Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 2. Sud-huquq islohotlarini prokuratura organlari maqomiga ta'siri



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 2. Sud-huquq islohotlarini prokuratura organlari maqomiga ta'siri 
 
Mamlakatimizda olib borilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar prokuratura 
organlariga ham ta'sir qildi. 
Mustaqillikka erishilib, taraqqiyot yo„li belgilanar ekan, eng muhim 
vazifalar qatorida “ – barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va 
qonunni ustunligini, jamiyat manfaatlari himoya qilinishi va aholining xavfsizligini 
kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. Qonuniylik va huquqiy tartibot 
tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom bo„lmasa, 
qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib 
bo„lmaydi”
1
, deb belgilandi. Yuqorida ko„rsatilgan vazifalarni bajarishda 
prokuratura organlarini bevosita ishtiroki zarur edi. 
Shundan kelib chiqib, prokuratura maqomi O„zbekiston Konstitutsiyasida 
alohida XXIV bobda mustahkamlandi va Konstitutsiya qabul qilingandan keyin 
(1992-yil dekabrda) “Prokuratura to„g„risida” Qonun qabul qilindi. 
Yangi jamiyat qurish boshlanishi, har kim va har bir narsa qonunga 
bo„ysunishi lozim bo„lgan huquqiy davlat qurish maqsadi, jamiyatda qonun 
boshqaruvning asosiy va ko„p qirrali vositasiga aylanishi zarurligi, bu huquqni 
muhofaza etuvchi organlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi anglanib shu 
organlar, jumladan prokuratura to„g„risidagi qonunlarni takomillashtirish zarurati 
ko„zga tashlanayotganligi Prezident tomonidan e'tirof etilganidan
2
so„ng, 
prokuratura organlari haqidagi qonunni takomillashtirishga jiddiy kirishildi. 
O„zbekiston XXI asrga, mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va 
jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni amalga oshirish maqsadi bilan kirdi. 
Endi barchani qonun asosida yashashga o„rganishi muhim bo„lib qoldi. Sud-huquq 
1
И.А.Каримов Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тарққиѐт йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1992, 17-бет.
2
Қаранг: И.А.Каримов “Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий 


518 
sohasiga tegishli islohotlar chuqurlashib borar ekan, uni natijasida advokatura 
tizimini kuchaytirish va uni chinakam mustaqilligini ta'minlash, ularning 
vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik 
sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko„pgina chora-tadbirlar 
ko„rilayotganligi – Prezident ma'ruzasida qayd qilindi
1

Prezidentning ikkinchi chaqiriq, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
birinchi sessiyasida 2002-yil 22-yanvarda so„zlagan ma'ruzasida ham “Sud 
jarayonida ayblov va himoyaning amalda tenglik ta'minlanmog„i va buning uchun 
advokatura idoralarining mavqyeini ko„tarish darkor”
2
ligi qayd qilindi. 
Shundan so„ng “Prokuratura to„g„risida”gi Qonunga o„zgartirishlar kiritildi, 
qonun 2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilindi. 
Prokuratura faoliyatini tashkillashtirish davom etdi va 2000-yilning ikkinchi 
yarmidan bu masalaga yanada katta e'tibor berildi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo„shma majlisida 
Prezident prokuratura maqomiga taalluqli jiddiy mulohazalarni bayon qildi. 
Unda huquqiy davlat qurishda sudyaning rolini oshirish qonuniy jarayon 
ekanligi munosabati bilan, prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga 
o„tkazish hozirgi zamonning mantiqiy talabi ekanligi qayd qilindi va bu, eng 
avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash 
bilan bog„liq masala ekanligi ko„rsatildi. Shulardan kelib chiqib, Prezident 
“Boshqa demokratik davlatlar kabi O„zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, 
xibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo„llash uchun 
sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o„tkazish kerak, deb o„ylayman”
3
– deb 
o„ta muhim masalani o„rtaga tashladi. Prezidentning bu takliflari keyinchalik 
qonunchilikda o„z ifodasini topdi. 
Prokuratura organlarining huquqiy maqomiga, Prezidentning 2010-yil 12-
тамойиллари. –Т.: Ўзбекистон, 1995, 18-бет.
1
Қаранг: Каримов И.А.Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. –Т.: Ўзбекистон, 1999, 15,20,29-бетлар.
2
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. –Т.: Ўзбекистон. 2000, 
30-бет.
3
И.А.Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни 
модернизация ва ислоҳ этишдир. –Т.: Ўзбекистон, 2005, 47-бет.


519 
noyabrda, Oliy Majlis palatalarining qo„shma majlisida so„zlagan ma'ruzasidagi 
ko„rsatmalar ta'sir qiladi. 
Ma'ruzada qayd qilinishicha: 
-
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokaturaning tengligini 
ta'minlashga qaratilgan keng ko„lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda; 
-
jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni liberallashtirish va 
insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo„nalishga aylandi; 
-
dastlabki tergov bosqichida sud nazorati kuchaytirildi; 
-
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya'ni 2008 yildan ehtiyot 
chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudga 
o„tkazilishi prinsipial qadam bo„ldi; 
-
sud qarorlarini ijrosini to„xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari 
doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokuraturalarining esa tergov va 
ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi; 
-
“Prokuratura to„g„risida”gi qonunga kiritilgan o„zgartirishlar asosida 
fuqarolar prokuror nazorati ob'ektlari qatoridan chiqarildi. 
Bu ishlar aslo prokuraturani jamiyatdagi rolini kamaytirishga qaratilmagan. 
Bu birinchi navbatda, prokuraturani sud jarayonida ishtirokini cheklab, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume'tirof etilgan 
prinsiplar va xalqaro huquq normalarini amalga oshirilishini, prokuraturaning 
inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash 
uchun mas'uliyatini oshirishni ta'minlaydi. 
Prezident ma'ruzasida shuningdek, sudga qadar ish yurituv bosqichida 
qo„llaniladigan barcha choralarni prokuraturadan sud o„tkazish; birinchi instansiya 
sudida ish bo„yicha ayblov xulosasini o„qib eshittirish majburiyatini prokuraturaga 
yuklash; prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun 
ustivorligini ta'minlash bo„yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga 
qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarini o„rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va 


520 
qabul qilish zarurligi ko„rsatildi
1

Bu ko„rsatmalar amaliyotda o„z o„rnini tezda topa boshladi. 2011-yil 23-
avgustdagi “O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Prezident qarorida vazirlikning 
asosiy vazifalari va faoliyati yo„nalishilari sifatida, “Markazda va joylardagi davlat 
boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida 
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni 
ta'minlash” – belgilandi. Bu nazorat doirasiga albatta prokuratura organlari ham 
kiradi. 
Shuningdek, qarorda Adliya vazirligi o„ziga belgilangan vazifani bajarish 
maqsadida “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari, shu jumladan prokuratura 
organlarining norma ijodkorligi, huquqni qo„llash amaliyotida tizimli ravishda 
tekshiruvlar, o„rganishlar o„tkazadi” – deb vazirlikni prokuratura organlariga 
nisbatan huquqi belgilab qo„yildi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish