Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar



Download 6 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi6 Kb.
#333298
Bog'liq
Mavzu Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshiriladi-fayllar.org


Mavzu: Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar

Mavzu:Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshiriladigan ishlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin. Shuning uchun ham Afg‘onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o‘rinli. Bu esa, o‘z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga faol qo‘shildi. O‘zbekiston — Afg‘oniston munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o‘zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo‘lmoqda.

Prezidentlar do‘stona va samarali, o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o‘tgan yili dekabr oyida Afg‘oniston Prezidenti Ashraf o‘anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi. Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo‘shma hujjatni, shuningdek, qo‘shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo‘lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug‘doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi. Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir.

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega». 125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»

E'tiboringiz uchun rahmat



http://fayllar.org
Download 6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish