Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


XXVIII bob. Moliya va kredit



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

XXVIII bob. Moliya va kredit 
 
§ 1. O„zbekistonning moliya va pul-kredit tizimi 
 
Konstitutsiya nafaqat siyosiy tizim, hokimiyat tizimi va ular bilan bog„liq 
huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, u iqtisodiy tizim va u bilan bog„liq 
munosabatlarni, davlat iqtisodining asosiy manbalari: moliya tizimini, pul-kredit 
tizimini, soliq tizimining asoslarini ham tartibga soladi. 
Moliya tizimini, pul-kredit tizimini, soliq tizimini, budjet masalasi, bank 
tizimini tartibga solish zamonaviy Konstitutsiyalarga xos xususiyatdir. 
Hyech qanday davlatning yetarli mablag„i bo„lmasa, mablag„ keladigan 
manbalari bo„lmasa, demokratiya o„rnatish, aholini farovon turmush tarzini 
ta'minlash u yoqda tursin tez orada davlat barbod bo„ladi. 
Jahonda bo„lib o„tgan iqtisodiy inqirozlar moliya tizimini, soliq tizimini, 
bank tizimini juda ehtiyot bo„lib, iqtisodiyot qonunlariga amal qilib tashkil etish 
zarurligini ko„rsatdi. 
O„zbekiston Respublikasi o„z mustaqilligiga erishib, o„z taraqqiyot yo„lini 
belgilar ekan samarali va ishonchli moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimini 
shakllantirishni maqsad qilib qo„ydi va bularning asoslarini Konstitutsiyada 
mustahkamladi. Har qanday davlatning mustaqillik belgilaridan biri ham o„z 
moliya va pul-kredit tizimiga ega bo„lishidir. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXV bobi moliya va kredit 
tizimiga bag„ishlanib, 122-moddada “O„zbekiston Respublikasi o„z moliya va 
kredit tizimiga ega”, deb belgilab qo„yilgan. O„zining moddiy mazmuniga ko„ra 
davlat moliyasi pul mablag„lari jamg„armasini aks ettiradi. 
Moliya bir nechta bog„liq bo„lgan bo„g„inlar (institutlar) va organlarni o„z 
ichiga oluvchi tizimdir. Ularning har biri davlat pul jamg„armalarini tashkil etish, 
taqsimlash, ulardan foydalanish bo„yicha yuzaga keladigan muayyan ijtimoiy 
munosabatlar doirasini aks ettiradi va shu boisdan ular bir-biridan farq qiladi. Turli 
moliyaviy bo„g„inlar (institutlar) majmui O„zbekiston Respublikasi moliya tizimini 
tashkil etadi. 


533 
O„zbekiston Respublikasi moliya tizimi quyidagilardan tashkil topgan: 
- davlat byudjeti, uning tuzilmasiga kiruvchi respublika byudjeti, 
Qoraqalpog„iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar; 
- davlat maqsadli jamg„armalari va byudjetdan tashqari jamg„armalar; 
- xo„jalik yurituvchi subektlar va iqtisodiyot sohalari moliyasi; 
- kredit (davlat krediti va bank krediti);
- mulkiy va shaxsiy sug„urta. 
O„zbekiston Respublikasi moliya tizimining har bir bo„g„ini u yokii bu 
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo„ljallangan turli pul jamg„armalarini 
tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanishga qaratilgan o„ziga xos vazifalarni 
bajaradi. 
O„zbekistonning davlat byudjeti moliya tizimining markaziy bo„g„ini bo„lib, 
uning yordamida davlatning markazlashtirilgan pul jamg„armasi tashkil etiladi. 
Davlat byudjeti moliya tizimining boshqa bo„g„inlari bilan o„zaro o„zviy bog„liq 
bo„lib, muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini bajaradi. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjetining 
tarkibiy 
qismi 
Qoraqalpog„iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisoblanadi. 
Mahalliy byudjetlar bozor islohotlarining barcha bosqichlarida davlat tomonidan 
olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning vositasi bo„lib xizmat qiladi. 
Mamlakatning Davlat byudjetida davlat maqsadli jamg„armalari ham 
to„plangan bo„lib, ular yordamida O„zbekiston fuqarolarining pensiya ta'minoti, 
xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish, aholini ish bilan band etish va boshqa 
masalalar hal etiladi. 
Kredit yuridik va jismoniy shaxslarning bo„sh turgan mablag„larini kredit 
resusrlariga jalb etish, ularni qaytarish va foizlar to„lash sharti bilan 
foydalanuvchilarga berish bilan bog„liq bo„lgan o„ziga xos moliyaviy 
munosabatlar majmuidir. 
Davlat krediti vaqtincha davlat tasarrufiga tushadigan va iqtisodiyotni 
rivojlantirish, byudjet taqchilligi va boshqa ehtiyojlarning ustuvor yo„nalishlarini 
moliyalashtirish uchun foydalaniladigan qo„shimcha pul mablag„larining 


534 
to„planishini ta'minlaydi. Davlat kreditida davlat- qarz oluvchi, yuridik va jismoniy 
shaxslar esa- qarz beruvchi (kreditor)lar sifatida namoyon bo„ladi. Davlat krediti 
vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning mablag„larini jalb etish turli 
shakllarda, avvalo davlat zayomlari, pul majburiyatlari va boshqa qimmatli 
qog„ozlarni chiqarish va ularni joylashtirish yo„li bilan amalga oshiriladi. Bozor 
munosabatlari rivojlanish va qimmatli qog„ozlar bozorining yuzaga kelishi 
sharoitlarida davlat kreditining muhim shakli yuridik shaxslar orasida 
joylashtiriladigan davlat qisqa muddatli zayomlari hisoblanadi. 
Pul tizimi - bu respublikada pul muomalasini reja asosida tashkil qilishdagi 
shakl va usullarni huquqiy normalar bilan tartibga solishdir. Pul tizimi rasmiy pul 
birligini, har xil turdagi davlat pul belgilarini, muomalaga pul chiqarish tartibi va 
uni ta'minlashni o„z ichiga oladi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyulda e'lon qilingan 
“O„zbekiston 
Respublikasining 
milliy 
valyutasini 
muomalaga 
kiritish 
to„g„risida”gi farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O„zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasi – “SO„M” muomalaga kiritildi.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish