1 ^онунчилик Палатаси томонидан 2005 йил 2 ноябрда кабул килинган, Сенат
томонидан 2005 йил 3 декабрда маъкулланган.“Халк сузи газетаси” 2005 йил 17
декабрь сони.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Naqd pulsiz hisob-kitoblar huquqiy shakllari:
Naqd pulsiz hisob-kitoblar belgilangan shakldagi hisob-kitob hujjatlariga
asosan va tegishli hujjat oborotiga rioya etilgan holda olib boriladl O'zbekiston
Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblami 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi (791-moddasi) da nazarda tutilgan shakllarda tashkil
etadi va amalga oshiradl Banklarda hisob-kitob hujjatlarining xususiyati
va hujjat aylanishini tashkil etish xususiyatiga qarab naqd pulsiz hisob-
kitoblar quyidagi shakllarda olib borilishi mumkin: to‘lov topshiriqnomalari
bilan hisob-kitoblar; akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar-; inkasso bo'yicha
hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar. Fuqarolik Kodeksi yuqorida
aytib o'tilgan shakllardan tashqari qonunda ko'zda tutilgan boshqa shakllarda
ham, shuningdek unga muvofiq chiqariladigan bank qoidalari va bank
amaliyotida qoilaniladigan ish muomilasi odatlari bilan ham amalga
oshirishga yo'l qo'yadi.
Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadigan shartnom aviy
munosabatlarga kirishayotgan taraflar yuqorida ko'rsatilgan hisob-kitob
qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda
tutishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil
12-yanvardagi 1/4 (60)-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston
Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida” Nizomning yangi
tahriri O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston
Respublikasining "O 'zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi, "Xo'jalik subyektlari
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi, "Sud aktlari
va boshqa organlaming aktlarini ijrosi to'g'risida"gi Qonunlari, O'zbekiston
Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va
O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o'tkazish
tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda belgilangan qoidalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni
amalga oshiradigan O'zbekiston Respublikasidagi barcha yuridik va
jism oniy shaxslarga (mijozlarga) - rezidentlar va norezidentlarga
taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi hududida banklar naqd pulsiz hisob-
kitoblarni quyidagi shakllarda tashkil qiladilar va amalga oshiradilar:
1) toiov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo'yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida nazarda tutilgan shakllar bo'yicha naqd pulsiz hisob-
www.ziyouz.com kutubxonasi
kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan
fqydalaniladi:
1) memorial order;
2) to'lov topshiriqnomasi;
3) to'lov talabnomasi;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditivga ariza;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkadan foydalanilgan holda
ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning belgilangan shakllari bilan pul-hisob-
kitob hujjatlarini qiyoslab, bir qancha hollarda ular o'rtasida to'g'ridan-
to'g'ri o'xshashliklar borligini payqash qiyin emas. Masalan, bu naqd
pulsiz hisob-kitoblarning to'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar kabi
shakllariga tegishli bo'lib, hisob-kitob hujjatlarining nomlari ham ularga
muvofiq keladi.
Ayrim hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shaklining nomi pul-hisob-
kitob hujjatining nomi bilan to'g'ri kelmasligi ham mumkin, chunki
naqd pulsiz hisob-kitobning aynan bir shakli turli pul-hisob-kitob
shakllaridan foydalanilishiga yo'l qo'yadi. Xususan, bu inkasso bo'yicha
hisob-kitoblarga tegishli bo'lib, ular to'lov talabnomasi yoki inkasso
topshiriqnomasi yordamida to'lovchining hisobvarag'idan mablag'larni
so'zsiz hisobdan chiqarish uchun rasmiylashtirilishi mumkin. Shu sababli
naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan pul-hisob-kitob hujjatlari nomlari o'rtasida
aniq chegara qo'yish hisob-kitoblar to'g'risida qonunchilik normalarini
yaxshiroq tushunish va bir xil qo'llash uchun nafaqat nazariy, balki juda
katta amaliy ahamiyatga ham egadir.
Taraflar fuqarolik-huquqiy munosabatlariga kirishmoqchi bo'lsalar
(masalan oddiygina oldi-sotdi munosabatlariga), mablag'larni to'lovchi
va oluvchi o'rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar va pul-hisob-kitob
hujjatlarining aniq shakli tuzilgan shartnoma (bitim) ga muvofiq mustaqil
ravishda belgilanadi. Ya’ni siz supermarketga borib kundalik oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olmoqchi bo'lsangiz, supermarketda sotuvchi bilan
kelishilgan naqd pulsiz hisob-kitob shaklida hisob-kitobni amalga
oshirishingiz mumkin.
Agar bank schyotining shartnomasida boshqa muddatlar ko'zda
tutilm agan bo'lsa, bank m ijozning (yuridik va jism on iy shaxs)
schyotiga tushgan pul vositalarini hisobga olishga, tegishli to'lov
www.ziyouz.com kutubxonasi
hujjati bankka kelib tushgan kundan keyingi kundan kechikmasdan
mijozning talabiga binoan uning schyotidan berishga yoki schyotiga
o'tkazishga majburdir.
Oluvchilarning roziligini olmasdan, mablag'lar oluvchilarning depozit
schyotini chetlab o'tgan holda mijozning topshirig'i bo'yicha uchinchi
shaxslar tomonidan to'lovlarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi, qonun'
hujjatlarida ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy qoidaga ko'ra, mablag'lar to'lovchining schyotidan hisobdan
chiqarilgandan so'nggina, oluvchining schyotiga o'tkaziladi, hisob-kitoblar
hisob-kitob cheklari va plastik kartochkalarda amalga oshirilgan hollar
bundan mustasno.
Taqdim qilingan barcha talablarni qondirish uchun mijozning
schyotida yetarli m iqdorda pul vositalari y o'q bo'lgan hollarda,
mablag'larni hisobdan chiqarish "Xo'jalik subyektlarining bankdagi
schyotlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi
Yo'riqnoma"ga (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999
yil 30 yanvarda 615-son bilan ro'yxatga olingan) muvofiq navbati bo'yicha
tartibda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida banklar o'rtasidagi hisob-kitoblar
Markaziy bankning hisob-kitoblar Markazida ochilgan korrespondent
schyotlari, elektron to'lovlar tuzish orqali milliy valutada amalga oshiriladi.
Banklardagi hisob-kitoblar bo'yicha elektron hujjat aylanishi "Elektron
tizimi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi banklari o'rtasida hisob-kitoblarni
yuritish to'g'risidagi Nizom"ga (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2001-yil 19-fevralda 1010-son bilan ro'yxatga olingan) va
“Naqd pulsiz hisb-kitoblar to'g'risida” gi Nizomga muvofiq tashkil qilinadi.
4-§. T o'lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish
To'lov topshiriqnomasi tushunchasi va mazmuni.
O'zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 792-moddasiga muvofiq, to'lov
topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig'iga
ko'ra, uning hisob varag'idagi mablag'lar hisobidan ma’lum miqdor pul
summasini mijoz ko'rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisob
varag'iga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank
hisob vapag'i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa
yoki u bank amaliyotida qo'llaniladigan ish muomalasi odatlarida
belgilangan bo'lmasa, o'tkazish majburiyatini oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
“Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” gi Nizomda ancha sodda ta’rif
berilgan: “To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi
bankka o'z schyoti (hisobvarag'i) dan oluvchining schyot (hisobvarag'i) ga
maium bir summani o'tkazish to'g'risidagi topshirig'ini anglatadi.”
Hisob-kitob shaklining keng ommalashgan xili toiov topshirig'i boiib,
bu hisob-kitob shakli hozirgi kunda korxona va tashkilotlar o'rtasida
amalga oshirilayotgan hisob turlari ichida eng ko'p qoilaniladigan turi
b o iib qoldi. T oiov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, hujjatlar
uchun va boshqa toiovlar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi
mumkin.
T oiov topshiriqnomasi bilan toiovlar tomonlarning kelishuviga qarab,
tovar olinishi yoki xizmat ko'rsatilishdan oldin yoki keyin toianishi
mumkin. Bunda, asosan, tomonlarning moliyaviy sharoiti asosiy rol
o'ynaydi. Fuqarolik Kodeksining 784-moddasiga muvofiq mijozning toiov
topsh iriqn om asin i qabul qilgan bank tegish li pul sum m asini
topshiriqnomada ko'rsatilgan shaxsning hisob varag'iga o'tkazish uchun
uni mablag' oluvchining bankiga Fuqarolik Kodeksining 792-moddasi
birinchi qismida belgilab qo'yilgan muddatlarda o'tkazishi shart.
Bundan tashqari, bank mijozning topshiriqnomasida ko'rsatilgan
hisob varaqda pul mablagiarini o'tkazish operatsiyalarini bajarish uchun
boshqa banklarni jalb qilishga haqli.
To‘lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari:
1. T oiov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan
hisob-kitob hujatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab
qo'yilgan talablarga mos boiishi kerak.
2. Mijozning topshirig'i uning hisobvarag'ida mablag'lar boigan
taqdirdagina, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi. Agar mablag'lar
bo'lmasa, ijroga qabul qilinmaydi. Mijoz bilan bank o'rtasida tuzilgan
shartnomada ko'zda tutilgan boshqacha holatlar bundan mustasno.
(Fuqarolik Kodeksining 793-moddasi).
3. T oiov topshiriqnomasining sanasi uni bankka taqdim etilgan sana
bilan bir xil boiishi kerak, ular mos kelmagan holda toiov topshiriqnomasi
ijro uchun qabul qilinmaydi ( budjetga va
budjetdan tashqari
jamg'armalariga toiovlar bundan mustasno).
Pochta aloqasi orqali (pensiyalar, alimentlar va h.k.) mablagiarni
toiov topshiriqnomalari orqali o'tkazishda, ilova qilinishi lozim boigan
barcha hujjatlarni (maiumotnomalar, o'tkazmalar ro'yxati va boshqalari)
mijoz bevosita pochta aloqasi korxonalariga taqdim etadi.
Kechiktirib boimaydigan ehtiyojlar hisobvarag'idagi mablagiardan
www.ziyouz.com kutubxonasi
foydalanish "X o'jalik subyektlarining bankdagi schyotlaridan pul
mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi Y o‘riqnoma"ga
muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlaming to'lov topshiriqnomalari asosida
amalga oshiriladi. To'lov topshiriqnomasining "To'lov detallari/maqsadi"
ustunida "Kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan" deb
ko'rsatiladi.
To'lov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun va
boshqa to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. To'lov
topshiriqnomasi bank tomonidan faqat mijozning depozit hisobvarag'ida
mablag'lar m avjud bo'lgan vaqtdagina qabul qilinadi (agar bank
hisobvarag'i shartnomasida boshqacha tartib ko'zda tutilgan bo'lmasa).
To'lov topshiriqnomalari bankka ular yozilgan kunning o'zida taqdim
etiladi, aks holda bank ularni ijro uchun qabul qilmaydi. Milliy
qonunchiligimizdagi bunday cheklash to'lovlarni budjetga va budjetdan
tashqari jamg'armalarga o'tkazish bo'yicha to'lov topshiriqnomalariga
nisbatan amal qilmaydi.
Yuridik shaxsning talab qilib olinguncha depozit (hisob-kitob)
hisobvarag'ida yetarlicha pul m ablag'lari mavjud bo'lgan holda,
mablag'larni hisobdan chiqarish hisobvaraq egasining farmoyishi kelib
tushishi tartibiga muvofiq uning to'lov topshiriqnomasi bo'yicha amalga
oshiriladi. Yuridik shaxsning talab qilib olinguncha depozit (hisob-kitob)
hisobvarag'ida yetarlicha pul mablag'lari mavjud bo'lmagan holda esa
hisobdan chiqarish to'lovlar navbati tartibida amalga oshiriladi.
To'lov topshiriqnomasining turlari
Tomonlarning kelishuviga binoan to'lov topshiriqlari muddatli, avans
to'lovlar va kechiktirilgan muddatli bo'lishi mumkin.
Muddatli to'lov mahsulot yetkazib berilishidan, xizmat ko'rsatilishidan
oldin avans hisobidagi to'lovdir.
Non mahsulotlari, suv uchun, elektr va issiqlik energiyasi, telefon
xizmati, pochta-telegraf xizmatlari, temir yo'l orqali tashilgan yuklar
uchun, shuningdek, avtomobillar orqali tashilgan yuklar uchun to'lovlar
dastlabki to'lov to'langanidan keyin amalga oshiriladi. Korxona va
tashkilotlarning bir-birlariga yetkazib bergan mahsulotlari, bajargan ishlari
va ko'rsatgan xizmatlari uchun muddatli to'lov topshirig'i orqali haq
to'lanadi. Shuningdek, katta miqdordagi bitimlar bo'yicha qisman haq
to'lash ham to'lov topshirig'i orqali amalga oshiriladi.
Avans to'lovlar va kechiktirilgan muddatli to'lovlar shartnoma
asosida, lekin korxonaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmaydigan asosda
bo'lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
T o'lov topshirig'i yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ish,
ko'rsatilgan xizmat uchun bank tomonidan haq to‘lovchining topshiriq
bergan kunidan haq toiovchining hisob varag‘ idan mablag‘i bo'lgan
holda yoki bank krediti hisobiga ko‘ra, to‘lov qobiliyati bo‘lsagina qabul
qilinadi. Bank krediti hisobiga haq to'lashda bank va haq to'lovchi korxona
o'rtasida shartnoma tuziladi.
Budjet hisobidagi korxonalar, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat
tashkilotlari, xo‘jalik hisobida bo‘lmagan korxonalar topshirig'i hisob
varag' larida yetarli mablag' bo'lsagina bank tomonidan qabul qilinadi.
Agar korxonaning olingan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat uchun yetarli
mablag'i bo'lmasa ularning yuqori turuvchi organi shu korxonaning
bankdagi hisob varag' iga markaziy fonddan yoki zaxira fondidan pul
o'tkazib beradi va ushbu mablag' olingan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat
uchun ishlatiladi.
Agar haq oluvchi va haq to'lovchi korxonalarga boshqa-boshqa
bank xizmat qilsa, to'lov topshirig'i to'rt nusxada taqdim etiladi. Birinchi
nusxa memorial order bo'lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxa
to'lov amalga oshirilganidan keyin haq oluvchiga xizmat qiluvchi bankka
yuboriladi va ikkinchi nusxa memorial order bo'lib o'sha bankda qoladi,
uchinchi nusxa to'lovni oluvchiga qilingan operatsiyalar ko'chirmasi bilan
beriladi, turtinchisi haq to'lovchiga bank tamg'asi bosilgan holda beriladi.
Hisob-kitob operatsiyalari korxonaning unga xizmat qiluvchi bankda
ochilgan hisob varaq orqali amalga oshiriladi. Bank korxonaning hisob
varag'idagi mablag'larini saqlaydi, ushbu hisob hisobvarag'ga tushuvchi
mablag'larni yozib boradi, korxonaning pul o'tkazish haqidagi topshirig'ini,
bank qoidalari asosida va korxona bilan tuzilgan shartnoma asosida va
boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Fuqarolik Kodeksining 784-moddasiga asosan, hisobvaraqda unga
qo'yilgan hamma talablarni qanoatlantirish uchun yetarli miqdorda pul
mablag'lari bo'lsa, bu mablag'larni hisob varag'idan o'chirish mijozning
farmoyishlari va o'chirish uchun boshqa hujjatlar tushgan tartibda
(kalendar-navbat), agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, amalga oshiriladi. Bundan tashqari, hisob varaqdagi pul
mablag'lari unga qo'yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli
bo'lmagan taqdirda pul mablag'lari quyidagi navbatda o'chir iladi:
1.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
talablarni, alimentlar undirish to'g'risidagi, mualliflik shartnomalari
bo'yicha haq to'lash, shuningdek, hayotga va salomatlikka yetkazilgan
zarar o'rn in i qoplash to 'g 'ris id a g i talablarni q on dirish uchu n
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisobvaraqdagi pul o'tkazishni yoki pul berishni nazarda tutuvchi ijro
hujjatlari bo'yicha pul o'chiriladi;
2. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toiovlarni nazarda
tutuvchi to'lov hujjatlari bo'yicha pul o'chiriladi;
3. Boshqa pul mablagiarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari
bo'yicha pul o'chiriladi;
4. Boshqa toiov hujjatlari bo'yicha kalendar navbat tartibida pul
o'chiriladi.
T oiov topshirig'ida bir korxona o'z mahsulotini ikkinchi korxonaga
yetkazib beradi va bu haqda schyot-faktura yuboradi, ushbu mahsulotni
sotib oluvchi tashkilot o'ziga xizmat qiluvchi bankka o'z hisob varag'idan
maium summani olingan mahsulot uchun haq oluvchi tashkilot hisob
varag'iga o'tkazishga topshiriq beradi, bank muassasasi bu topshiriqqa
asosan haq oluvchi tashkilot hisob varag'idan oluvchi hisob varag'iga
maium summani ko'chiradi. Toiov topshirig'i-birinchidan, mahsulot hisob-
kitoblari borasida juda keng qoilan ilad igan h isob-kitob shakli,
ikkinchidan, dastlabki to'lov, avans to'lovi boiishi mumkin, uchinchidan,
toiovni tez amalga oshiruvchi vositadir.
Mijozning topshirig'i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan
taqdirda, bank pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgar boiadi.
T oiov topshiriqnomasi bo'yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga
oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida
solidar javobgar boiadilar (Fuqarolik Kodeksining 795-moddasi).
Rejali toiovlar.
T oiov topshirig'i asosida amalga oshiriladigan toiov
turlaridan biri rejali toiovlar boiib, bu toiov, asosan, doimo bir-birlari
bilan aloqa qiladigan korxona va tashkilotlar o'rtasida faqat tomonlar
o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq holda amalga oshiriladi. Lekin
bu hisob-kitob shakli tranzit bo'yicha mahsulot yetkazib berishda
qoilanilmasligi kerak. Rejali toiovlar mahsulot yetkazib beruvchi va
sotib oluvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan har kuni yoki muayyan
muddatda o'tkaziladi. Sotib olingan mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmat
uchun kelishilgan davriy to'lovdan kelib chiqib, kelgusi oy yoki chorak
to'lovlari summasi tomonlar tomonidan aniqlanadi. Kunlik rejali toiov
hajmi bankning bir oylik ish kuniga qarab belgilanadi. Har bir rejali
toiov uchun bankka alohida hujjat taqdim etiladi. Tomonlar sotib olingan
mahsulot, ko'rsatilgan xizmat uchun toiovlarni har oyda kamida bir
marotaba hisob-kitob qilishlari shart. Aniqlangan farq alohida topshiriq
bilan toianadi yoki keyingi toiov paytida hisobga olinadi. O'zaro hisob-
kitoblarni aniqlash tomonlar o'rtasidagi o'zaro qarzlar hisobot davrida
www.ziyouz.com kutubxonasi
eng kam miqdorda bo'lishini ta’minlash vazifasini bajarishga xizmat qiladi.
Bu miqdor bir kunlik sotib olinadigan mahsulot narxidan oshib ketmasligi
kerak Agar haq to'lovchining hisob varag'ida mablag'i bo'lmasa, bor
mablag' olingan mahsulot, ko'rsatilgan xizmat uchun yetmasa va bu
korxonaga kredit berishning iloji bo'lmasa bank tomonidan topshiriq
qabul qilinmaydi. Haq to'lovchining hisob varag'ida mablag' paydo
bo'lganida rejali to'lov oldingi qarzlarni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi.
Rejali to'lov birinchidan, mahsulot yetkazib berishda bir xil
imkoniyatga ega bo'lgan, doimiy aloqada bo'lgan korxonalar o'rtasidagi
hisob-kitoblarda qo'llaniladi, ikkinchidan, haq to'lovchi tashkilot har
kuni, har bir yetkazib berilgan mahsulot uchun emas, balki davriy,
ya’ni to'rt-besh kunda bir marotaba haq to'laydi, uchinchidan, hisob-
kitob har oyning oxirida aniqlanib boradi, turtinchidan, bu hisob-kitob
shaklida hujjat soni kamayadi, pul mablag'i harakati mahsulot harakatiga
juda yaqin bo'ladi.
O'zaro talablarni hisobga o'tkazish.
Korxonalar o'rtasida naqd pulsiz
hisob-kitoblami amalga oshirish shakllaridan yana biri o'zaro talablarni
hisobga o'tkazish vositasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblardir. Bunda
korxona va tashkilotlarning o'zaro talablarini, ya’ni bir-birining o'rtasida
o'tkazilgan hisob-kitobning farqi bank orqali to'lov topshiriqnomasi bilan
to'lanadi. Bunda mahsulot beruvchi va haq oluvchi shartnomada
belgilangan muddatda o'zaro o'rtadagi hisob-kitoblar aniqlanadi va ikki
korxona o'rtasidagi o'zaro qarzlar qoplanadi. Bir necha korxonaga xizmat
ko'rsatuvchi bank muassasasi ularning roziligi bilan ular o'rtasidagi o'zaro
talablarni hisobga o'tkazish yuzasidan hisob-kitobni amalga oshiradi. Bank
muassasasining 2-raqamli kartochkasida turgan muddatida to'lanmagan
to'lovlari to'lov topshirig'iga asosan o'zaro talab asosida to'lanadi. Kapital
jamg'armaga o'z mablag'idan qo'yilgan badal to'lovi, kapital jamg'arma
hisobidagi mablag'ga asoslangan to'lov,
budjetga o'tkaziladigan
mablag'lar, davlat va ijtimoiy sug'urta to'lovi, oylik ish haqi va unta
tenglashtirilgan to'lovlar o'zaro talablarni hisobga o'tkazish bo'yicha
to'lovga qabul qilinmaydi. O'zaro talablarni hisobga o'tkazish qatnashchilari
o'rtasida amalga oshirilgan summa hisob-kitob varaqasiga yoziladi va
unga foiz to'lanmaydi.
Misol: Navoiy nomli jamoa xo'jaligi tuman elektr tarmoqlari
korxonasiga 10 000 so'mlik kartoshka mahsuloti bergan, shuningdek
tuman elektr tarmoqlari korxonasi jamoa xo'jaligi hududidagi elektr
liniyalarini ta’mirlash bo'yicha 9000 so'mlik xizmat ko'rsatgan. Bu ikki
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashkilot o‘zaro hisob-kitob qilib, qarzlami bir-biriga qoplaydi va o‘rtadagi
1000 so‘m farq uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi o'ziga xizmat
ko'rsatuvchi bank muassasasiga to'lov topshirig'i yuboradi.
Demak hisob-kitobning o'zaro talablarni hisobga o'tkazish (zachyot
vzaimnix trebovaniy) shakli, birinchidan, doimiy va bir martalik
harakterda bo'ladi, ikkinchidan, ikki yoki undan ortiq, shuningdek,
bir guruh, korxonalar o'rtasida bo'ladi, uchinchidan, har bir ishtirokchiga
alohida hisob ochilib, ulardan to'lov amalga oshiriladi yoki kelib tushgan
mablar yoziladi, to'rtinchidan, kelib tushuvchi mablar to'lovdan ortiq
bo'lsa, kredit saldosi tashkil bo'lib, summa hisob varag' iga yoziladi,
beshinchidan, to'lov kelib tushgan mablag'dan kam bo'lsa, debet saldosi
hosil bo'lib, farq hisob varag' idan yoki bank kreditidan to'lanadi.
Bank bo'limlarida har oyda bir marotaba yagona moliya hisob kuni
o'tkaziladi. Ushbu tadbir bank bo'limi mijozlari o'rtasidagi o'zaro bir-
birlariga bo'lgan qarzlarni kechish asosida amalga oshiriladi. Bunday
o'zaro talablarni hisobga o'tkazish natijasida korxona va tashkilotlaming
debitorlik va kreditorlik qai-zlari kamayadi. Bu esa ularning moliyaviy
holatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. O'zaro talablarni hisobga o'tkazish bank
balansining 725-schyotida amalga oshiriladi.
Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar.
Memorial order bu fuqarolarning amalga oshiradigan tadbirkorlik
faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan holdagi yozma topshiriqnomalari bo'yicha
pul mablag'larini naqdsiz o'tkazmalarini amalga oshirish uchun banklar
tomonidan foydalaniladigan pul-hisob-kitob hujjatidir. Ya’ni banklar
memorial orderlardan fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq
bo'lmagan holdagi yozma topshiriqnomalari bo'yicha naqd pulsiz pul
mablag'larini o'tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.
Bank to'lovchi bo'lib chiqqan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda,
ular bank rahbarining va bosh buxgalteming imzolari bilan tasdiqlanadi,
boshqa holatlarda memorial orderlar ushbu bank schyotini olib boruvchi
bosh buxgalter va buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar
bilan sodir etilayotgan operatsiyalaming to'g'riligi bo'yicha javobgarlik
bankning rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 8-noyabrdagi 124, 242-v-son
qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xo'jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan paxta va g'alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari
tomonidan kreditlash tartibi to'g'risida” Nizomda “Kreditlar va unga
hisoblangan foizlar fermer xo'jaliklarining maxsus 23210 (23220) hisob
www.ziyouz.com kutubxonasi
raqamlariga qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga
sotishdan tushgan mablag'lar hisobidan, muddatli majburiyatnomalar
asosida memorial order orqali birinchi navbatda undiriladi.”, deb belgilangan.
Bunda, topshiriqnoma bo'yicha to'lash amalga oshirilgandan so'ng
memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlariga tikib qo'yiladi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2000-yil 3-avgust 953-son bilan ro'y x a tg a olingan, O 'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 15-iyul 476-son bilan
tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan O'zbekiston Respublikasi
hududida faktoring operatsiyalarini o'tkazish tartibi to'g'risida” nizomda
faktoring operatsiyalari bo'yicha hisob-kitob qoidalari belgilanib, taraflar
tomonidan faktoring (pul talabini berish) to'g'risidagi shartnoma
imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablag'larni mijozning talab
qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag'iga, diskont summasini
chegirgan holda o'tkazishni amalga oshiradi. Mablag'larni mijozning talab
qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag'iga o'tkazishni bank
m em o ria l-o rd e rla r bilan am alga osh irad i, ular ikki nusxada
rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo'yicha buxgalteriya
operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga
joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi.
5 -§. T o‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish
To'lov talabnomasi - tovar yetkazib beruvchining yoki xizmat
ko'rsatuvchi korxonaning tovar sotib oluvchiga shartnomaga asosan yetkazib
berilgan tovar-moddiy boyliklar, ko'rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan
ishlar yuzasidan bank orqali emas, balki bevosita to'lovchining o'ziga
haq to'lashi lozimligi to'g'risida xabar qiluvchi topshirig'idir, ya’ni tovar
yetkazib beruvchi to'lovchiga tovar-moddiy boyliklar bilan birga, ushbu
boyliklar bo'yicha hujjatlar va to'lov talabnomasi topshirishni beradi.
Haq toiovchi tashkilot bu haqda talabnoma olganidan keyin to'lov
imkoniyatini aniqlab, bu talabnoma - topshiriqni o'ziga xizmat
ko'rsatuvchi bankka o'z hisob varag'idan haq oluvchining hisob varag'iga
to'lov summasini o'tkazish haqida hujjat beradi.
“ Naqd pulsiz h iso b -k ito b la r t o 'g 'r is d a ” gi N izom da t o 'lo v
talabnomasiga shunday ta’rif berilgan: “To'lov talabnomasi o'zida mablag'
oluvchini to'lovchi tomonidan bank orqali ma’lum bir summani to'lash
to'g'risidagi talabi aks ettirilgan pul-hisob-kitob hujjatidir.”
Umuman olganda, to'lov talabnomasi - mablag'larni oluvchi tomonidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
emitent bankka jo‘natiladigan va to'lovchiga muayyan summani ijrochi
bank orqali to'lash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir.
Bunday talab yuklab jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun hamda tomonlar shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa
to'lovlar bo‘yicha qo'yilishi mumkin. To‘lov talabnomalari bo'yicha hisob-
kitoblar to'lovchining aksepti bilan ham, uning akseptisiz ham amalga
oshirilishi mumkin. Aksept bilan to'lanadigan talablar to'lov summasi
to'lovchisi tomonidan aksept (tan olish) mavjud bo'lgan holda qondiriladi.
Mablag' oluvchi bitta opreasiya bo'yicha, takroran talabnoma
taqdim qilish huquqiga ega emas, dastlabki talabnoma to'lovchining
bankiga kelib tushmaganligi to'g'risida bildirishnoma mavjud bo'lgan
hollar bundan mustasno.
Aksept bilan to'lanadigan talabnomalar, talabnomaning nusxasi,
bankka kelib tushgan kundan keyingi kundan kechiktirmay to'lovchining
vakiliga “To'lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” jumalida
imzo chektirib, topshiriladi va shundan so'ng “To'lov muddatini
kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” (1-son kartoteka) hisob raqamlariga
joylashtiriladi.
To'lov topshiriqnomasini to'lovchining vakiliga mijozning kelmaganligi
sababli imzo chektirib topshirish mumkin bo'lmaganda bank 10 ish kuni
tugaganidan keyin to'lov topshiriqnomasini oluvchining bankiga ijro
etmasdan, chapdagi yuqori burchakda “Mijozning kelmaganligi sababli
ijro etilmagan” degan yozuvni qayd etgan holda qaytarib yuborishga
haqlidir. Bunda, agar mazkur davrda ushbu bankdagi to'lovchining hisob
raqamlari bo'yicha uning topshirig'iga ko'ra mablag'larni hisobdan
chiqarish operatsiyalari (shu jumladan naqd pul berish yo'li bilan) amalga
oshirilgan bo'lsa, mablag' oluvchi to'lovchining bankidan Hisob raqamlarini
ochish bo'yicha belgilangan talablarni, mablag'larni kirim qilish va
mijozlarning hisob raqamlaridan hisobdan chiqarish, ish haqiga va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlarga naqd pul berish tartibini
buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan jarima jazosini qo'llash tartibi
to'g'risidagi nizomga muvofiq jarima undirishga haqli.
To'lovchining banki tomonidan talabnoma akseptining quyidagi
muddati belgilanadi:
- aksept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab
uch ish kuni - bir shahardagi mijozlar uchun;
- aksept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab
besh ish kuni - boshqa shahardagi mijozlar uchun;
- aksept uchun talabnoma topshirilgan kundan keyingi kundan
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshlab 10 kungacha - toiovchining asosli iltimosnomasi bo‘yicha.
To‘lovchi belgilangan muddatda unga xizmat ko'rsatadigan bank
akseptdan qisman yoki to'liq voz kechishi to'g'risida yozma ariza
topshirish huquqiga egadir.
Akseptdan to'liq yoki qisman voz kechilgan taqdirda to'lovchi bankka
imzo namunalari kartochkasida ko'rsatilgan shaxslar imzosi bilan voz kechish
sabablarini ko'rsatgan holda yozma voz kechishni taqdim etishi kerak.
Banklar voz kechishning asoslanganligini (voz kechish sabablarini),
shuningdek voz kechish asoslariga doir nizolami ko'rib chiqmaydi.
Agar belgilangan muddatda to'lovchi akseptdan yozma voz kechishni
taqdim etmasa, talabnoma akseptlangan deb hisoblanadi.
Quyidagi hollarda to'lovchilarning hisob raqamlaridan mablag'larni
akseptsiz hisobdan chiqarish amalga oshiriladi:
- issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarda. Bu holda sotilgan issiqlik
energiyasi uchun to'lov topshiriqnomasi va hisobvaraq-faktura yetkazib
beruvchi tomonidan iste’molchiga xizmat ko'rsatadigan bankka qo'yiladi.
Bunda “To'lov tafsilotlari” ustunida “Hisob asboblarining ko'rsatishlari
asosida" yoki “Tariflar asosida” yozuvi qayd etiladi. Hisobvaraq-faktura
belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, shu jumladan iste’molchining
imzosi bilan tasdiqlanishi kerak;
- talabnomaga da’vo summasini tan olish to'g'risida qarzdor yozma
javobining asl nusxasi ilova qilingan taqdirda. Boshqa hujjatlarning
(debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, bajarilgan ishlar
(xizmatlar) to'g'risida dalolatnoma va hokazolarning) talabnomaga ilova
qilinishi akseptsiz hisobdan chiqarish uchun asos bo'la olmaydi;
- banklar tomonidan - xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
kreditlar bo'yicha qarz o'z vaqtida so'ndirilmaganida, qarzdorlarning
boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisob raqamlarida.
Talabnomaning yuqoridagi o'ng burchagiga “Akseptsiz” deb yozib
qo'yiladi yoki shtamp qo'yiladi. Bank ilova qilingan hujjatlarning ularning
talabnomada ko'rsatilgan rekvizitlariga muvofiqligini tekshiradi.
Akseptsiz to'lanadigan, operatsiya kuni davomida to'lovchining
bankiga kelib tushgan talabnomalar o'sha kuniyoq to'lanadi, to'lovchining
hisob raqamlarida mablag' bo'lmagan yoki yetarli bo'lmagan holda esa
2-son kartotekaga to'lanmagan summada joylashtiriladi.
6-§. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob qilish
Naqd pulsiz hisob-kitoblar ushbu shaklining asosiy mazmuni shundan
iboratki, to'lovchining arizasi va uning ko'rsatmalariga muvofiq ravishda
405
www.ziyouz.com kutubxonasi
akkreditiv ochgan bank (emitent bank) u hujjatlarni taqdim etgan va
akkreditivda ko'zda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda,
mablag'larni oluvchiga to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o ‘z
zimmasiga oladi. (FKning 796-moddasi).
Emitent bank, agar bu bank mablag'larni oluvchilarga ham xizmat
ko'rsatayotgan bo'lsa, toiovchining akkreditiv arizasini mustaqil bajarishi
mumkin. Bordi-yu, mablag'larni oluvchi boshqa bankda depozit (hisob-
kitob) hisobvarag'iga ega bo'lsa, em itent bank oluvchining pul
mablag'lariga xizmat ko'rsatuvchi bankka akkreditiv berishi kerak, u
akkreditivning to'lanishini amalga oshiradi (ijrochi bank). Ya’ni bu holatdagi
hisob-kitoblarning akkreditiv shaklida, mijozning (to'lovchining)
topshirig'iga va uning ko'rsatmasiga muvofiq akkreditiv ochgan bank
(bank-emitent), o'z zimmasiga uning kontragenti-mablag' oluvchi
foydasiga to'lovni amalga oshirish majburiyatini yoki mablag' oluvchi
tomonidan akkreditivda ko'zda tutilgan hujjatlarni va boshqa shartlarni
bajarish sharti bilan ushbu to'lovlami amalga oshirish bo'yicha vakolatlarni
boshqa bankka taqdim etishni o'z zimmasiga oladi.
To'lov qobiliyati noma’lum bo'lgan korxonalar bilan hisob-kitob
qilishda qo‘1 keladigan hisob-kitob shakli akkreditiv vositasida hisob-
kitob qilishdir.
H isob-kitoblarning akkreditiv shakli, agar u to'lovch i bilan
mablag'larni oluvchi o'rtasidagi shartnomada ko'zda tutilgan bo'lsa,
qo'llanadi. Biroq ayrim hollarda hisob-kitoblarning bunday shakli tuzatib
bo'lmaydigan to'lovchilarga nisbatan ta’sir chorasi sifatida belgilanishi
ham mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «1997-
yil IV choragida debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish chora-
tadbirlari to'g'risida» 1997-yil 29-oktabrdagi 488-qarorida iste’molchilar
(tovar olinganidan keyin 60 kun mobaynida) to'lov muddatlarini buzgan
holda yetkazib beruvchilar zimmasiga hisob-kitoblarning faqat akkreditiv
shakli bo'yicha mahsulot berish majburiyati yuklanishi nazarda tutilgan.
Akkreditiv to'lovchining (mahsulot sotib oluvchining) birorta mahsulot
yetkazib beruvchi bilan hisoblashish uchun o'z bankiga to'lovga zarur
m ablag'ni alohida schyotga o'tkazishni so'rash haqidagi yozm a
topshirig'idir, ya’ni to'lovchi o'ziga zarur tovar-moddiy boylikni olmoqchi
bo'lganda, mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada akkreditiv bilan
hisoblashishni talab qiladigan bo'lsa, to'lovchi o'z bankiga o'z hisob
varag'idan yoki mablag'i yo'q holda bank krediti hisobidan tovar-moddiy
boyliklar uchun zarur mablag'ni alohida balansdagi 720-schyotga o'tkazish
to'g'risida yozma topshiriq beradi. Ushbu topshiriq asosida bank to'lovchiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
akkreditiv ochib, bu haqda mahsulot yetkazib beruvchining bankiga
xabar beradi va agarda to‘ lovchi bu mablag'ni mahsulot yetkazib
beruvchining bankiga o'tkazishni ham talab etsa, ushbu akkreditiv
mahsulot yetkazib beruvchi bankiga o'tkaziladi va o'z o'rnida bank bu
mablag'ni 720-balans schyotiga kirim qiladi hamda 9931-balansdan
tashqari (akkreditivlar to'loviga) schyotni ochadi. Mahsulot yetkazib
beruvchi tomonidan tovar jo'natilganligi to'g'risidagi hujjatlar bankka
taqdim etilgandan so'ng bank akkreditiv summasini uning hisob varag'iga
o'tkazadi.
Hisob-kitobning akkreditiv shaklida to'lovchi bankka akkreditiv
olish uchun arizani taqdim qiladi.
Akkreditiv shartlarini to'liq ro'yxati, tasdiqlovchi hujjatlarning aniq
tavsifnomasi yo'q bo'lgan holda akkreditiv bo'yicha mablag'larni olish
uchun oluvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar va akkreditiv olish
uchun arizada “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida” Nizomning 56-
bandi bilan ularni rasmiylashtirish talablariga rioya etilmaganlar bank
tomonidan to'lovchiga qaytariladi va akkreditiv schyotlar ochilmaydi.
Akkreditivlami ochish to'g'risidagi ariza bank-emitentga ikki nusxada
taqdim etiladi.
Mijozning arizasiga ko'ra elektron to'lovla r tizimi b o'yich a
akkreditivlangan summa mablag' oluvchining bankiga jo'natiladi va
mablag1 oluvchining akkreditiv schyotiga o'tkaziladi. Ijrochi bank mablag'
oluvchiga mablag'lar kelib tushganligi haqida xabar beradi.
Mablag' oluvchining talab qilib olinuvchi depozit schyotiga
mablag'larni o'tkazish ular tomonidan bankka akkreditivni amal qilish
muddati tugagunigacha shartnomada ko'zda tutilgan va akkreditivni
barcha shartlarini bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilingan
holda amalga oshiriladi.
Mablag' oluvchi ijrochi bankka tasdiqlovchi hujjatlarni ikki nusxada
taqdim qiladi.
Ijrochi bank mablag' oluvchi tomonidan akkreditivning barcha
shartlariga rioya qilinganligi, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlarning to'g'ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish shart.
Ushbu shartlarning loaqal bittasi buzilganida ham akkreditivlar
bo'yicha to'lovlar to'lanmaydi.
Mablag' oluvchining bankida akkreditivni yopish quyidagi hollarda
amalga oshiriladi:
a) akkreditivni amal qilish muddati tugaganda;
b) mablag' oluvchining akkreditivdan keyinchalik foydalanishdan
www.ziyouz.com kutubxonasi
bosh tortishi to'g'risidagi yozma arizasiga binoan agar ushbu ariza
akkreditivning amal qilish muddati tugaguncha berilgan bo'lsa hamda
ushbu akkreditiv shartlarida ko'zda tutilgan bo'lsa;
v) to'lovchining akkreditivni to'liq yoki qisman chaqirib olish
to'g'risidagi yozma talabnomasiga binoan, agar ushbu akkreditiv
shartlarida ko'zda tutilgan bo'lsa. Akkreditiv bank-emitent tomonidan
xabarnoma olingan kunda 22602-sonli "Akkreditivlar bo'yicha mijozlaming
depozitlari" balans schyotidagi summadan kam bo'lmagan summaga
kamaytiriladi yoki yopiladi.
Ijrochi bank akkreditivni bekilganligi to'g'risida bank-emitentga
xabar beradi. Foydalanilmagan summa to'lovchining bankiga, mablag'lar
deponentlangan schyotga o'tkaziladi.
Akkreditiv to'liq ishlatilmagan yoki to'lovchining talab qilib olinuvchi
depozit schyoti joylashgan bank-emitentga qaytarilgan hollarda, ko'zda
tutilmagan holatlar schyoti ham yopiladi.
Akkreditiv uchun topshiriqda quyidagi ma’lumotlar, jumladan,
mahsulot yetkazib beruvchining nomi, akkreditiv tartibda haq to'lanishi
lozim bo'lgan mahsulot nomi, akkreditivning summasi, akkreditivning
muddati hamda yetkazib beruvchining schyot-fakturasiga muvofiq
ravishda pul to'lash tartibi, ya’ni pulni xaridorning aksepti bilan yoki
akseptdan boshqa to'lash kerakligi albatta ko'rsatilishi kerak.
Topshiriqda xaridorning boshqa talablari, masalan, schyot-fakturaga
tovarning sifati haqidagi dalolatnomasi qo'shilishi kerakligi ham
ko'rsatilishi mumkin.
Akkreditiv ochish uchun sotib oluvchi emitent bankka belgilangan
shakldagi akkreditiv uchun ariza berib, unda amal qilish muddati,
to'lovchining nomi va hisobvarag'i, emitent bank va ijrochi bank nomi,
akkreditivning amal qilish muddati, shartnoma nomeri, tovar, ishlar va
xizmatlar nomi hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida nizomda
nazarda tutilgan boshqa rekvizitlarni ko'rsatadi. Akkreditiv arizaga
qo'shimcha shartlar ham kiritilishi mumkin.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv
ochilayotganida emitent bank
uni ochish vaqtida mijozning o'z mablag'larini yoki unga berilgan kreditni
ijrochi bank ixtiyoriga emitent bank majburiyati amal qilgan barcha
m u ddatga o'tk a zish i shart. Y a ’ ni qoplangan (deponentlangan)
akkreditivlarni ochishda bank-emitent uni ochishda mijozning shaxsiy
mablag'larini yoki unga berilgan kreditni bank-emitentning majburiyatlari
amalda bo'lgan barcha muddatga ijrochi bank ixtiyoriga o'tkazishga
m ajbu rdir. Q oplangan akkreditiv shunday akkreditivki, ularni
www.ziyouz.com kutubxonasi
ochayotganda bank-emitent o'z majburiyatlari amal qiladigan davrda
mahsulot yetkazib beruvchining banki ixtiyoriga to‘lovchining o ‘z
mablag'larini yoki unga berilgan kreditni alohida 720-»Akkreditivlar»
balans schyotiga o'tkazib beradi.
Bunday hisob-kitob qilishda xaridor va ta’minotchi o'rtasida shartnoma
tuziladi. Xaridor o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bank bo'limiga akkreditiv
ochish to'g'risida ariza berib, mablag'ni deponentlash to'g'risida to'lov
topshiriqnomasi yuboradi. Bank bo'limi xaridor schyotidan muayyan
summani olib, ta’minotchining bankiga yuboradi. Ta’minotchiga xizmat
k o'rsatu vch i bank summani akkreditiv sch yotiga o'tkazad i va
ta’minotchiga akkreditiv ochilganligi haqida xabar beradi. Ta’minotchi
bu xabarni olib, xaridorga tovar jo'natadi va o'ziga xizmat ko'rsatuvchi
bank bo'limiga hisob-kitob hujjatlarini yuboradi. O'z navbatida bank
bo'limi akkreditiv schyotidagi pulni ta’minotchining schyotiga o'tkazadi
va xaridorga xizmat ko'rsatuvchi bankka akkreditivdan foydalanganlik
haqida xabar beradi, shuningdek, bu bank ham xaridorga akkreditivdan
foydalanganlik haqida mijozga xabar beradi.
Qoplanmagan akkreditiv
ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi
bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda
yuritilayotgan hisob varag'idan o'chirish huquqini beradi
Qoplanmagan akkreditiv ochilayotganida emitent bank ijrochi bankka
ijrochi bankda yuritilayotgan emitent bank hisobvarag'idan akkreditiv
barcha summasini hisobdan chiqarish huquqini beradi.
Qoplanmagan akkreditivni ochishda bank-emitent ijrochi bankka
bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan schyotidan barcha
akkreditiv summasini hisobdan chiqarish huquqini beradi. Bank oldidagi
majburiyatlarini o'z vaqtida bajarayotgan korxona — to'lovchilar bilan
bank muassasalari 720-» Akkreditivlar» balans schyotida qoplanmagan
(kafolatlangan) akkreditiv ochish to'g'risida shartnoma tuzishlari mumkin.
Bunday holda bank korxona hisobidan vaqtinchalik mablag' yo'qligida
kelib tushgan to'lov talabnomalari bank mablag'lari hisobiga bajarishni
kafolatlaydi. Banklar o'rtasida korrespondent muomala o'rnatilganda,
ijrochi-bankda bank-emitent schyotidan akkreditivning barcha summasini
olib qo'yish huquqini berish yo'li bilan qoplanmagan akkreditiv ochilishi
mumkin. Korxonaning qoplanmagan akkreditivni chiqarish to'g'risidagi
tavsiyanomasi bank-emitent tomonidan balansdan tashqari 9925 — «Bank
tomonidan berilgan kafolatlar, garovlar» schyotiga kirim qilinadi.
Qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblar
quyidagi tartibda bo'ladi, ya’ni ta’minotchi va xaridor o'rtasida shartnoma
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuziladi. Xaridor o'ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo'limiga kafolat ostidagi
akkreditiv ochish to‘g ‘risida ariza beradi. Bank bo'limi balansdan tashqari
schyotida «Bankning kafolatlari va garovlari» belgisi ostida akkreditiv
ochadi va bu haqda ta’minotchining bankiga xabar beradi. Ta’minotchiga
xizmat ko‘rsatuvchi bank akkreditiv ochilgani haqida ta’minotchiga xabar
yuboradi, ta’minotchi xaridorga mahsulot yuboradi va o'ziga xizmat
ko'rsatuvchi bankka hisob-kitob hujjatlarini taqdim etadi. Bank bu hisob-
kitob hujjatlariga asosan ta’minotchining schyotiga pul o'tkazadi va xaridor
bankiga (debet avizosi) to'lov talabnomasi jo'natadi. Xaridorga xizmat
ko'rsatuvchi bank bo'limi to'lov talabnomasini olib, xaridorning schyotidan
muayyan summani bekor qiladi, agar xaridorning schyotida mablag'
bo'lmasa, unga kredit beradi va bu haqda xaridorga xabar qiladi
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va
chaqirib olinmaydigan bo'lishi mumkin. Uning matnida bunday ko'rsatma
yo'q bo'lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv emitent bank tomonidan mablag'larni
oluvchini oldindan xabardor qilmasdan turib, o'zgartirilishi yoki bekor
qilinishi mumkin. Bank-emitent xohlagan paytda mahsulot yetkazib
beruvchi bilan oldindan kelishmasdan, chaqirib olinadigan akkreditivni
o'zgartirishi yoki yo'q qilishi mumkin, Akkreditivni chaqirib olish
mablag'larni oluvchi oldida emitent bank zimmasiga yuklanishi mumkin
bo'lgan hech qanday majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi. Chaqirib
olinadigan akkreditiv shartlarining o'zgarishi to'g'risidagi barcha
farmoyishlarni toiovch i mablag'larni oluvchiga (mahsulot yetkazib
beruvchiga) faqat emitent bank orqali berishi mumkin, u mablag'larni
oluvchi bankiga (ijrochi bank), bu bank esa, mablag'larni oluvchiga
xabar beradi. Ammo ayni paytda bank akkreditiv sharti o'zgartirilmasdan
yoki u bekor qilinmasdan oldingi shartlar bo'yicha barcha talablarni
bajarishga majbur. Ijrochi bank (agar bu vaqtda u akkreditiv shartlarini
o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risida xabar olmagan bo'lsa) chaqirib
olinadigan akkreditiv bo'yicha to'lovlarni va boshqa operatsiyalarni amalga
oshirishi lozim).
Umuman olganda, akkreditivni chaqirib olish mablag' oluvchi oldida
bank-emitent uchun qandaydir majburiyatlarni paydo qilmaydi.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv bajaruvchi bank tomonidan
tasdiqlangan bank-em itentning akkreditivning barcha shartlari
bajarilgandagi hamda to'lovni amalga oshirish bo'yicha qat’iy majburiyatini
bildiradi. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mahsulot ishlab chiqaruvchining
manfaatlarini ko'zlab ochiladi va uning xohishiga qaramasdan, o'zgartirilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki bekor qilinishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqaruvchi, agar akkreditiv
shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, muddatidan oldin akkreditivdan bosh
tortishi mumkin.
Mablag1 oluvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib
olinmaydigan akkreditiv o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin
emas.
7-§ Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish
Inkasso topshiriqnom asi - m ijozning bankka to'lov ch in in g
hisobvarag‘idan so'zsiz tartibda mablag'larni hisobdan chiqarish to'g'risidagi
talabini anglatadi.
Inkasso bo'yicha hisob-kitob qilinganda mijoz o'z bankiga (bank-
emitentga) pul to'lovchidan to'lovni va to'lov akseptini mijoz hisobidan
qabul qilish haqida topshiriqnom a yuboradi va bu holatda pul
to'lovchining roziligi talab qilinmaydi.
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar qilishda undiruvchi
sifatida soliq idoralari, budjetdan tashqari fondlar, bojxona organlari,
sud organlari va boshqa organlar qatnashadilar.
Inkasso topshirig'ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa
bankni (ijrochi bank) ni jalb qilishi mumkin.
Hisob-kitob qilishning inkasso topshirig'i shakli bo'yicha ijro hujjati
va unga tenglashtirilgan hujjatlar asosida mablag' undiruvchilar bank
muassasasiga ijro hujjati va unga tenglashtirilgan hujjatlarning sanasi va
raqamini ko'rsatib, 0401001-inkasso topshirig'ini beradi1. Xo'jalik sudi
buyrug'i, notarius yozuvi asosida bank muassasiga berilayotgan inkasso
topshirig'i bilan birga, ijro hujjatining asli yoki dublikati qo'shib taqdim
etiladi. Ijro hujjatida mablag' undiruvchining to'liq va aniq nomi,
to'lovchining to'liq va aniq nomi, undiruv summasi, uning qaysi hisob
varag'idan olinishi ko'rsatilishi lozim. Xo'jalik sudinig qarori yoki nusxasi
xo'jalik sudining buyrug'i ijro varaqasi o'rniga o'tmaydi.
Ijro hujjatlari yoki farmoyish ilova qilingan bitta manzildagi haq
to'lovchining hisob varag' idan mablag' olish to'g'risidagi inkasso topshirig'i
bank muassasasiga taqdim etiladi.
Mijoz bankka inkasso topshiriqnomasini O'zbekiston Respublikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |