kartochkalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, to'lov vositasi sifatida
ular qo'llanganda kartochka egasining hisobvarag'i darhol debetlanadi
(ya’ni hisobvraqdagi pul darhol ko'chirib olinadi - “pay n ow ” ). Bunda
darhol to 'lo v am alga oshirilayotgan jo y d a n k a rtoch k a egasining
hisobvrag'iga online sharoitida aloqaga chiqiladi. To'lovni avtorizatsiyalash
jarayoni to'lovchining hisobvarag'idan pulni hisobdan chiqarib, to'lovni
qabul qiluvchiga o'tkazib berish bilan tugallanadi. Shu o'rinda debet
kartochkalarning “ delayed debit cards” turini eslatib o'tish joiz. Ular
qo'llanilganda avtorizatsiya jarayoni darhol amalga oshirilmasa-da, lekin
pulni o'tkazish bo'yicha tegishli tranzaksiya keyingi ish kunida (keyinroq)
amalga oshiriladi. Yana bu turdagi kartochkalarni naqd pul o'rnida
ishlatiluvchi eng oddiy va universal vosita deyish mumkin. K redit
kartochklaridan farqli ravishda debet kartochkalar, agar hisobvraqda
mablag' bo'lmasa, to'lovni amalga oshirish yoki bankomatlardlan naqd
pul olish imkonini bermaydi. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, odatda
ko'pchilik davlatlarning o'z debet kartochkalar tizimi yaratilgan. Shunga
qaramay, hisob-kitoblarning qulayligi nuqtayi nazaridan, bir qator
iqtisodiy rivojlangan davlatlarda xalqaro miqyosda tan olingan debet
kartochkalari ham muomalada yuradi. Dunyoda eng ko'p tarqalgan bu
debet kartochkalari Maestro, Visa Elektron, Cirrus, e c-ca rd s kabi
kartochkalarni misol keltirish mumkin.
3. Cheklar vositasidagi to'lovlarni kafolatlash uchun foydalaniladigan
kartochkalar (Check Guarantee Cards). Bu turdagi kartochkalar mijozning
bank h isobvaraqlari ochilgan bank tom on id a n berilib , ch ek la rn i
qalbakilashtirishni oldini olish maqsadida chiqariladi.
4. Boshqa to'lov kartochkalari tizimi (ya’ni, mono-servis kartochkalar,
multi-servis kartochkalar) Naqd pulsiz to'lovlar tizimida yuqorida ta’riflab
o'tilgan debet va kredit kartochkalari qatoriga bugungi kunda muomalada
bo'lgan “qimmatli kartochkalar” (yoki “ prepared cards” ) ni ham kiritish
mumkin. Bu toifadagi to'lov kartochkalari yana naqd pul surrogatlari
deb ham ataladi, chunki ulardan yuqorida ta’riflab o'tilgan kartochkalar
kabi naqd va naqdsiz pullar o'rnida ham foydalanish mumkin. Mazkur
turdagi kartochkalar bilan to'lovlarni amalga oshirish jarayoni quyidagicha:
“qimmatli kartochkalar” deb atalgan, ya ’ni oldindan pul qo'yilgan ushbu
kartochkalar bilan to'lovlar amalga oshirilganda, har bir to'lov vaqtida
kartochkadagi m a’lumotni saqlash qurilmasi (ya’ni chipdan) sutnmalar
hisobdan chiqarilib boradi. Bu telefon kartochkalaridagi mexanizm bilan
juda o'xshash. K liring talab qilinadigan tizim larda esa m a ’ lum ot
saqlanadigan qurilmadan (ya’ni chipdan) to'lanishi lozim bo'lgan summalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘qib olinadi hamda emitent hamda akseptant o ‘zaro kelishgan tartibda
emitentga tegishli summa undirib olish uchun jo'natiladi. O'z navbatida,
emitentdan tegishli summa undirib olinadi.
Mijozlarning toifalari bo'yicha plastik kartochkalar quyidagilarga
ajratiladi:
O d d iy kartoch kalar - asosan m oddiy m ijozlar doirasi uchun
mo'ljallangan bo'lib, ularga “Classic Visa”, “Eurocard/Mastercard” kabi
kartochkalarni misol qilib keltirish mumkin.
Kumush kartochkalar yoki biznes kartochkalar (Business Card) -
asosan muayyan kompaniyalar tomonidan o'z xodimlari uchun berilgan
kartochkalar bo'lib, kartochka egalariga o'z kompaniyasi mablag'larini
m a’lum darajada ishlatish vakolati beriladi.
Oltin kartochkalarga nisbatan ta’minlangan va boy mijozlar uchun
mo'ljallangan. Ma’lum miqdordagi summa yoki daromadga ega bo'lgan
hamda beliglangan summadagi kafolat badalini kiritgan mijozlar “oltin”
kredit kartochkalar olishlari mumkin. American Express Gold Card, Gold
Mastercard va VISA V IP kartochkalarini ushbu turdagi kartochkalar
safiga qo'shish mumkin.
O'zbekistonda bank tizimida plastik kartochkalar naqd pulsiz to'lov
vositasi sifatida borgan sari m uhim ahamiyat kasb etib borm oqda.
Hukumatimiz tomonidan so'nggi yillarda qabul qilinayotgan qarorlarda
ham plastik kartochkalarni to'lov vositasi sifatida keng joriy qilishga
katta e ’tibor berib kelinmoqda va ushbu qarorlarning amaldagi ijrosini
ta’minlashda respublika bank tizimining hissasi beqiyosdir.
So'nggi yillarda amaliyotga joriy qilinayotgan plastik kartochkalar
asosida hisob-kitob ishlarining amalga oshirilishi sohasida bir qator m e’yoriy
hujjatlar tizimini shakllanttirsh jarayoni jadallashmoqda. Jumladan,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi Farmoni
ushbu tizimni yagona bir harakatlantiruvchi kuchga birlashtirishda katta
ahamiyatga ega bo'ldi.1
Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini
yanada rivojlantirishni rag'batlantirish, ulardan chakana savdoda,
kommunal xizmatlarga va xizmatlaming boshqa turlariga haq to'lashda
foydalanish, shuningdek pul mablag'larining bankdan tashqari aylanishini
qisqartirish maqsadida 2004-yil 24-sentabrda Vazirlar Mahkamasining
Do'stlaringiz bilan baham: