Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Jinoyatga tayyorgarlik ko„rish



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

10.3. Jinoyatga tayyorgarlik ko„rish 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25-modda 1-qismiga ko„ra, 
shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-
sharoit yaratuvchi qilmishi o„ziga bog„liq bo„lmagan holatlarga ko„ra sodir 
etilishi boshlangunga qadar to„xtatilgan bo„lsa, bunday qilmish jinoyatga 
tayyorgarlik ko„rish deb topiladi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rishda shaxs jinoyatni sodir etishni niyat qilish 
bilan cheklanib qolmasdan, jinoyatni amalga oshirish uchun muayyan harakat yoki 
harakatsizlikni amalga oshiradi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‗rishning jinoyat-huquqiy belgilarini ikkita guruhga 
ajratib, tahlil etilishi maqsadga muvofiq: umumiy belgilar va maxsus belgilar. 
Umumiy belgilar (ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik, ayblilik va jazoga 
sazovorlik) deganda aynan barcha ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun, shu jumladan 
jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish uchun xos bo‗lgan belgilar tushunilishi lozim. 
Jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazishning real xAfvini 
yuzaga keltirishi – ijtimoiy xavflilik, tayyorgarlik ko‗rishning qasddan sodir 
etilishi – ayblilik, jinoyat qonun bilan taqiqlangan harakatlarni sodir etishga 
qaratilganligi – huquqqa xiloflilik va jinoyat qonunida jinoyatga tayyorgarlik 
ko‗rish uchun jazo chorasining nazarda tutilganligi – jazoga sazovorlik belgilarini 
ifodalaydi. Shunday ekan jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish ijtimoiy xavfli, huquqqa 
xilof, aybli va jazoga sazovor qilmish hisoblanadi. 
Maxsus belgilar deganda aynan jinoyatga tayyorgarlik ko‗rish uchun xos 
bo‗lgan belgilar tushunilib, tayyorgarlikning o‗ziga xos xususiyatini ifodalash bilan 
birga, jinoyatga suiqasd qilish va jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan 
farqlashga xizmat qiladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish