Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Узбекистан  Реопубликасининг “Марказий  Банки туфисида”ги  1995-йил 21-декабрь



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Узбекистан  Реопубликасининг “Марказий  Банки туфисида”ги  1995-йил 21-декабрь 

(фнуни.  6-модда.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Kreditor-muayyan  bir  harakatning  qilinishini  yoki  muayyan  harakatni 

qilishdan saqlanishni talab qilishga haqli subyektdir. Qarzdor esa muayyan 

harakatni  qilishga  yoki  qilishdan  saqlanishga  majbur  bo'lgan  tarafdir. 

Qarz  va  kredit  shartnomasi  bo'yicha  majburiyat  obyekti  qarz  beruvchi 

pul  yoki  turga  xos  alomatlari  bilan  belgilangan  ashyolardir.  Bu 

shartnom adagi  m ajbu riyatlar  shartnom ali  m ajbu riyatlarga  oid 

munosabatlarni  tartibga  soladigan  huquqiy  normalarga  taalluqlidir. 

Majburiyatlarning  turlari  bo'yicha  qarz  va  kredit  shartnomalari  bir 

tomonlama  (va  ikki  tomonlama)  majburiyatlarga  xosdir.  Bunday 

majburiyatda qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi, ikkinchi 

tomonda esa faqat majburiyat bo'ladi. Qarz va kredit shartnomasi bo'yicha 

qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'ladi, 

qarzdor  esa  o'z  zimmasiga  olgan  qarzini  qaytarishga  burchli  bo'ladi.

Qonun  normalariga  muvofiq,  pul  majburiyati  bo'yicha  majburiyatni 

bajarish  joyi  majburiyat  vujudga  kelgan  paytda  kreditor  esa  yashagan 

joyda,  agar  kreditor  yuridik  shaxs  bo'lsa  uning  majburiyat  vujudga 

kelgan  paytda  joylashgan  yer,  agar  kreditor  majburiyatni  bajarish 

vaqtigacha  o'z  yashash  joyini  yoki  joylashgan  yerini  o'zgartirgan  bo'lsa 

va bu haqda  qarzdorni xabardor qilgan bo'lsa ijro  etish joyi o'zgartirilishi 

bilan  bog'liq  hamma  xarajatlarni  kreditor  hisobidan  qilgan  holda,  uning 

yangi  yashash  joyida  yoki  joylashgan  yerida  ijro  etiladi.

Qarz  va  kredit  shartnomasi  bo'yicha  majburiyatlami  buzganlik  uchun 

qo'llaniladigan sanksiya  ixtiyoriy bajarishgan burchni majburiy ijro ettirishga 

qaratilgan. Olingan qarz ixtiyoriy ravishda to'lanmaganligi uchun uni majburan 

undirish  mumkin.  Majburiyat  yuzasidan  qarzdor  shaxs  majburiyatlarini 

bajarmasligi  bilan  kreditoming  subyektiv  huquqini  buzgan  hisoblanadi

Qarzdorning  m ajburiyatni  lozim  darajada  bajarmasligi,  ya’ni 

majburiyatni  shartnoma  yoki  qonunda  ko'rsatilgan  shartlarga  muvofiq 

ravishda  bajarmasligi  tushuniladi.  Agar  majburiyat  qarzdor  tomonidan 

butunlay  bajarilmasa,  kreditor  sud  orqali  majburiyatlarning  majburiy 

tartibda  bajarilishini,  birinchi  navbatda,  albatta,  real  ravishda 

bajarilishini,  agar  majburiyat  lozim  darajada  bajarilmagan  bo'lsa,  uning 

qonun  yoki  shartnomada  ko'rsatilgan  shartlarga  rioya  qilib  bajarishni 

talab qilishga haqli. Qarz va kredit shartnomasi majburiyatning bajarilishi 

bilan  bekor  bo'ladi.  Qarz  shartnomasi  qarz  beruvchi  shartnomadan  voz 

kechishi  bilan  ham  bekor  bo'lishi  mumkin.  Shuningdek,  taraflarning 

kelishuvi  bo'yicha  ham  bekor  bo'lishi  mumkin.  Qonun  hujjatlarida 

majburiyatlarning  bekor  bo'lishiga  boshqa  asoslar  ham  nazarda  tutilishi 

mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




42-bob.  PUL  TALABNOMASIDAN  BOSHQA  SH AX S 

FOYDASIGA  VOZ  KECHISH  EVAZIGA  M OLIYALASH

Shartnoma tushunchasi. 

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 

voz  kechish  evaziga  moliyalash  shartnomasi  xalqaro  amaliyotda,  bozor 

iqgisodiyoti  rivojlangan  davlatlarda  bundan  yuz  yillar  avval  “faktoring” 

(“faktor” -  moliyaviy agent, komissioner so‘zidan olingan) instituti sifatida 

ma’lum  bo'lgan.  Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs foydasiga  voz  kechish 

evaziga  moliyalash  shartnomasining  mohiyati  shundaki,  uning  bo'yicha 

mijoz  moliya  agentidan  (ko'pchilik  hollarda  bular  —  banklar)  mijozning 

mahsulot  berish,  ish  bajarish  yoki  xizmat  ko'rsatishdan  kelib  chiqadigan 

talab  qilish  huquqlarini  xaridor  (buyurtmachi)ga  taqdim  etish  evaziga 

pul  mablag'larini  berishdan  iborat.  Masalan,  tovar  yetkazib  beruvchi 

ko'pincha  yetkazib  berilgan  mahsulot  uchun  o'z  majburiyatini  bajarish 

bilan  bir  vaqtda  to'lov  olmaydi  (oluvchi  vaqtincha  pul  mablag'lari 

bo'lmagani  sababli  olingan  tovar  uchun  to'lov  muddatini  kechiktiradi). 

Tovar yetkazib beruvchi pul talabnomasiga ega bo'la turib, pul mablag'lari 

yo'qligi  yoki  yetishmasligi  uchun  qiyin  ahvolga  tushib  qoladi.  Pul 

mablag'lari  muayyan  mulkiy  qiymatga  ega  bo'lib,  bozor  qiymatiga, 

so'mning  xarid  qobiliyatiga  ham  ega.

Moliya agenti (bank) kreditorga (tovar yetkazib beruvchiga) uchinchi 

shaxs  (xaridor)  ning  unga  tegishli  qarzini  bu  qarzdordan  tegishli  pul 

mablag'larini  to'lash  muddati  yetib  kelgan  vaqtda  undirib  olish  evaziga 

to'lashga  tayyordir.

Iqtisodiy  nuqtayi  nazardan 

faktoring  -   bu  kom issiya-savdo 

operatsiyalarining mijoz aylanma kapitalini kreditlash bilan uyg'unlashgan 

va  uning  debitorlik  (mijoz  tovar  va  xizmatlarini  realizatsiya  qilgani 

jarayonida  uning  schyot-fakturalari  bilan  to'lanmagan)  qarzini  inkasso 

bo'yicha  hisob-kitob  qilish  va  bankka  mahsulot  oluvchidan  (xizmatdan 

foydalanuvchidan)  to'lash  talabnomasi  huquqini  topshirish  bilan  bog'liq 

turidir.


Hozirgi  kunda  faktoring  ko'pincha  bank  yoki  boshqa  kredit 

muassasasi  (moliya  agenti)  va  tovarlar  sotayotgan  yo  xizm atlar 

ko'rsatayotgan  korxona (mijoz) o'rtasidagi huquqiy munosabatlar sifatida 

belgilanib,  unga  ko'ra  moliya  agenti  faktoring  shartnomasi  bo'yicha 

mijozdan  debitorlik  qarzini  undirish  huquqiga  ega  bo'ladi  (mijozga 

nisbatan  talabnoma  huquqi  bilan  yoki  bunday  huquqsiz),  shuningdek, 

basharti  shartnomada  nazarda  tutilgan  bo'lsa,  m ijozning  savdo

www.ziyouz.com kutubxonasi




operatsiyalarining  buxgalteriya  hisobini  yuritishi  mumkin.

Kreditorning  pul  talablari  moliya  agentining  boshqa  kreditor  bilan 

tadbirkorlik  bitimi  predmeti  bo'lishi  ham  mumkin,  bunda  kreditor  mijoz 

vazifasini  o'taydi.  Moliya  agenti  bo‘sh  pul  mablag'lariga  ega  bo'lib, 

kreditorga  (mijozga)  to'lov  berib,  tegishli  moddiy  mukofot  oladi.

Yuridik  adabiyotlarda  pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga 

voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi kreditor huquqlarining boshqa 

shaxsga o'tishi to'g'risidagi xo'jalik shartnomasi bilan ko'p jihatdan umumiy 

tomonlarga  ega  (“Sessiya”  FK,  313— 321-moddalar). FKning  749-moddasi

1-qismida pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 

moliyalash  shartnomasiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:

“ Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga 

moliyalash shartnomasi bo'yicha bir taraf (moliya agenti) ikkinchi tarafga 

(mijozga) shu mijozning (kreditorning) uchinchi shaxsga (qarzdorga) tovarlar 

berishdan,  uning ishlarini bajarishidan yoki unga xizmatlar ko'rsatishidan 

kelib  chiqadigan  pul  talabnomasi  hisobidan  pul  mablag'larini  beradi  yoki 

berish  majburiyatini  oladi,  mijoz  esa  moliya  agentiga  ushbu  pul 

talabnomasini  beradi  yoki  berish  majburiyatini  oladi”.

U shbu  ta ’ rifd an   sh u n d a y   xulosa  ch iqarish   m um kin:  pul 

talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga  moliyalash 

shartnomasi  ikki taraflama va  haq  evaziga  amalga  oshiriladi. U  real  ham 

(moliya  agenti  pul  o'tkazadi  yoki  mijoz  to'lov  muddati  yetib  kelgan  pul 

talabnomasidan  voz  kechadi),  shuningdek  konsensual  ham  (agent  pul 

mablag'larini  o'tkazish  majburiyatini  oladi  yoki  mijoz  to'lov  muddati 

yetib  kelgan  talabnomadan  voz  kechish,  ya’ni  kelgusi  qarzlarni  olish 

huquqini  o'tkazish  majburiyatini  oladi)  bo'lishi  mumkin.

Majburiyatda  talabnomadan  voz  kechish  shartnomalari  asosida 

shaxslarni  o'zgartirish  to'g'risidagi  umumiy  qoidalar  ularning  umumiy 

harakteriga  ko'ra  faktoring  shartnomasi  doirasida  amalga  oshiriladigan 

huquqdan  voz  kechish  bo'yicha  munosabatlarga  nisbatan  qo'llanilishi 

kerak.  Shu  bilan  birga  talabnoma  huquqidan  voz  kechish  evaziga 

moliyalashtirish  to'g'risidagi  maxsus  normalarning  kiritilishi  tijorat 

shartnomalari  obyekti  sifatida  talabnoma  huquqidan  foydalanganda 

an’anaviy  huquqdan voz kechish  to'g'risidagi normalar ham qarzdorning, 

ayrim   hollarda  esa  ham  mijozning  manfaatlarini  to'liq  darajada 

ta’minlamaganligi  bilan izohlanadi. Shuning  uchun faktoring shartnomasi 

doirasida  bir  qancha  munosabatlar  o'zgacha  tartibga  solingan  (masalan, 

qarzdor  va  mijoz  o'rtasidagi  shartnomaga  talabnomadan  voz  kechishga 

yo'l  qo'yilmasligi to'g'risidagi shartning kiritilishi oqibatlari,  o'z navbatida

www.ziyouz.com kutubxonasi




boshqa  shaxs  foydasiga  talabnomadan  voz  kechish  imkoniyati  va  h.k.). 

Bu  normalar  o'ziga  xos  xususiyatga  ega.  Shu  boisdan  ham  faktoring 

shartnomasi  asosida  huquqlardan  voz  kechilganida  O 'zbekiston 

Respublikasi Fuqarolik  Kodeksining  42-bobida  faktoring  doirasida  u yoki 

bu  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  maxsus  normalar  bo'lm agan 

taqdirdagina  taraflarga  nisbatan  Fuqarolik  Kodeksining  talabnomadan 

voz  kechish  to'g'risidagi  umumiy  normalari  qo'llanilishi  lozim

Shartnoma  qismlarL 

Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga 

voz  kechish  evaziga  moliyalash  shartnomasi  bo'yicha  tomonlar  moliya 

agenti  (faktor)  va  mijozdir.  Moliyaviy  agent  sifatida  banklar  va  boshqa 

kredit  tashkilotlari,  shuningdek,  tijorat  tashkilotlari  (shirkatlari  va 

jamiyatlari,  ishlab  chiqarish  kooperativlari  va  unitar  korxonalar),  agar 

bu  faoliyat  ularning  maxsus  huquq  layoqati  m azm uniga  kirsa, 

qatnashadilar.

Mijoz  sifatida  tijorat  tashkilotlari  yoki  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar 

qatnashishlari mumkin, chunki faktoring shartnomalari faqat tadbirkorlik 

muomalasida  qo'llaniladi.

Moliya  agenti  (“faktor” )  bilan  mijoz  o'rtasida  yuzaga  keladigan 

majburiyatlar  faktorning  shartnomasining  o'zidan  kelib  chiqadi.  Moliya 

agenti  bilan  uchinchi  shaxs  mijoz  qarzdori  (tovarlarni  sotib  oluvchi,  ish 

yoki  xizmat  buyurtmachisi)  o'rtasida  yuzaga  keladigan  munosabatlar 

ular bilan bog'liq bo'lsa ham,  faktoring shartnomasi predmetiga kirmaydi.

Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga 

moliyalash  shartnomasi  mazmuni  FK  749-moddasi  1-qismiga  muvofiq, 

pul talabnomasining tegishli pul mablag'larini mijozga taqdim etish evaziga 

moliya  agentiga  berilishidir.

Qonunda  faktoring shartnomasining  ikki  turi ajralib turadi:  1)  to'lov 

muddati  yetib  kelgan  pul  talabnomasi  (mavjud  talabnoma);  2)  kelajakda 

vujudga  keladigan  pul  talabnomasi  (bo'lajak  talabnoma,  FK,  751- 

moddaning  1-qismi).

Boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechiladigan  narsa  bir  emas,  bir  nechta 

talabnomadan  iborat  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  muayyan  bir  tovarni 

sotish  bo'yicha  barcha  talabnoma  yoki  bir  qarzdorga  nisbatan  hamma 

talabnomalar.

Moliya  agenti  uchun  m avjud  talabnoma  to'lov  muddati  yetib 

kelmagan  (tovarni  kreditga  yetkazib  berish)  yoki  mijoz  uchinchi  shaxs 

bilan endigina tuzishi lozim bo'lgan shartnomadan kelib chiqadigan bo'lajak 

talabnomadan  afzal  hisoblanadi.

Boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechiladigan  narsa  har  qanday

www.ziyouz.com kutubxonasi



majburiyatlar  emas,  balki  aniq  talabnomalar  bo'lishi  shart.  Shartnomada 

voz  kechilayotgan  har  bir  talabnomaning  summasi,  to'lov  muddatlari 

va  boshqa  belgilari  ko'rsatilgan  bo'lishi  lozim.  Bo'lajak  talabnoma  o'z 

vaqtida,  kechikmagan  holda  vujudga  kelishi  ochiq-ravshan  belgilangan 

bo'lishi shart.

Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga 

moliyalash  shartnomasida  muddat  tomonlar  kelishuvi  bilan  belgilanadi. 

Shartnoma  bahosi  mijozning  qarzdorga  talabnomasi  narxidir.  Shartnoma 

bahosini  belgilashda  quyidagi  holatlar  hisobga  olinadi:  mijoz  va 

qarzdorning  moliyaviy  ahvoli,  hisob-kitoblar  shakli  (turli  qimmatga  ega 

bo'lgan  akkreditiv  yoki  inkasso),  to'lov  muddati  (mavjud  talabnoma 

yoki  bo'lajak  talabnoma),  moliya  agentiga  berilgan  talabnomalar  soni 

va  boshqalar.

Moliya  agenti  ko'rsatgan  xizmatlari  uchun  to'lanadigan  mukofot 

m iqdori  mijozni  moliyalash  summasi  va  muddati;  voz  kechilgan 

talabnomalar  qarzdor  tomonidan  to'lanishi  shubhali  bo'lgan  vaziyatning 

(tavakkalchilikning)  m avjudligi;  mijozga  ko'rsatilgan  qo'shim cha 

xizmatlardan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadi.

Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga 

moliyalash shartnomasi shakli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 

shakli  haqidagi  qoidalar  bilan  (FK,  320-modda)  belgilanadi.  U  oddiy 

yozma  yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa 

shaxs  foydasiga  voz  kechish  shaklida  amalga  oshirilishi  kerak.  Davlat 

ro'yxatidan  o'tkazishni  talab  qiladigan  bitim  bo'yicha  talabdan  boshqa 

shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimning ro'yxatga olish uchun belgilab 

qo'yilgan  tartibida  ro'yxatga  olinishi  kerak.  Orderli  qimmatli  qog'oz 

bo'yicha  talabdan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  ushbu  qimmatli 

qog'ozga  indossament  (talab  qilish  huquqini  o'tkazish  yozuvi)  yo'li  bilan 

amalga  oshiriladi.

Jahon  amaliyotida  faktoring  shartnomalarining  bir  necha  turlari 

mavjud:

- regress (mahsulot yetkazuvchidan to'lovni qayta talabnoma qo'yish) 

huquqi  yoki  regress  huquqisiz  to'liq  faktoring  xizmati  to'g'risida;

-   regress  huquqi  yoki  regress  huquqisiz  talabnomalarning  dastlabki 

to'lovi  to'g'risida1.

O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  Kodeksining  42-bobi  moliya




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish