Jinoyatga tayyorgarlik ko„rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalarida faqat tamom
bo‗lgan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‗lib, JK 25-moddasi
jinoyatga tayyorgarlik ko‗rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan ―maxsus norma‖ hisoblanadi. Shuning uchun
jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish yoki jinoyatga suiqasd qilishni kvalifikatsiya qilish
jarayonida mazkur norma ko‗rsatilishi zarur.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ijtimoiy
xavflilik xususiyatiga ko‗ra o‗zaro farqlanganligi tufayli mazkur jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilishda 25-moddaning tegishli qismlariga havola qilinishi lozim.
Ya‘ni jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish uchun JK 25-moddaning 1-qismi va Maxsus
qismning tegishli moddasi, jinoyatga suiqasd qilish uchun JK 25-moddaning
2-qismi va Maxsus qismning tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.