515
Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog„ini tashkil qilmay, turli
mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog„i tarkibida faoliyat yuritadi. AQSHda
prokuratura Adliya organlari (ijro hokimiyati) tizimiga kirsa, Italiyada sud
organlari tizimiga kiritilgan.
O„zbekiston Respublikasida prokuratura alohida maqomga ega.
Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob kiritilgan. Demak, u qonunchilik
hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud hokimiyatiga ham kirmaydi.
Prokuratura uchun Konstitutsiyada
maxsus bob ajratilishi, unga konstitutsiyaviy
maqom berib va unga katta umid bog„langanligidan dalolat beradi.
O„zbekiston Prezidenti “Prokuratura – qonun himoyasida turgan organ. U
huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishida, huquqiy islohotlarni amalga
oshirishda hal qiluvchi rolni o„ynaydi” – deb prokuratura organlari faoliyatiga
yuksak baho bergan va uning o„rnini ko„rsatib bergan edi.
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o„rnini ularning alohida vazifasi
borligi, o„zini alohida ish uslubiga egaligi va har qanday davlat organlari, jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo„ysinib
ish olib borishi belgilaydi Bu Konstitutsiyaning 120-moddasida
qonuniy
belgilanib, unga asosan: “O„zbekistan Respublikasi prokuratura organlari o„z
vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor
shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo„ysunib amalga oshiradi”.
Konstitutsiya va qonunda prokurorlarni mustaqilligini ta'minlovchi bir necha
qoidalar belgilab qo„yilgan. Shu 120-moddada “Prokurorlar o„z vakolatlari davrida
siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko„zlovchi boshqa jamoat
birlashmalariga a'zolikni to„xtatib turadilar” degan qoida bo„lib, u prokurorlarni
siyosiy partiya va siyosiy harakatlar ta'siriga kirib qolmasligiga qaratilgandir.
“Prokuratura to„g„risida”gi qonunda ham prokurorlarni mustaqil faoliyatini
ta'minlashga qaratilgan qoidalarni yetarlicha uchratish mumkin. Ularda,
prokurorga tazyiq o„tkazish,
unga urinish, boshqacha yo„llar bilan ta'sir qilishga
urinish, dahlsizligiga tajovuz qilish mumkin emasligi ko„rsatilgan. Konunning 1-
moddasida “Prokurorning g„ayriqonuniy qaror qabul qilishga erishish maqsadida
516
unga qanday shaklda bo„lmasin biron-bir ta'sir ko„rsatish yoki faoliyatini amalga
oshirishga tajovuz qilish, shuningdek, prokuror yoki
tergovchining ruxsatisiz
tekshirishlar va dastlabki tergov malumotlarini oshkor etish, prokurorning
talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo„ladi” deb
ko„rsatilgan.
Qonundagi prokuraturaning mustaqilligini ta'minlovchi yana bir vosita,
prokuratura organlari xodimlarining dahlsizligiga qaratilgan alohida moddaning
mavjudligidir. 49-moddada “Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi
qo„zg„atish va dastlabki tergov o„tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati
hisoblanadi. Prokuratura organlarning ma'muriy
huquqbuzarlik va intizomiy
nojo„ya xatti-harakati uchun javobgarlik masalasi yuqori turuvchi prokuror
tomonidan hal qilinadi” – deb belgilanib, prokuror xodimlarning huquqlari alohida
muhofazaga olingan.
Qonunning 50-moddasidagi prokuratura organlari xodimlarining moddiy va
ijtimoiy ta'minotini alohida belgilovchi qoidalar ham, prokuror mustaqilligini
ta'minlashni ham ko„zda tutadi.
Qonunning 51-moddasi bilan prokuratura organlari va ularning oila azolarini
ijtimoiy himoyalash masalasi hal qilingan. Unda ularning hayoti va sog„lig„ini
sug„urtalash, ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini bermaydigan darajada
sog„lig„ini yo„qotganda, ularni moddiy ta'minlash masalasi boshqa xodimlarga
nisbatan o„zgacha hal qilingan.
Prokuratura Prezident va Oliy Majlis oldida mas'ulligi ham ularni maqomini,
davlat organlari tizimidagi o„rnini ko„rsatadi.
Konstitutsiyaning 80-moddasi, 12-bandiga binoan,
Oliy Majlisning Senati
O„zbekiston Respublikasining Bosh prokurorining hisobotlarini eshitadi.
Hisobotlar har yili taqdim etiladi.
O„zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga:
-
qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to„g„risida –
muntazam ravishda;
-
o„ta og„ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to„g„risida – zudlik bilan;
517
-
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to„g„risida – har olti oyda
axborot taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: