1 Б озор ов Ш.Т. Банк кредитининг хуку^ий асослари. // Ё ш ол и м лар илмий
маколалар туплами. Тошкент - 2002, 33-бет.
www.ziyouz.com kutubxonasi
grantlari, lizing, faktoring, report,
budjet mablag'laridan amalga
oshiriladigan subsidiya, dotatsiya, subvensiyalardir. Amaliyotda pul
mabiag‘larini vaqtinchalik jalb qilishning eng qulay va samarali shakli
bank kreditidir1.
Bank krediti - bu tijorat banki tomonidan o'z mijoziga aniq
muddatga haq to'lash va maqsadli foydalanish shartlarida taqdim
etiladigan pul mablag'laridir.
K reditning aniq m uddatga berilishi avvalam bor kreditning
qaytarilishini bildiradi. Bank krediti qaytarilishi tam oyili bilan
qaytarilmaydigan moliyaviy yordamdan farqlanadi.
Keditning qaytarish muddati bank va mijoz o'rtasidagi kelishuv bilan
belgilanadi. Kredit muddatini belgilashda mijozning pul mablag'lariga
bo'lgan ehtiyoji, bankning imkoniyatlari, kredit mablag'lari qanday
mahsulotlar, xizmatlar va ishlarga sarflanishi va boshqa faktorlar inobatga
olinadi.
Kreditning aniq muddatga berilishi kredit talab qilib olunguncha
berilishi ta’qiqlanishini ko'rsatadi. Agar shartnomada kredit muddatdan
oldin qaytarilishi mumkinligi belgilanmagan bo'lsa, mijoz kreditni
kelishilgan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega emas.
Qonunchilikda kreditni shartnomada belgilangan muddatdan oldin
qisman qaytarilishi qayd qilinmagan bo'lsa-da, amaliyotda banklar kredit
shartnomalariga juda kam hollarda kreditni qisman qaytarilishi to'g'risida
qoidalarni kiritishga rozi bo'ladilar. Sabab - bank taqdim etilgan kredit
bo'yicha doimiy ravishda foizlarni olishdan manfaatdor, kreditni qisman
(ko'p hollarda to'la) muddatdan oldin qaytarilishi bankdan qaytarilgan
mablag'larni boshqa mijozlarga taqdim etish uchun vaqt va xarajatlarni
talab qiladi.
Kreditlar muddatlariga ko'ra, asosan savdo-sotiq sohasiga yoki
ayrilma fondlarni to'ldirish uchun 1 yilgacha beriladigan qisqa muddatli
kreditlarga, uskunalami sotib olish yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni
yo'lga qo'yish uchun beriladigan yangi 1 yildan 5 yilgacha beriladigan
o'rta muddatli va ijtiomiy loyihalarga yoki katta ishlab chiqarish
majmualarini tashkil etish uchun 5 yildan ortiq muddatga beriladigan
uzoq muddatli kreditlarga bo'linadi.
Kreditlarni haq evaziga berilishi mijoz tomonidan bankka kredit
mablag'laridan foydalanilgani uchun foizlar to'lash kerakligini bildiradi.
Q onunchilikda foizlarning to'lanish muddati va tartibi bo'yicha
dispozitiv moddalar beligilanmagan. Foizar har kuni, har hafta, har
o'n kunlikda, har oyda, har chorakda, har yilda, kreditning asosiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
sum m asini qaytarish paytida yoki tom onilar kelishgan boshqa
muddatlarda to‘lanishi mumkin. Amaliyotda banklar mijozlardan
foizlarni har oyda tolashni talab qiladilar. Tijorat banklari mijozning
hisobvarag'idan foizlarni mijozning alohida topshirig'isiz ko'chirib
oladilar va bu to'g'risida mijozga ma’lumotlarni beradilar.
Kreditlarni maqsadliligi - kreditni aniq maqsadga berilishini bildiradi.
Bundan quyidagilar kelib chiqadi:
1) kredit maqsadsiz bo'lishi mumkin emas. Kredit shartnomasida
kredit mablag'lari mijozga qaysi maqsadlarga berilishi aniq belgilanadi
- sotib olinadigan tovarlarning hajmi, sifati, narxi, xarid qilinadigan
uskunalarning soni, ishlab chiqaruvchilari, sifat ko'rsatkichlari, ishlab
chiqarish quvvatlari, moliyalashtiriladigan ishlar va xizmatlar muddatlari,
sifat ko'rsatkichlari va boshqa muhim tadbirlar ko'rsatilishi kerak. Bank
mijozga kredit mablag'larini o'z xohishiga ko'ra ishlatish huquqini berishga
haqli emas.
2) Bank mijoz tomonidan kreditni maqsadli ishlatilishini nazorat
qilish huquqiga ega bo'ladi. Bunday nazorat mijoz tomonidan kredit
mablag'laridan to'lovlarni amalga oshirish jarayonida bankka to'lov
hujjatlarini taqdim etish jarayonida va sotib olingan tovarlar va uskunalar,
xarid qilingan ishlar va xizmatlarni joyida tekshirish yo'li bilan amalga
oshiriladi.
3) Mijoz tomonidan kredit mablag'larini kredit shartnomasida ko'zda
tutilmagan maqsadlarga ishlatilishi kredit shartnomasini buzilganligini
bildiradi va bankka qonunchilikda va kredit shartnomasida belgilangan
choralarni qo'llash huquqini beradi.
Kreditlarni taqdim etish jarayonida tijorat banklari mijozlarga
kreditlarni qaytishini ta’minlovchi qo'shimcha talablarni o'rnatadilar.
Qonunchilikda barcha kreditlar bo'yicha ta’minot boiishi shartligi
to'g'risida imperativ me’yor o'rnatilmaganligi sababli tijorat banklari
ishonchli mijozlarga, ya’ni moliyaviy holati shubha uyg'otmaydigan,
pul oqimlari yetrali darajada bo'lgan, rahbarlari o'z sohasida yuqori
obro'ga ega boigan mijozlarga ta’minotsiz kreditlarni berishlari mumkin.
Bunday hollar amaliyotda kam uchraydi.
Tijorat banklari ta’minot sifatida mulkni garovga qo'yishni, uchinchi
shaxslarning kafolati yoki kafilligini, sug'urta kompaniyalarining polislarini
taqdim etishni talab qilishlari mumkin.
Banklar tomonidan mikrokreditlar berish.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy
himoya qilish vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy
www.ziyouz.com kutubxonasi
bank va Tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasining 2002-yil
10-maydagi 59-sonli, 23-sonli, 2-09/3-sonli, 217-V-sonli, 324-sonli Qaroii
bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlik
subyektlariga bandlikka ko'maklashish jamg'armasi kreditlari hisobidan
m ikrokreditlar berish tartibi to 'g 'ris id a g i” Nizom O 'zbekiston
Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida",
"Banklar va banklar faoliyati to'g'risida", "Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq yettinchi sessiyasida ma’qullangan "2002-
2003-yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq
yo'naltirilgan tarzda qo'llab-quvvatlash Dasturi", O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli "2002-2003-yillarda
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo'naltirilgan tarzda
qo'llab-quvvatlash Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
Qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va tijorat banklari tomonidan
bandlikka ko'maklashish Davlat jamg'armasi (keyinchalik matnda - Bandlik
jamg'armasi) kreditlari hisobidan mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2001-
yil 14-sentabrdagi 203-v va 108-son qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat
banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg'armalar kredit liniyalari
orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o'rta biznes subyektlarini
kreditlash tartibi to'g'risid agi” Nizom, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta
biznesni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-1987-son
Farmoniga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-maydagi "Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish
mexanizmini takomillashtirish to'g'risida" 232-son, 1999-yil 10-iyundagi
"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan
ma’ruzasida berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari
to'g'risida" 296-son va 2001-yil 10-sentabrdagi "Kichik korxonalar, dehqon
va fermer xo'jaliklarini moliyalash, moddiy-texnik ta’minlash, bojxona
imtiyozlari, ularga bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 366-son qarorlariga, shuningdek
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-iyundagi
273-F-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mikrokredit bu kredit shakllaridan biri bo'lib, uning miqdori o'z
faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasaan amalga oshiradigan yakka
tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklari uchun 5000 AQSH dollariga
ekvivalent bo'lgan milliy valutadagi summadan; o'z faoliyatini yuridik
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiradigan dehqon va ferm er
xo'jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar uchun 10000 AQSH dollariga
ekvivalent bo'lgan milliy valutadagi summadan oshmasligi kerak;
Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar -
mikrokredit shakllaridan biri, mikrofirmalar va dehqon xo'jaliklari
(yuridik shaxs maqomiga ega) uchun eng kam ish haqining 150
baravarigacha va kichik korxonalar hamda fermer xo'jaliklari uchun
eng kam ish haqining 300 baravarigacha miqdorda bo'ladi;
budjetdan tashqari jamg'armaning kredit liniyasi - budjetdan
tashqari jamg'arma tomonidan faqat maqsadli asosda, uning summasini
ana shu banklarning balansida aks ettirgan holda kichik va o'rta biznes
subyektlarini kreditlash uchun tijorat bankiga ajratiladigan mablag'lar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxsni tashkil etmagan
dehqon xo'jaliklariga budjetdan tashqari jamg'armalarning kredit
liniyalari hisobiga 5000 AQSH dollariga ekvivalent summadan oshadigan
hajmda kreditlar berishga yo'l qo'yilmaydi.
Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar yangi
barpo etilayotgan, davlat ro'yxatiga olinganidan keyin 6 oydan
kechiktirmagan davrda kredit olish uchun tegishli ariza topshirgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarga, dehqon (yuridik shaxs huquqiga
ega) va fermer xo'jaliklarigagina beriladi.
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida
doimiy monitoringni amalga oshiradilar va u qarz oluvchi loyihasini va
kredit shartnomasi shartlarini ro'yobga chiqarishga har tomonlama yordam
ko'rsatishga yo'naltirilishi kerak.
Bankka taqdim etilgan garov hamda kreditdan samarali va maqsadli
foydalanish joyning o'zida tekshiriladi.
Kreditdan foydalanish muddati tugagach, qarz oluvchi olingan
kreditni bankka o'z muddatida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda
qaytarishi shart.
Qarz oluvchi berilgan kreditdan maqsadga ko'ra foydalanmaganligi
aniqlangan taqdirda bank qarz oluvchiga bundan keyin kredit berishdan
bosh tortishga, qarz oluvchidan kredit summasini muddatidan oldin qaytarishni
va shartnoma bo'yicha tegishli foizlarni to'lashni talab qilishga haqlidir.
Qarz oluvchi asosiy qarzi va unga doir hisoblangan foizlarni kredit
shartnomasida ta’kidlangan muddatda so'ndirmagan holda bank garov
predmetini mustaqil ravishda, sudga murojaat etmasdan, Fuqarolik
Kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq undirishga haqlidir.
Qarz oluvchi kredit shartnomasi shartlariga binoan qarzni va unga
www.ziyouz.com kutubxonasi
doir hisoblangan foizlarni so'ndirishdan yoki shartnoma shartlariga
muvofiq garov predmetini bank tasarrufiga topshirishdan bosh tortganda
bank xo‘jalik sudiga tegishli da’vo bilan murojaat etishi kerak.
Shuningdek, ushbu sohadagi yana bir hujjat O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 29-fevralda ro'yxatga olingan 902-
sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan
2000-yil 22-fevraldagi 463-sonli “O'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil
etmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklarini
tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash
tartibi” O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, "O'zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to'g'risida", "Banklar va bank faoliyati
to'g'risida "gi qonunlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000-yil 11-fevraldagi 1-son majlisi bayonnomasiga
muvofiq ishlab chiqilgan va o'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan
amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklarini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
2000-yil 29-fevraldagi 903-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 22-fevraldagi 464-sonli “O'z faoliyatini
yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo'jaliklari,
kichik biznesning boshqa subyektlarini tijorat banklari tomonidan milliy
va xorijiy valutalarda mikrokreditlash tartibi” Fuqarolik Kodeksi,
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to'g'risida", "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunlariga,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
11-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan va
o'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi
ferm er xo'jaliklari hamda kichik biznesning boshqa subyektlarini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
2000-yil 7-martdagi 907-sonli, O'zbekiston respublikasi markaziy banki
tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 4-martdagi 465-sonli “Tijorat banklari
tomonidan ferm er xo'jaliklarini, shuningdek, kichik va o'rta biznes
subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi” Fuqarolik Kodeksi,
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunlariga,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
11-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan,
fermer xo'jaliklari hamda kichik va o'rta biznes boshqa subyektlarini
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga yo'naltirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil
16-mart 506-son qarori bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 2002-yil 18-apreldagi N
1126 “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tijorat banklari tomonidan milliy
valutada kreditlash tartibi to'g'risida” Nizom O'zbekiston Respublikasining
“ O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida” , “Banklar va
bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko'rsatishni takomillashtirishga
doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2001-yil 18-aprelidagi 178-
son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Uy-joy
mulkdorlari shirkatlarini qo'llab-quvvatlashga doir1 qo'shimcha chora-
tadbirlar to'g'risid a ” 2002-yil 1-m artdagi 74-son Qarori hamda,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligiga muvofiq
ishlab chiqilgan va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tijorat banklari
tomonidan kreditlash tartibini belgilaydi.
O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si h u d u d id a u y - jo y m u lk d o rla ri
shirkatlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan, ushbu nizomga
m u v o fiq kreditn in g qaytarilish i, to 'lo v lilig i, ta ’ m inlanganligi,
m uddatliligi va ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish
shartlariga rioya etib, xatarlarni har tomonlama baholash va garov
qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
2000-yil 7-martdagi 907-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 4-martdagi 465-sonli “Tijorat banklari
tomonidan fermer xo'jaliklarini, shuningdek, kichik va o'rta biznes
subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi” Fuqarolik Kodeksi,
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunlariga,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
11-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan,
fermer xo'jaliklari hamda kichik va o'rta biznes boshqa subyektlarini
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-
maydagi 195-son qaroriga 2-ilova “Tijorat banklari tomonidan kichik va
o'rta tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo'jaliklariga imtiyozli
kredit berish maxsus jamg'armasi hisobidan kredit berish tartibi to'g'risida”
NIZOM O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, "O'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to'grisida", "Banklar va bank faoliyati
to'grisida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq
ishlab chiqilgan hamda kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining,
dehqon va fermer xo'jaliklarining iqtisodiyotining aniq sektori pirovard
mahsulotidagi ulushini ko'paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga
qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
1998-yil 17-dekabr 566-son, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1998 yil 9-oktabr (19/8-sonli qaror)
261-son “Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to'g'risida” nizom
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 3-maydagi 234-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va
O'zbekiston Respublikasi Valuta birjasi huzuridagi kredit resurslari
kimoshdi savdolari orqali tijorat banklarini qayta moliyalash uchun
kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Iste’molchi krediti
deganimizda tijorat banklari tadbirkorlik uchun
firmalarga qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz
beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bo'ladi.
“Iste’mol krediti to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuni‘da
iste’mol kreditiga shunday ta’rif berilgan:
“Iste’mol krediti - jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol
ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish
uchun beriladigan kreditdir. Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol
krediti iste’mol kreditining shakllaridir”.
Moliyaviy iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini
to'lash uchun pul mablag'lari tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir.
Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy iste’mol krediti beruvchi
tashkilotlar sanaladi.
Tovar iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar
yoki ko'rsatilgan xizmatlar haqini bo'lib-bo'lib to'lash tarzida iste’molchiga
beriladigan kreditdir. Iste’mol tovarlarini (ishlar, xizmatlarni) ishlab
chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar iste’mol
krediti beruvchi tashkilotlardir.
Iste’mol kreditining obyekti - jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari
uchun mo'ljallangan tovarlar, (ishlar, xizmatlar) dir. Ko'chmas mulk,
shuningdek, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada
bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk iste’mol krediti obyekti bo'lishi
mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |