Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Истеъмол  кредити  бериш  коидалари  истеъмол  кредити  берувчи  ташкилот



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Истеъмол  кредити  бериш  коидалари  истеъмол  кредити  берувчи  ташкилот 

томонидан  “Истеъмол  кредити  туррисида"  Крнунга  мувофик,  белгиланади.

www.ziyouz.com kutubxonasi




-  o'zaro  majburiyatlar  va  tomonlarning  shartnoma  shartlariga  rioya 

qilishdagi  javobgarligi;

-  shartnoma  shartlari  bajarilmagan  hollarda  qo'llaniladigan  ta’sir 

choralari;

- kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish usullari va maqsadga 

xilof  ishlatilganligi  aniqlangan  hollarda  qo‘llaniladigan  jazo  choralari;

-  shartnomaning  amal  qilish  muddati  va  uni  bekor  qilish  shartlari;

-  qonunchilikda  ko'zda  tutilgan  boshqa  shartlar;

-   tomonlar  imzosi  va  bank  muhri.

Kredit  shartnomasi  imzolanib  qarz  oluvchiga  shaxsiy  ssuda  hisob 

varag'i  ochilgandan  keyin  mazkur  hisob  varag'i  orqali  o'tayotgan 

mablag'larni  tezkor nazoratini  ta’minlash maqsadida  "Qarzdorning kredit 

kartochkasi"  ochiladi.

Kreditdan  foydalanganlik  uchun  mijoz  bankka  haq  to'laydi. 

Kreditdan  foydalanganlik  uchun  to'lov  miqdori  -  foiz  stavkasi  bank  va 

qarz  oluvchi  o'rtasidagi  shartnomada  belgilanadi.

Iste’mol  kreditini  naqd  pul  bilan  berish  taqiqlanadi.

Qarz oluvchi jismoniy shaxsga iste’mol kreditini berish Adliya vazirligi 

tomonidan 1998-yil 18-noyabrda 539-raqam bilan davlat ro'yxatiga olingan 

M arkaziy  bankning  1998-yil  22-avgustdagi  1-sonli  "O 'zbekiston 

Respublikasi  banklarida  ochiladigan  bank  hisob  varaqlari  to'g'risida"gi 

yo'riqnomada  ko'zda  tutilgan  tartibda  unga  shaxsiy  ssuda  hisob  varag'i 

ochish  yo'li  bilan  amalga  oshiriladi.

Qarzdor  tomonidan  olingan  kredit  muddatidan  oldin  qaytarilgan 

taqdirda  u  ayni  paytda  kreditdan  foydalanganlik  muddati  uchun 

hisoblangan  foizlarni  ham  qo'shib  to'lashi  kerak.

Banklar  berilgan  kreditdan  maqsadli  tarzda  foydalanilishni  nazorat 

qilishlari  kerak.

Berilgan  kreditlardan  maqsadli  foydalanishni  nazorat  qilish  bank 

tomonidan qarz oluvchining savdo tashkilotlarining muhri, sotilish muddati 

qo'yilgan tovar schyotlarini taqdim etish va joyiga chiqib tekshirish orqali 

amalga  oshiriladi.

Mijoz  tom onidan  kredit  boshqa  maqsadlarda  foydalanilgani 

aniqlangan  holda  bank  garovga  olingan  mulk  yoki  kredit  qaytarilishi 

ta’minotining  boshqa  shakllariga  o'z  huquqini  qonunchilikda  belgilangan 

tartibda  amalga  oshirish  yo'li  bilan  berilgan  kreditning  tegishli  qismini 

muddatdan  oldin  qaytarib  olish  huquqiga  ega.

Iste’mol  kreditining  qaytarish  manbayi  qarzdorning  daromadi 

hisoblanadi.  Kredit  bo'yicha  qarz  va  unga  hisoblangan  foizlar  kredit 

shartnomasida ko'zda tutilgan shartlarga binoan bank kassasiga birdaniga

www.ziyouz.com kutubxonasi



to'laligicha,  bo‘lib-bo‘lib  to‘lash  yoki  qarzdorning  oylik  maoshidan  ssuda 

hisobvarag'iga  har  oyda  to'lovlar  o'tkazish  orqali  amalga  oshirilishi 

mumkin.

Agar  mijoz  o'z  faoliyati  turiga  ko'ra  barqaror  daromadga  ega  bo'lsa 

kreditni qaytarish  odatda  har  oyda  muntazam  ravishda  teng  miqdordagi 

mablag'larni ssuda hisobvarag'iga o'tkazish turish orqali amalga oshiriladi. 

Har  bir  to'lov  asosiy  qarz  va  foizlarning  qoplanishidan  iborat  bo'lib, 

asosiy  qarzni  qoplash  qismi  ssuda  hisobvarag'ining  o'ziga  va  foizlarni 

to'lovi  esa  bank  daromadiga  yo'naltiradi.

Masalan,  Fransiya,  AQSHda  banklar  iste’molchilarga  kredit 

kartochkalari  beradi,  ularga  asosan  2500  yillarga  qadar  tovarlar  xarid 

etiladi,  xarid puli  banklarga magazinlar  bergan  schyotga  qarab  to'lanadi. 

Bunday kredit g'oyat imtiyozli bo'ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan 

kam  bo'ladi,  hatto  foizsiz  ham  bo'lishi  mumkin.

Iste’molchi  krediti  aholining  iste’mol  ehtiyojlarini  qondirishga 

mo'ljallangan. U tovar va  pul shaklida  bo'lishi  mumkin.  Jumladan,  yakka 

tartibda  uy-joy  qurish  maqsadlariga  beriladigan  uzoq  muddatli  kreditlar 

pul  shaklidagi  iste’molchi  kreditlaridir.

Davlat  krediti 

to'g'risida,  avvalo,  shuni  aytish  kerakki,  banklar 

davlatga  ham  qarz  beradi.  Shu  bilan  birga,  undan  qarz  ham  oladi. 

Bunda davlat krediti  paydo  bo'ladi.  Qarz  va  uning  foizi  budjet  hisobidan 

qaytariladi.  Davlat  krediti  sharoitida  qarz  beruvchilar  kamdan-kam 

hollarda  banklar  bo'ladi.  Ko'pincha  bu  vazifani  aholi,  firma,  korxona  va 

tashkilotlar  o'taydi.

Davlat  qarzi  turli  shaklda,  eng  avvalo,  davlat  zayomlari  shaklida 

bo'ladi.  Zayom  davlatning  qarzdorlik  guvohnomasi  bo'lib,  u  qarzni  vaqti 

kelganda qaytarib olish va foiz to'lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy 

va  mahalliy hokimiyatlar chiqaradi.  Kredit  munosabatlarida  davlat  faqat 

qarzdor  vazifani  o'tamay,  qarz  beruvchi  rolini  ham  bajaradi.  Davlat  o'z 

mablag'lari  hisobiga  bankda  qarz  fondini  tashkil  etadi,  xazinadan  qarz 

ham  beradi.

Davlat  o'z  qarzidan  voz  kechishi  ham  mumkin.  Xalqaro  kreditlar 

bo'yicha  munosabatlar O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 

“Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantiriij uchun xorijiy kreditlar berishni 

tashkil etish masalalari to'g'risida” gi  1997-yil 7-fevral qarori bilan tartibga 

solinadi.  Ushbu  qarorda  loyihalarni  tanlab  olish  tartibi  hamda  kichik  va 

o'rta  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  jalb  qilinadigan  xorijiy  kredit 

liniyalari hisobiga kichik va o'rta korxonalarga kreditlar berish masalalariga 

e’tibor  qaratilgan.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Xalqaro  kredit 

-   bu  qarz  kapitalining  xalqaro  miqyosdagi  harakati 

bo'lib,  bu  harakat  tovar  va  valuta  ko'rinishidagi  mablag'larni  qaytarib 

berishlik,  muddatlik  va  haq  to'lashlik  asosida  berish  bilan  bog'liqdir.

Xalqaro  kredit  munosabatlarida  qatnashuvchi  subyektlar  bo'lib  tijorat 

banklari,  markaziy  banklar,  davlat  organlari,  hukumatlar,  yirik 

korporatsiyalar  hamda  xalqaro  va  regional  moliya-kredit  tashkilotlari 

hisoblanadi.

Xalqaro tashkilotlar beradigan xalqaro kreditlaming xususiy banklar 

beradigan  kreditlardan  farqi  quyidagilardan  iborat:  xalqaro  tashkilotlar, 

odatda,  uzok  muddatli  kreditlar  beradi.  Xususiy  banklar  esa,  asosan, 

qisqa  muddatli  kreditlar  berish  bilan  shug'ullanadi.

Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  27-avgustdagi  370-son  qaroriga  2- 

ilova  -  “O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  to'g'risida”  Nizomga 

ko'ra,  O'zbekiston  Respublikasi  tomonlardan  biri  hisoblanadigan  xalqaro- 

huquqiy  hujjatlar,  shu  jumladan,  O'zbekiston  Respublikasi  Hukumati 

kafolati  ostida  tuzilgan  qarz  va  kredit  shartnomalari  bo'yicha  yuridik 

xulosalar  beradi;

xalqaro  shartnomalar  loyihalarini  huquqiy  ekspertizadan  o'tkazadi;

Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  21-noyabrdagi  526-son  qaroriga 

2-ilova  “O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Xorijiy 

investitsiyalar  va  kreditlar  masalalari  bo'yicha  Idoralararo  kengash 

to'g'risida”  Nizomga  ko'ra,  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  masalalari  bo'yicha 

Idoralararo  kengash  (keyingi  o'rinlarda  "Idoralararo  kengash"  deb 

yuritiladi)  xorijiy  investitsiyalami  jalb  etish  jarayonlarini  faollashtirish, 

investitsiya  muhitini  yaxshilash  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqish, 

shuningdek  Hukumat  tomonidan  yoki  uning  kafolati  ostida  jalb  qilingan 

kreditlar  va  investitsiyalarga  xizmat  ko'rsatish  va  ularni  jalb  etish 

mexanizmini  takomillashtirish  maqsadida  tashkil  etiladi.

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  2004-yil  8-yanvardagi 

“Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari 

berilganligi uchun to'lov undirish tartibi to'g'risida” 7-sonli qarori "Xorijdan 

mablag'  jalb  qilish  to'g'risida"  va  "Budjet  tizimi  to'g'risida"gi  O'zbekiston 

Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

"Jalb  etiladigan  xorijiy  kreditlar  bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasi 

kafolatlarini  berish  tartibi  to'g'risida"  2003-yil  28-noyabrdagi  534-son 

qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston 

Respublikasi  kafolatlari  berilganligi  uchun  to'lov  undirish  mexanizmini 

takomillashtirish  maqsadida  qabul  qilingan  va  ushbu  qarorga  ilova  “Jalb

www.ziyouz.com kutubxonasi



etiladigan  xorijiy  kreditlar  bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasi  kafolatlari 

berilganligi  uchun  to'lov  undirish  tartibi  to'g'risida”  nizom  jalb  etiladigan 

xorijiy  kreditlar  bo'yicha  O'zbekiston  Respublikasi  kafolatlari  berilganligi 

uchun  to'lov  (keyingi  o'rinlarda  matnda  "taqdirlash  puli"  deb  yuritiladi) 

undirish  tartibini  belgilab  beradi.

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  14- 

iyundagi N 267-sonli “Xorijiy kreditlar o'z vaqtida qaytarilishini ta’minlash 

chora-tadbirlari  to'g'risida”  qarori  jalb  etilgan  xorijiy  kreditlarning  o'z 

vaqtida  va  to'liq  qaytarilishini  ta’minlash,  korxonalarning  O'zbekiston 

Respublikasi Никитаti kafolati ostida berilgan xorijiy valutadagi kreditlar 

bo'yicha  o'z  majburiyatlarining  bajarilishi  uchun  javobgarligini  oshirish 

maqsadida  qabul  qilingan.

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  2002-yil 

9-avgust  286-sonli  “Kichik  va  o'rta  biznes  loyihalarini  mablag'  bilan 

ta’minlash  uchun  Bank  of  Nyu-york  (AQSH)ning  kredit  liniyasini  jalb 

etish  va  undan  foydalanish  chora-tadbirlari  to'g'risida”  qarori  AQSH 

Eksport-import  bankining  sug'urta  qoplamasi  ostida  Bank  of  N’yu-York 

tomonidan beriladigan, O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesni 

rivojlantirishni  yanada  rag'batlantirishga  yo'naltirilgan  kredit  liniyasidan 

samarali  foydalanish  maqsadida  qabul  qilingan.

Shuningdek,  qonun  hujjatlarida  davlat  qarz  oluvchi,  fuqaro  yoki 

yuridik  shaxs  qarz  beruvchi  bo'ladigan  holatlar  mavjud.  Bunda  davlat 

zayomi  shartnomasi  bo'yicha  qarz  beruvchining  qarz  oluvchidan  unga 

qarzga  berilgan  pul  mablag'larini  yoki  zayom  shartlariga  bog'liq  holda 

boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni  yoxud boshqa mulkiy huquqlami 

zayomni  muomalaga  chiqarish  shartlarida  nazarda  tutilgan  muddatlarda 

olish  huquqini  tasdiqlaydigan  davlat  obligatsiyalari  yoki  boshqa  davlat 

qimmatli  qog'ozlarini  qarz  beruvchining  sotib  olishi  yo'li  bilan  tuziladi.

Kreditlar,  shuningdek,  hukumatga Oliy Majlis  tasdiqlagan miqdorda 

erkin  muomalada  bo'ladigan  va  olti  oylik  muddat  ichida  qiymati 

to'lanadigan  qarz  majburiyatlari  ko'rinishida,  tasdiqlangan  davlat 

qimmatli  qog'ozlari  garovga  qo'yilishi  sharti  bilan  berilishi  mumkin1.

Yuqorida  aytib  o'tilganidek,  bunday  shartnomalar  tuzilishm  bilan 

har  ikkala  tarafda  ham  ma’lum  bir  majburiyatlar  paydo  bo'ladi.  Bunda 

majburiyat  subyektlari va obyektlari uning  muhim unsurlari  hisoblanadi. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  majburiyat  subyektlari  muayyan 

huquqlarga  ega  bo'lgan  va  zimmasiga  majburiyat  olgan  shaxslardir.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish