528
tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi
1
. Qorakalpog„iston Respublikasi prokurori
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog„iston
Respublikasining Oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning
prokurorlari, Toshkent shahar prokurori, tuman va shahar
prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar O„zbekiston
Respublikasi Bosh
prokurori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod ztiladi. Barcha
prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
O„zbekiston Respublikasi prokuratura tizimiga kiruvchi barcha prokurorlar
faqat tayinlash yo„li bilan lavozimni egallaydi. Bu
prokuratura organlarining
boshqa davlat organlaridan farqini ko„rsatuvchi xususiyat hamdir.
Respublika Bosh prokurorini tayinlashda va lavozimdan ozod etishda
Prezident va Oliy Majlisning Senati ishtirok etadi: unda Prezidentning Bosh
prokurorni tayinlash hamda lavozimdan ozod etish
haqidagi farmoni Senatda
tasdiqlash bilan masala rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog„iston Respublikasi O„zbekiston tarkibidagi mustaqil respublika
bo„lgani uchun, respublika prokurori Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qorg„i
Kengesi tomonidan tayinlanadi, bu holda nomzod Respublika Bosh prokurori bilan
kelishilgan holda tayinlash amalga oshiriladi. Prokuratura organlaridagi
lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga ham ma'lum
talablar qonun asosida
qo„yiladi.
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o„rganuvchilar
lavozimiga oliy yuridik malumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo„lgan,
zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog„ligi imkon beradigan
O„zbekiston Respublikasining fukarolari tayinlanadi.
O„zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog„iston Respublikasi
prokurori, viloyatlar,
Toshkent shafar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo„lmagan
shaxslar tayinlanadi.
1
Конституцияга 2011 йил 18 апрелда киритилган ўзгартиришга асосан Бош прокурор ўринбосарларини
529
Prokuratura organlari xodimlari O„zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori
belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o„tkazilishi lozim.
Prokuratura organlari xodimlari xaq to„lanadigan boshqa biron-bir faoliyat
turi bilan shug„ullanishi mumkin emas. Ular ilmiy, o„qituvchilik va ijodiy faoliyat
bilan faqat asosiy ishdan bo„sh vaktda shug„ullanishi mumkin.
Prokuratura organlari ma'lum prinsiplar asosida tashkil qilinadi va faoliyat
yuritadi. Bu prinsiplar birlik (yagonalik), markazlashganlik,
qonuniylik,
mustaqillik va oshkoralikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: