543
§ 5. Moliya-bank tizimini barqaror rivojlanishini ta'imlash
Moliya-bank tizimini mamlakat hayotidagi, fuqarolar hayotidagi muhim roli
to„g„ri anglanib, dastlabki kunlardan boshlab moliya-bank tizimini rivojlanishiga,
barqaror institutga aylanishiga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
Bu tadbirlar orasida milliy valyutani mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar
alohida ahamiyatga ega. Shu maqsadda respublikada valyuta birjasi tashkil etilgan
va u faoliyat ko„rsatmoqda.
Xukumat milliy valyutani mustahkamlash maqsadida byudjet va pul-kredit
siyosatini
keskinlashtirish, iste'mol bozorini to„ldirish, eksportni kuchaytirish va
tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, pul aylanmasini tezlashtirish va
muomaladagi naqd pulni kamaytirish yuzasidan to„rtta dastur ishlab chiqib, qabul
qildi
1
.
2000-yilning boshlaridan moliya va bank tizimini
mustahkamlashga yana
e'tibor kuchaytirildi. Ikkinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi sessiyasida 2000-yil 22-yanvar ma'ruzasida Prezident bu masala xususida
shunday dedi: “Bank tizimini tubdan musthkamlash, bu sohadagi islohotlarni
chuqurlashtirish, banklarning kredit berish imkoniyatlarini va ustav kapitalini
bo„sh mablag„lar jalb qilish hisobiga kengaytirish talab etiladi”
2
.
Islohotlar
natijasida banklarni baquvatlashtirish, ularning kredit berish imkoniyatini
kuchaytirishga alohida e'tibor berilmoqda.
2005-yildagi Oliy Majlis palatalarining qo„shma majlisida Prezident
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalarini ko„rsatib
o„tar ekan, “to„rtinchi ustuvor vazifa - bank va moliya
tizimidagi islohotlarni
chuqurlashtirish”
3
deb belgiladi.
Qilinadigan ishlar natijasida,
- qat'iy pul-kredit siyosatini o„rnatish;
1
Қаранг: Каримов И.А “Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболарининг асоссий
тамойиллари”. –Т.: Ўзбекистон, 1995. 33-34-бетлар.
2
Каримов И.А “Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт провард мақсадимиз”. –Т.: Ўзбекистон, 2000. 18-
бет.
3
Каримов И.А “Бизнинг бош мақсадимиз- жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни
544
- inflatsiya darajasining barqarorligini ta'minlash;
- milliy valyuta va uni almashuv kursi mustahkamligini saqlashda moliya-
bank tuzilmalarini ma'suliyatini oshirish asosiy vazifa qilib belgilandi.
Prezident ko„rsatmalari asosida banklarni kapitallashtirish; ularning nizom
va aylanma fondlarini ko„paytirish; mablag„larini
investitsiya maqsadlariga,
birinchi navbatda, real iqtisodiyotga yo„naltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar
ko„rildi.
“Bank aylanmasidan hali-beri chetda qolayotgan salmoqli moliya
mablag„lari va pul oqimlarini ushbu tizimga jalb qilish uchun aniq va qat'iy
choralar ko„rish”
1
- lozimligini ma'ruzada ta'kidladi.
2010-yilga kelib moliya-bank tizimini rivojlantirish, barqarorligini
ta'minlashda shu davrda qabul qilingan qonunlar
hamda ularga kiritilgan
o„zgartirishlar natijalari mazkur munosabatlarni huquqiy asoslarini ta'minlab
kelmoqda. Bularga “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”, “Valyutani tartibga
solish to„g„risida”gi qonunlarni, Soliq kodeksida ko„rsatilgan o„zgartirishlarni
ko„rsatish mumkin.
Iqtisodiyotda, moliya va bank tizimida olib borilgan islohotlarning
to„g„riligi, hayotiyligi, jahon moliyaviy inqirozi davrida o„zini ko„rsatdi. “Sizlarga
yaxshi ma'lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy-inqirozi
davrida mamlakatimiz
moliya-bank tizimi o„zining barqaror va ishonchli ekanligini isbotladi”
2
, – deb
ma'lum qildi O„zbekiston Prezidenti.
Shu bilan birga xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing,
sug„urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy
tashkilotlar kabi
moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish va
shuni hisobiga moliya-bank sohalariga xususiy kapitalni jalb qilinishi muhim
vazifalardan deb belgilandi. Demak, moliya-bank tizimining bundan keying
rivojlanishi xususiy kapitalni ishtiroki, uni jalb qilish bog„liq holda ko„rildi.
модернизация ва ислоҳ этишдир”. –Т.: Ўзбекистон, 2005. 85-бет.
1
Каримов И.А. Шу асар 86-бет.
2
Каримов И.А. “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик
жамиятини ривожлантириш концепсияси”.Т.: Ўзбекистон. 2010, 50-51-бетлар.