9-§. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar qonunchilikda ko'zda tutilgan
naqd pulsiz hisob-kitoblarning nisbatan yangi shakli bo'lib, jah on
amaliyotida keng qo'llaniladi. Plastik kartochka hisob-kitob hujjati sifatida
bank tomonidan chiqarilgan alohida to'lov vositasi bo'lib, tegishli bankda
varaqcha egasining hisobvarag'i mavjudligini tasdiqlaydi va unga tovarlar,
ishlar yoki xizmatlarni naqd pul to'lamay turib, olish huquqini beradi.
Plastik kartochkalar bir tomondan - jism oniy shaxslar, yuridik
shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan, ikkinchi tomondan —
yuridik shaxslar yoki tovarlarni realizatsiya qiluvchi, ish bajaruvi yoki
xizm at ko'rsatuvchi yuridik shaxslar o'rtasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblarni amalga oshirishda, shuningdek naqd pullarni berish punktlari
va bankomatlarda naqd pullarni olish uchun qo'llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni chiqarishi va
xizm at ko'rsatishi m umkin, bunda ular xalqaro to'lov tizimlari bilan
tuzilgan shartnomalar hamda “ Naqd pulsiz hisob-kitoblar to 'g ‘risida” gi
nizomga m uvofiq ravishda operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga
rioya qilishlari shart.
Plastik kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar ularga xizmat ko'rsatish
shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Qonunchilikda bunday sharnoma
m ajburiy shartlari ro'yxati belgilab berilgan. Ularga tomonlar nomi,
shartnoma predm eti, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda
javobgarligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, shartnoma amal
qilish muddati va uni buzish shartlari, bahs, nizolarni hal etish tartibi,
tomonlarning yuridik manzillari kiradi.
Tegishligiga ko'ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ
xillarga boiinadi:
- shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
- oilaviy k artoch ka - bu foyda la n u vch iga shaxsiy kartoch ka
ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
- korporativ kartochka - bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni
tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga
belgilangan plastik kartochka. Korporativ kartochkalardan ish haqi va
b osh q a ijtim oiy tu sd agi to'lov la rn i to'la sh , shuningdek naqd pul
mablag'larini to'lashda foydalanish man qilinadi.
Harakatlanish rejimiga ko'ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga
bo'linadi:
- debet kartochka - ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va
mijoz o'rtasidagi shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida
www.ziyouz.com kutubxonasi
mavjud bo'lgan pul vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga
haq to‘lashda foydalanish va yoki naqd pul vositalarini (korporativ
kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;
- kredit kartochka - undan foydalanish uni ushlovchiga emitent
bilan tuzilgan shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq
to 'la sh v a /y o k i n aqd pul v o sita la rin i o lish u ch u n (k o r p o r a tiv
kartochkalardan tashqari) emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi
hajmida operatsiyalami amalga oshirish imkonini beradigan kartochka;
- elektron hamyon - jismoniy shaxsning kartochkasi bo'lib, undan
foydalanish uni ushlovchiga tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to'lash v a /
yoki plastik kartochkadagi qoldiq m ablag'lar chegarasida naqd pul
mablag'larini olishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir nechta "elektron ham yonlar" joylashishi
mumkin
Qonunchilikda plastik kartochkani personalizatsiya qilishda rioya
etilishi majburiy bo'lgan qoidalar bor. Xususan, bu rekvizitlarning aniq
to'plamiga aloqador bo'lib, ular plastik varaqchada majburiy ravishda
mavjud bo'lishi lozim. Qonunchilikda bunday rekvizitlarga quyidagilar
kiritilgan: a) identifikatsiyalangan m a’lumotlar (karta nomeri va seriyasi
va b.); b) emitent bank (plastik kartochkalar chiqargan bank)ning kodi
- xos raqami; v) kartochka egasi h isob va ra g'i nom eri va shaxsiy
m a’lumotlari (tashkilot nomi); g) kartochkaning amal qilish muddati.
Plastik kartochkalardan foydalanib, operatsiyalami amalga oshirish
vaqtida tuzilgan hujjatlar rekvizitlarida tomonlar bilan kelishib olingan
belgilar mavjud bo'lib, ular plastik kartochkalar va bank hisobvaraqlari
rekvizitlari o'rtasidagi, shuningdek korxonalar identifikatorlari, naqd
pullarni berish pun ktlari, b a n k om a tla r va k orxon a la rn in g ban k
hisobvaraqlari o'rtasidagi muvofiqlikni to'g'ri belgilash uchun imkon
beradi.
Bundan tashqari, hukum at tom onidan m a ’qullangan bir qator
m e ’y o riy h u q u q iy h u jja tlar, ju m la d a n , O 'zb ek iston R esp u blik asi
Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli, 2003-yil 30-iyundagi
P F -3 2 7 0 -s o n li F a rm o n la ri, O 'z b e k is t o n R e s p u b lik a s i V a z ir la r
Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi 280-sonli, 2003-yil 2-iyuldagi 300-
sonli, 2004-yil 26-fevraldagi 9-sonli va 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli
qarorlarining, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-
yil 15-apreldagi 57-sonli qarori qabul qilinishi ushbu tizim faoliyati
xizmatlarining nihoyatda qisqa muddatlardla e ’tirof etilishini ta’minladi.
Shunga mos ravishda, 2005-yilning 1-yarmiga kelib banklar tomonidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 3 baravarga, ularga
xizmat ko'rsatish shoxobchalari soni esa 2,8 martaga oshdi.1
Plastik kartochkalarga asoslangan hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda to'lov tizimining asosini tashkil etayotgan bir
vaqtda, O'zbekistonda plastik kartochkalarga asoslangan hisob-kitoblar
shakli tobora ommaviylashib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.
M oliyaviy nuqtayi nazardan plastik kartochkalar quyidagicha
tansiflanadi:2
1. Kredit kartochkalari (Credit cards) - naqd pulsiz hisob-kitoblar
tizimida eng ko'p tarqalgan to'lov kartochkalari turiga kiradi. Kredit
kartoch kalari ish tirokidagi tranzaksiyalar (operatsiyalar) alohida
hisobvaraqlar yordamida amalga oshirilib, uning doirasida kartochka
egasi m a’lum miqdordagi kredit summasidan foydalanish huquqiga ega
bo'ladi. Ba’zi kredit kartochkalaridan bankomatlarda naqd pul olish uchun
ham foydalanilishi mumkin. Kartochka egasi tomonidan xarid qilinadigan
tovar yoki xizmatlar uchun to'lovlar kartochka emitenti tomonidan,
muomalaga chiqarilgan kredit kartochkalari mablag'lari hisobidan amalga
oshiriladi. Kartochka yordamida to'lovni kartochka ma’lumotlarini o'qish
uchun mo'ljallangan, maxsus qurilma (terminal) bilan jihozlangan har
qanday savdo markazida amalga oshirish mumkin. Kredit kartochkalari
to'lov funksiyasidan tashqari, qo'shimcha xizmatlarni, ya’ni sug'urta,
servis, prestij va shu kabi ko'plab funksiyalarni taklif etishi mumkin.
Ularning boshqa to'lov kartochkalaridan asosiy farqi, kartochka egasiga
to'lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishdir. Bunda kartochka egasi
tomonidan to'lov tovar olingandan yoki xizmat ko'rsatilgandan keyin
amalga oshiriladi (“ pay later”).
Kredit kartochkalar bilan to'lovlaming qulayligi: qisqa vaqt ichida
kartochka hisobvarag'i qoldig'ini tekshirish, avtorizatsiyalash, to'lov
sanasini aniqlash va hisobvaraqdan undirib olish (savdo tarmoqlari uchun)
dan iborat. Bundan tashqari to'lov (hisob-kitob) hujjatlarini qayta ishlash
uchun ortiqcha xarajat talab qilinmaydi hamda shu kabi bank xarajatlari
kamaytiriladi.
2. D eb et k a rtoch k a la ri. Plastik k a rtoch k a la r tizim ida d e b e t
k a r t o c h k a la r fa q a t t o 'l o v v o sita si v a z ifa s in i b a ja ra d i. D e b e t
Do'stlaringiz bilan baham: |