8-§. Cheklar bilan hisob-kitob qilish
Tijorat banki hisob-kitob cheki mijozning unga xizmat ko'rsatuvchi
bankka chek beruvchining hisobvarag'idan chek egasi hisobvarag'iga
mablag'lar m uayyan summasini to'lashni amalga oshirish to'g'risidagi
topshiriqnomasidan iborat. Tijorat bankining hisob-kitob cheki mijozning
xizm at k o 'rsa tu v ch i bankiga ch ek b eru vch in in g sch yotidan chek
ushlovchining schyotiga m a’lum sum m adagi m ablag'larga o'tkazish
bo'yicha bergan topshirig'idir.
Cheklar tijorat banklari buyurtmasiga ko'ra ularning faoliyati uchun
yetarli b o'lga n m iqdorda M arkaziy bankning "Davlat belgisi" DIB
tomonidan tayyorlanadi. Bunda, chekning raqami va seriyasi, bank-
www.ziyouz.com kutubxonasi
emitentning nomi va firma belgisi bosmaxona usulida chop etiladi.
Cheklar tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun jismoniy shaxslar va
yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar o'rtasidagi faqat naqd
pulsiz hisob-kitoblarda qo'llaniladi.
Am aldagi qonunchilik b o'yich a naqd pulsiz hisob-kitoblarning
bunday shakli jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) bilan
yuridik shaxslar o'rtasida tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun faqat o'zaro
munosabatlardagina qo'llanishi mumkin.
Chek berilayotganida bank jismoniy shaxsning arizasiga m uvofiq
balans hisobvarag'i - «Jism oniy shaxslarning talab qilib olinguncha
depozitlari»da chek summasiga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq
ochadi va chekka faqat shu hisobvaraqdan haq to'laydi. Chek jismoniy
shaxsning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'ida mavjud bo'lgan
mablag'lar yoki u tomonidan kiritilgan naqd pullar hisobidan beriladi.
Chek ikki qismdan iborat: chekning o'zi va uning koreshogi (milki).
Koreshokda chekda ko'rsatilgan summani tasdiqlash uchun mo'ljallangan
nazorat raqamlari bo'ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil
belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddati tugashi bilan u bankka
taqdim etilmagan bo'lsa, chek summasi maxsus balans hisobvarag'ida
hisobga olinadi. Chekning amal qilish muddati tugashi bilan uning egasi
bankka murojaat qilsa, bank chek egasining pasporti (yoki uning o'rnini
bosadigan boshqa hujjati) m avjud bo'lgan holda, to'sqinliksiz chekni
qabul qiladi va so'ndiradi.
Chek muddatidan qat’iy nazar, notarial tasdiqlangan tegishli hujjatlar
mavjud bo'lgan holda, merosxo'rlar yoki ishonchli shaxslar tomonidan
taqdim etilishi mumkin. Chek tekshirilgach, bank boshqaruvchisi va
bosh buxgalteri uni so'ndirish uchun ruxsat beradi.
Foydalanilm agan chek taqdim etilgan vaqtda, taqdim etilgan
chekning asl yoki asl emasligi tekshiriladi, chek berilishiga asos bo'lib
xizm at qilgan h ujjat b o 'y ich a chek egasining shaxsi tasdiqlanadi,
foydlanilmagan chek summasi esa chek egasining depozit hisobvarag'iga
o'tkaziladi. Qonunchilik bo'yicha chek yo'qotilgan bo'lsa, bank ushbu
chek bo'yicha mablag'larni hisobdan chiqarish uchun javobgar bo'lmaydi.
Chek beruvchining chekda ko'rsatilgan summani chek saqlovchiga
to'lash haqida bankka hech qanday shart qo'yilm agan topshirig'i m avjud
bo'lgan qimmatli qog'oz chek deyiladi.
Chek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek
berish puli bilan tasarruf etishga haqli bo'lgan mablag'lari saqlanayotgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
bankkina chek bo‘yicha pul to'lovchi qilib ko'rsatilishi mumkin (FKning
807-moddasi).
Hisob-kitob cheklari quyidagi turlarga:
1. Bank tomonidan akseptlangan cheklar;
2. Bank tomonidan akseptlanmagan cheklar;
3. Limitlangan daftarchalar bo'yicha olinadigan cheklar;
4. Limitlanmagan daftarchalar bo'yicha olinadigan cheklarga bo'linadi.
Agar bank chekni akseptlasa, ya’ni pul to'lash majburiyatini olsa,
bunday cheklar akseptlangan cheklar hisoblanadi. Budjet hisobida turgan
tashkilotlar tomonidan olingan tovarlar, ularga qilingan xizmatlar uchun
bir shahar ichida hisob-kitob qilinishda akseptlangan cheklar qo'llaniladi.
Bank tomonidan akseptlanmagan cheklar bilan hisob-kitob qilish,
asosan, xo'jalik tashkilotlari tom onidan olingan mahsulotlar, ularga
qilingan xizmatlar uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
Limitlangan chek daftarchalari xo'jalik tashkilotlari tom onidan
bankdan olinadi. Limit deb mazkur daftarchadan beriladigan chekda
ko'rsatilishi mumkin bo'lgan umumiy summaga aytiladi. Limit summasi
100 so'mdan kam bo'lishi mumkin emas.
Limitlangan chek daftarchalari olingan mahsulot, bajarilgan ishlar
uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
Limitlangan chek daftarchasida chekdan foydalanish shartlari bank
tomonidan ko'rsatiladi.
Limitlanmagan cheklar transport korxonalari va aloqa tashkilotlari
xizmatlaridan foydalanganlik uchun haq to'lashda qo'llaniladi. Chek
daftarchalarining kuchda bo'lish muddati olti oyga belgilanadi. Cheklardan
noto'g'ri foydalanganlik uchun, chek daftari boshqa shaxsga berilganligi
natijasida kelib chiqkan ziyon uchun yoki chek daftarining alohida chekini
yo'qotish yoki o'g'irlanganligi uchun, shuningdek, chekni imzolash uchun
vakil qilingan shaxs tomonidan suiiste’mol qilinishi natijasida kelgan
ziyon uchun chek daftarchasi olgan xo'jalik organi javobgar bo'ladi.
Limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining egasi har
haftada bir marta o'z vakillarining daftarchalardan cheklarning to'g'ri
sarflanayotganligini tekshirib turmog'i lozim. Bu tekshirish haqida berilgan
chekning so'm i k oreshogining orqasiga bosh buxgalter yoki uning
o'rinbosari imzosi bilan belgi qo'yilishi shart.
Hisob cheki chek beruvchining o'z hisob varag'idan chek oluvchining
hisob varag'iga m uayyan summani o'tkazish to'g'risida bank muassasasiga
bergan topshirig'i haqidagi hujjatdir.
Cheklar tijorat banklari tomonidan ushbu banklarda o'z hisob yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi
joriy schyotlarini ochgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Mahsulot oluvchi tashkilot chek olish to'g'risida o'ziga xizm at
ko'rsatuvchi bank bo'limiga ariza beradi. Bank muassasasi bu arizaga
asosan unga chek beradi. Mahsulot oluvchi mahsulot sotuvchidan mahsulot
olib, unga chek beradi. Mahsulot sotuvchi bu chekni o'ziga xizm at
ko'rsatuvchi bank bo'limiga beradi va o'z navbatida bank bo'lim i bu
chekka asosan mahsulot sotuvchining hisob varag' iga mablag'ni yozib
qo'yadi, bu o'tkazilgan mablag' to'g'risida mahsulot oluvchiga xizmat
ko'rsatuvchi bank muassasasiga yuqoridagi mablag'ni sotib oluvchining
schyotidan olish to'g'risida hujjat yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik K odeksining 808-m oddasiga
muvofiq, chekda quyidagilar bo'lishi shart;
1. Hujjatlar matniga kiritilgan “chek” degan nom;
2. Muayyan pul summasini to'lash haqida to'lovchiga topshiriq;
3. To'lovchining nomi va to'lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi
kerakligi;
4. To'lov valutasi;
5. Chek tuzilgan sana va joy;
6. Chekni yozib bergan shaxsning - chek beruvchining imzosi.
7. Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining bo'lmasligi chekni
kuchdan mahrum qiladi.
Tuzilgan joyi ko'rsatilmagan chek chek beruvchi turgan joy d a
imzolangan, deb hisoblanadi. Chekning shakli va uni to'ldirish tartibi
qon u n h ujjatlari bilan belgilanadi. C h ek n in g m aksim al sum m asi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan. minimal summasi
esa tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Chek ikki qism dan iborat, y a ’ni cheknin g o'zi va uning milki
(koreshogi). Milkda chekda ko'rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat
raqamlari ko'rsatiladi. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Chek yozilgandan boshlab 10 kun davom ida bank muassasasiga
ko'rsatilishi lozim. Chek to'liq summaga to'lanishi shart. Chek kartochkasi
chek bergan bank muassasasiga oldin berilgan cheklarning barchasi
foydalanilganda topshiriladi. Bitta chek limiti o'zgarmagan holda korxona
chekka bo'lgan talab haqida ariza bersa, kartochka korxonada qoldirilnshi
mumkin. Bankka topshirilgan chek kartochkasi y o'q qilinadi va bu haqda
mijozning arizasiga belgi qo'yiladi.
Chek oluvchi 10 kun muddat ichida bank muassasasiga chekni taqdim
etib, bu bo'yicha uz schyotiga ko'rsatilgan mablag'ni topshirishni so'raydi.
Agar bu muddat o'tib ketsa, chek hisob-kitob uchun qabul qilinmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |