Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  ^аранг:  Российская  банковская  энциклопедия.  /Гл.ред.О.И.Лаврушин.-М



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  ^аранг:  Российская  банковская  энциклопедия.  /Гл.ред.О.И.Лаврушин.-М  : 

1995.-447

www.ziyouz.com kutubxonasi




agentining  nafaqat  buxgalteriya  xizmati  hamda  mijoz  yetkazgan 

mahsulotlar  va  ko'rsatgan  xizmatlar  uchun  hisob  varaqlar  to'lovi  ustidan 

nazorat  qilishdan  emas,  balki  mijoz  kontragentlaridan  debitorlik  qarzlarini 

bevosita  undirish  huquqidan  albatta  iborat  talabnomadan  voz  kechish 

evaziga  ko'rsatiladigan  moliyaviy  xizmatlarga  nisbatan  tatbiq  etiladi.

Bank  moliyalashtirganida  mijoz  talabnomasidan  voz  kechmagan 

taqdirda  bunday  munosabatlar  boshqacha  tasniflanadi  (masalan,  qarz 

shartnomasi).

Bank mijozga u talabnoma huquqidan voz kechishi evaziga ko'rsatgan 

moliya  xizmatlari  xususiyati  va  turini  taraflar  o‘ z  xohishiga  ko'ra 

belgilashga  haqli.

Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga 

moliyalash shartnomasi mazmuni tomonlaming huquq va majburiyatlaridan 

iborat.  Moliya  agenti  (“faktor”)ning  asosiy  majburiyatlari  quyidagilardir:

a)  shartnoma  bahosi  bo'lgan  pul  mablag'larini  mijozga  berish;  b) 

shartnomada  ko'zda  tutilgan  alohida  hollarda  mijoz  operatsiyalarining 

buxgalterlik  hisobini  yuritish  uchun  zarur  bo'lgan  hujjatlarni  mijozdan 

qabul  qilish;  v)  mijozga  voz  kechish  predmeti  bo'lgan  pul  talabnomalari 

bilan  bog'liq  boshqa  moliyaviy  xizmatlar  ko'rsatish.

Pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga 

moliyalash shartnomasi bo'yicha qo'shimcha moliyaviy xizmatlar ko'rsatish 

tomonlar  o'rtasidagi  munosabatlar  kredit  berish  evaziga  talabnomadan 

bir  marta  voz  kechishdan  iborat  bo'lib  qolmaydigan  hollarda  maqsadga 

m u vofiqdir.  Tom onlar  shartnom ada  m oliya  agen tin in g  boshqa 

majburiyatlarini  ham  ko'zda  tutishlari  mumkin.

Mijozning  asosiy  majburiyati  shartnoma  predmeti  bo'lgan  pul 

talabnomasidan moliya agenti (“faktor”) foydasiga voz kechishdan iboratdir. 

Mijoz  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechish  predm eti  bo'lgan  pul 

talabnomasining  haqiqiyligi  uchun  moliya  agenti  oldida  javobgar  bo'ladi 

(FKning 752-moddasi 1-qismi). Berilayotgan talabnomaning haqiqiyligi ikkita 

shartga bog'liq:  a) mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 

paytida  pul  talabnomasini  berish  huquqiga  ega  bo'lishi  kerak;  b)  huquqni 

mijozga berish  vaqtida qarzdor bu  huquqni bajarmaslikka  haqli bo'ladigan 

vaziyatlar  unga  ma’lum  bo'lmasligi  kerak  (FKning  752-moddasi,  2-qismi). 

Moliya  agenti  o'z  foydasiga  voz  kechish  predmeti  bo'lgan  talabnomani 

ijroga  taqdim  etganda  qarzdor  bu  talabnomani  bajarmaganligi  yoki  lozim 

darajada  bajarmaganligi  uchun  mijoz  javobgar  bo'lmaydi.  Uning  vazifasi 

haqiqiy talabnomani berishdan iborat. Agar shartnomada boshqacha tartib 

belgilangan  bo'lmasa,  talabnomaning  bajarilishi  uchun  mijoz  kafolat

www.ziyouz.com kutubxonasi




bermaydi.  Ko'rinib  turibdiki,  mijozning moliya  agenti  oldidagi javobgarligi 

talabnomadan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechgan  kreditorning 

javobgarligiga  o'xshash  tartibda  belgilangan  (FK,  321-modda).

Mijozdan  pul  talabnomasini  olgan  moliya  agenti  uning  tezroq 

qondirilishidan manfaatdordir,  u  qarzdorga  muddatni cho'zish  va  boshqa 

imtiyozlar  berilishiga  rozi  bo'lmasligi  mumkin.  Qarzdor  esa,  o‘z  kreditori, 

mol yetkazib berish shartnomasi bo'yicha uzoq vaqt o'zaro aloqada bo'lgan 

mol yetkazib beruvchisini notanish bo'lgan moliya agentiga almashtirishdan 

manfaatdor emas. Shu tufayli qarzdorlar (mol yetkazib berish shartnomasi 

bo'yicha  xaridorlar)  shartnomadan  kelib  chiqadigan  biror  huquqni  har 

qanday tomonga  o'tkazishni  taqiqlash  to'g'risidagi  shartni kiritishni talab 

qiladilar.  Fuqarolik  Kodeksi  pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs  foydasiga 

voz  kechishni  taqiqlashni  haqiqiy  emas  deb  e’lon  qiladi  (FKning  753- 

moddasi,  1-qismi).  Mijoz  bilan  uning  qarzdori  o'rtasidagi  talabnomadan 

boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechishni  taqiqlash  yoki  cheklash  haqida 

kelishuv bo'lgan taqdirda ham pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga 

voz  kechish  haqiqiy  hisoblanadi.  Qarzdor  uning  dastlabki  kreditoriga 

(mijozga)  shartnoma  bilan  belgilangan  pul  talabnomasidan  boshqa  shaxs 

foydasiga  voz  kechishni  tasqiqlash  yoki  cheklash  buzilganligi  uchun 

javobgarlik  choralarini  qo'llash  huquqiga  ega  emas.  Bunday  hollarda 

mijozning  o'z  qarzdori  (kontragenti)  oldida  mulkni  berish,  ish  bajarish 

yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish 

bo'yicha  majburiyatlari  saqlanib  qoladi.  Mijoz,  shuningdek,  shartnoma 

shartlariga  zid  ravishda  kre-ditorni  almashtirishi  natijasida  qarzdorga 

yetkazilgan  zarar  o'rnini  qoplashi  shart.

Agar pul talabnomasidan boshqa  shaxs foydasiga voz kechish evaziga 

moliyalash  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa, 

moliya agentining pul talabnomasidan o'z navbatida boshqa shaxs foydasiga 

voz  kechishiga  yo'l  qo'yilmaydi  (FK,  754-modda).  Agar  shartnomada  pul 

talabnomasidan,  o'z  navbatida,  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechishga 

yo'l qo'yilgan hollarda unga nisbatan pul talabnomasi (faktoring)dan boshqa 

shaxs  foydasiga  voz  kechish  evaziga  moliyalash  shartnomasi  to'g'risidagi 

qoidalari  tegishli  suratda  qo'llaniladi.  Yangi  moliya  agenti  ham  tegishli 

litsenziyaga  ega  bo'lishi  kerak. Bu  holda  pul  talabnomasidan o'z navbatida 

boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechayotgan  moliyaviy  agent  -   mijoz,  uning 

mijozi  esa  -   qarzdor  bo'ladi.  E.  A.  Suxanovning  ta’kidlashicha,  bu  -  

“qarzlarni  sotib  olish”  va  “qarz  majburiyatlari  bozori”ni  yaratish  bo'yicha 

faoliyatni  cheklaydi.  Masalan,  ayrim  tijorat  tashkilotlari  omonatchilaming 

to'lovga  noqobil  banklar  va  boshqa  kredit  tashkilotlariga  bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




talabnomalarini  sotib  olib,  bu  faoliyatni  rivojlantirishga  urinmoqdalar.

FKning  755-moddasiga  muvofiq,  qarzdor  mijozdan  yoki  moliya 

agentidan  pul  talabnomasi  belgilangan,  shuningdek,  to‘ lov  amalga 

oshirilishi  kerak  bo'lgan  moliya  agenti  ko'rsatilgan  taqdirda,  qarzdor 

to'lovni  moliya  agentiga amalga  oshirishi shart.  Bildirishnomada  berilgan 

talabnomaning  aniq  mazmuni,  to'lov  amalga  oshirilishi  lozim  bo'lgan 

moliya  agentining  nomi  ko'rsatilishi  lozim.

Agar  yozma  bildirishnoma,  zarur  bo'lgan  hollarda  esa,  qo'shimcha 

dalillar qarzdorga berilmagan bo'lsa,  u to'lovni mijozning o'ziga  (dastlabki 

kreditorga)  to'lash  huquqiga  ega  bo'ladi1.

F aktoring  bankda  m ahsulot  y e tk a zu v ch id a n   yok i  uning 

debitorlaridan  o'z  filiallaridan  birida  hisob  raqami  ochish,  shuningdek, 

mahsulot  yetkazuvchining  boshqa  moliya  institutlari  oldida  kredit 

majburiyatlari  mavjudligi  darajasini  o'rganish  zarurati  yo'qligi  bilan 

tasniflanadi.

Ushbu  xususiyatlar  bank  uchun  qulay  va  qo'shim cha  katta 

tavakkalchilikka  olib  kelmaydi,  chunki  faktoring  shartnomasiga  binoan 

mahsulot  yetkazuvchiga  faktoring  xizmati  ko'rsatilganida  mahsulot 

oluvchilar  bank  debitorlariga  aylanib  qoladi.

FKning  756-moddasi  1-qismida  moliya  agentining  mijozdan  talabni 

“sotib  olish” i  to'g'risida  gapiriladi.  Sotib  olish  vaqtida  mijoz  pul 

talabnomasidan  moliya  agenti  foydasiga  kelishilgan  summa  evaziga  voz 

kechadi.  Moliya agenti, qarzdoming  to'lovi moliya  agenti  mijozga  to'lagan 

puldan  ortiq  miqdorda  bo'lgan  taqdirda  ham  qarzdor  talabni  bajarish 

uchun  to'laydigan  hamma  summani  olish  huquqini  qo'lga  kiritadi.  Moliya 

agenti  qarzdorning  to'lovi  uning  voz  kechilgan  talabnoma  xarajatlarini 

qoplay olmasligi mumkin bo'lganligi uchun tavakkal qiladi. Agar u tavakkal 

qilishni  istamasa,  boshqa  turdagi  shartnoma  tuziladi.  Mijoz  qarzdor  o'z 

majburiyatlarini  to'liq  bajarmasligi  va  qarzning  qolgan  qismini  moliya 

agentiga to'lash majburiyatini o'z zimmasiga olib,  tavakkal qiladi. Bunday 

holda  moliya  agenti  belgilagan  mukofot  pulini  chiqarib  tashlab,  qarzdor 

to'lagan summa  bilan mijozdan  olingan  summa  o'rtasidagi  farqni  mijozga 

qaytarishi  shart.

Mijoz  qarzdor  bilan  tuzgan  shartnoma  bo'yicha  o'z  zimmasiga  olgan 

mulkni  berish  (ish  bajarish,  xizmat  ko'rsatish)ga  doir  majburiyatlarini 

buzgan  taqdirda,  qarzdor  moliya  agentiga  o'tgan  talabnoma  bo'yicha 

to'langan  summalarni,  agar  qarzdor  moliya  agentiga  o'tgan  talabnoma


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish