 
oxirigacha yetkazilmaydi.Quyida mazkur obyektiv belgilar tahlil qilinadi. 
1. Ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish deganda
jinoyatga suiqasd 
qilishda jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazish yoki zarar yetkazishning real xAfvi yuzaga kelishi tushunilishi lozim.
2. Jinoyat sodir etishning boshlanganligi deganda
JK Maxsus qism 
dispozitsiyasida nazarda tutilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni amalga 
oshirish boshlanganligi tushuniladi. 
3. Jinoyat kodeksi Maxsus qism dispozitsiyasida ifodalangan qilmish harakat 
yoki harakatsizlik qisman yoki to„liq bajarilganligi deganda,
jinoyatga suiqasd 
qilish bosqichida jinoyat sodir etish nafaqat boshlangan bo‗lishi, balki, muayyan 
harakat yoki harakatsizlik amalga oshirilgan bo‗lishi talab etiladi. Amalga 
oshirilgan qilmish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi bo‗lishi 
lozim. Harakat yoki harakatsizlikning to‗liq bajarilmaganligi deganda, jinoiy 
qilmish oxiriga yetkazilishi bir necha harakatlar bajarish talab etiladigan murakkab 
tarkibli jinoyatlarda harakat yoki harakatsizlikning qisman bajarilganligi nazarda 
tutilishi lozim 
4. Jinoiy oqibat kelib chiqmaganligi deganda
sodir etilgan harakat yoki 
harakatsizlik natijasida shaxs kelib chiqishini istagan jinoiy oqibat yuz bermagan 
bo‗lishi lozim. Yuz bermagan jinoiy oqibat jinoyat tarkibi obyektiv tomonining 
zaruriy belgisi bo‗lishi lozim. 
To‗g‗ri qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq 
bo‗lmagan holatlarga ko‘ra ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik to‘liq 
amalga oshirilmagan yoki shaxs istagan jinoiy oqibat kelib chiqmagan bo‘lsa, 
jinoyat sodir etishga suiqasd qilish deb topiladi.


105 
5. Jinoiy qilmishning shaxsga bog„liq bo„lmagan holatlarga ko„ra oxirigacha 
yetkazilmaganligi 
belgisi jinoyatga suiqasd qilishning o‗ziga xos xususiyatini 
ifodalaydi.
jinoyatga suiqasd qilish faqat to‗g‗ri qasddan sodir etiladi. Shaxs qilmishining 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishini istab, 
jinoyat sodir etishni boshlaydi, muayyan harakat yoki harakatsizlik amalga 
oshiriladi, biroq shaxsga bog‗liq bo‗lmagan obyektiv holatlarga ko‗ra shaxs istagan 
jinoiy oqibat yuz bermaydi yoki ijtimoiy xavfli qilmish to‗liq bajarilmaydi. To‗g‗ri 
qasd egri qasddan irodaviy xususiyatiga ko‗ra farqlanadi. Egri qasdda ijtimoiy 
xavfli oqibat yuz berishi mumkinligini anglasa-da, oqibat yuz berishini istamaydi, 
unga ongli ravishda yo‗l qo‗yib beradi. Faqat moddiy tarkibli jinoyatlargina egri 
qasddan sodir etilishi mumkin. Shunday ekan shaxs muayyan oqibat yuz berishini 
istamasdan harakat qilib, jinoiy qilmish oxirigacha yetkazilmagan hollarda, jinoiy 
javobgarlik yuz bermaydi. Oqibatni istamasdan harakat qilish mumkin emas. 
Ijtimoiy xavfli qilmish egri qasddan sodir etilmaydi. Egri qasd faqatgina jinoiy 
huquqiy oqibatlar yuz bergandagina namoyon bo‗ladi va jinoiy huquqiy ahamiyat 
kasb etadi. Shuning uchun qasddan sodir etilgan va yuz bergan ijtimoiy xavfli 
oqibatga nisbatan egri qasddan munosabatda bo‗lgan qilmish sifatida so‗z yuritish 
o‗rinli hisoblanadi. Demak, egri qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda jinoyat sodir 
etishga suiqasd qilish bosqichi mavjud bo‗lmaydi.
Jinoyatga suiqasd qilishning subyektiv tomoni ikkita belgi bilan ifodalanadi: 
1. Shaxsda jinoyatni sodir etishga qaratilgan 
to„g„ri qasd
ning mavjudligi. 
Shaxs harakat yoki harakatsizligi JK Maxsus qismida nazarda tutilgan muayyan 
jinoyatni sodir etishga qaratilgan bo‗lib, qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglaydi, mazkur harakat (harakatsizlik)ni bajarishni va oxirigacha 
yetkazishni istaydi. Yoki shaxsning qasdi ijtimoiy xavfli zararning yuz berishi 
mumkinligi yoki muqarrarligiga ko‗zi yetishi va yuz berishini istashi; 
2. Shaxsning maqsadi to‗g‗ri qasddan sodir etiladigan jinoyatni bajarishga 
bevosita qaratilgan harakatlar (harakatsizlik)ni bajarish va jinoyatni oxiriga 
yetkazish. 
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat sodir etishga suiqasd qilish bir necha 
turlarga ajratiladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish