Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Respublikaning moliya tizimi nima?
2. Moliya tiimida pul-kredit tizimining o„rni nimadan iborat?
3. Davlat byudjeti nima?
4. Davlat byudjetining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
5. Byudjet to„g„risidagi hujjat qanday vujudga keladi?
6. Soliq tizimi nima?
7. Soliqlar qanday joriy qilinadi?
8. Bank tizimi nima?
9. Moliya-bank tizimini rivojlantirish bo„yicha davlat siyosati qanday?
10. Soliq tizimini rivojlantirish bo„yicha qanday ishlar olib borilmoqda?
546
XXIX bob. Mudofaa va xavfsizlik
§ 1. Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash asosiy masala bo„lib,
bunda davlat asosiy rolni o„ynaydi.
“O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning
hududida barqarorlikni ta'minlash, mamlakatimizning jahon xo„jaligi tizimida va
jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashga erishish - davrimizning asosiy
vazifasidir”
1
– deb bu masalani ahamiyatini ko„rsatib bergan edi Prezident.
Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta'minlash
konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari
amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo„lishiga,
barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarni
uyg„unlashgan tizimini yaratishga erishish yo„lidan borildi.
Milliy xavfsizlik ko„p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratini asosi –
mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog„liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni
rivojlantirish ishlari to„xtovsiz olib borildi.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashning asosi - yoshlar ekanligiga e'tibor
etilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor berildi.
Milliy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro
tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o„rnatildi.
Milliy xavfsizlikni ta'minlash bo„yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga
mo„ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo„lib o„tgan Oliy
Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to„g„risida”gi
qonun muhokamaga qo„yildi. 1997-yil avgust oyidagi Oliy Majlis sessiyasida esa
Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi
faqat davlat xavfsizligini ko„zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatni
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. Т.:
Ўзбкистон. 1995, 58-бет.
547
moddiy va ma'naviy boyliklarini; davlatning Konstitutsiyaviy tuzumi, suveriniteti,
hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko„zda tutadi.
“Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlarni amalga oshirish, ma'naviy
taraqqiyotga erishish, shuningdek, O„zbekistonning jahon hamjamiyati bilan
hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning
xavfsizligini ta'minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar
o„rtasida totuvlikni saqlash va ko„z qorachig„iday asrashdir”
1
– degan
Prezidentimiz so„zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to„laroq
ko„rsatadi.
Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi
siyosati ham muhim rol o„ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizligini saqlash bilan
bog„liq davlatimizning tashqi siyosatini ustuvor yo„nalishlari, 2005-yildagi Oliy
Majlis Palatalarining qo„shma majlisida Prezident tomonidan ko„rsatib o„tildi.
Ma'ruzada O„zbekiston tashqi siyostining mazmuni, maqsadi bitta – u ham
bo„lsa O„zbekiston manfaatidir deb alohida qayd qilindi. Hamda O„zbekistonning
xavfsizligi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikka, qo„shni davlatlardagi
axvolga
bog„liqligi, O„zbkistonning xavfsiligini ta'minlash yo„lida xalqaro va
mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi haqida e'tirof
etildi.
Xavfsizlik va uning ta'minlash usullaridan bo„lgan mudofaa ahamiyati
yuqoriligi e'tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda
mustahkamlangan.
O„zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni
ajratgan.
O„zbekiston davlat suverenitetining va hududiy yaxlitligining, aholini tinch
hayoti va xavfsizligini himoya qilish Konstitutsiyaviy normada o„z o„rnini topgan
(125-modda).
Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta'minlash doimo ustuvor masalalardan
1
Каримов И.А. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт- пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбкистон . 2000, 35-
548
bo„lib kelgan.
O„zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to„qqizinchi
sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo„nalishlarni ko„rsatar ekan,
“Ikkinchi ustuvor yo„nalish bu mamlakatiizda xavfsizlik va barqarorlikni,
davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning
tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashdan iborat”
1
– deb qayd qilgan edi.
Bundan ko„rinib turibdiki mudofaa va xavfsizlik faqat davlat va mamlakat
xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va
osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta'minlashuchun ham zarur.
“Mudofaa to„g„risida”gi qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo„lib
(Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida tashkil qilinadi.
Mudofaa sohasidagi O„zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat:
-
boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi tajovuzlarni
oldini olish;
-
xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida
ishtirok etish;
-
harbiy qurilishni zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga
mosligini ta'minlash;
-
yalpi qirg„in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni,
saqlashni, tarqatishni va joylshtirishni rad etish;
-
Qurolli Kuchlarning, mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf
etishiga doimiy tayyor turish;
-
Mudofaani yetarli darajada bo„lishi;
-
Harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta'minlash.
Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni
saqlashga e'tibor hyech vaqt va hyech qanday holda susaytirilmasligi kerak.
Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug„dirayotgan narsa
бет
1
Каримов И.А. – Ўзбекистонда демократик ўзгартиришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти
асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. – Тошкент, Ўзбекистон, 17-бет.
549
bu terrorizm bo„lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat
chekildi va qurbonlar berildi. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo„llari
haqida Prezident o„zining bir necha nutqlarida to„talgan
1
.
Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas.
Albatta bunda davlat asosiy rol o„ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni
mudofaa va xavfsizlikni ta'minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar
mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o„rgatiladi, ko„niktiriladi.
O„zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to„g„risida”
1
maxsus qonun bo„lib, unda
fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog„liq barcha masalalar huquqiy
jihatdan hal qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta'minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni
bartaraf etish choralarini oldindan ko„rib qo„yish juda katta foyda keltiradi.
Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo„lajak xavf-xatarlarni
o„rganish, tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta'minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan
maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o„ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan
bog„liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta'minlaydi,
shunga ma'suldir.
Milliy xavfsizlikni ta'minlashda mamlakatning Milliy xavfsizlik xizmati
alohida rol o„ynaydi. Bu xizmatni Konstitutsiyaning 93-moddasi, 24-bandiga
binoan, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati
raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Keyinchalik shu masalalar xususida
chiqarilgan Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |