Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  UM RBO D  TA’M IN L A SH   SH A R TI  B IL A N   U Y -JO Y



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

33-bob.  UM RBO D  TA’M IN L A SH   SH A R TI  B IL A N   U Y -JO Y  

(KVARTIRA)NI  BO SH Q A   S H A X S G A   BE R ISH  

SH A R T N O M A SI

1.  U m rbod  ta ’m in la sh   sh a rti  b ila n   u y -jo y   (kvartira)  n i  boshqa 

sh a x sg a   berish  sh artn om a si  tu sh u n ch a si,  ah am iya ti,  h u q u q iy 

b elgilari  va  boshqa  sh a rtn om a la rd an   farqi

Umrbod  ta ’minlash  sharti  bilan  uy-joy  (kvartira)  ni  boshqa  shaxsga 

berish shartnomasi mol-mulkni bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga topshirish 

shartnom alari  turkum iga  kiradi.  Bu  shartnom aning  m ohiyatini  uy-joy 

yoki  kvartira  va  u  bilan  bog'liq  yer  uchastkasini  ikkinchi  bir  shaxsga 

topshirish  tashkil  etadi.  M azkur  shartnom a  milliy  m entalitetim iz  asosida 

q ab u l  qilingan  F u q aro lik  K odeksining  o'ziga  xos  x u s u s iy a tla rid a n  

hisoblanadi.  Buning  asosiy  sababi,  a k sariy at  m am la k a tla r  fuqarolik 

qonunchiligida  bu  shartnom a  ren ta   shartnom asining  bir  tu ri  sifatida 

ko'rsatiladi. (Masalan, FGKning 601-moddasi). Lekin m am lakatim izda ojiz, 

zaif  kishilarga  yordam   berish,  u larg a  g 'a m x o 'rlik   qilish  m aq sad ida 

fu q a ro lik -h u q u q iy   s h a rtn o m a la rn in g   m a z k u r  tu r i   ijtim oiy  n och or 

shaxslarni  qo'llab-quvvatlashning  t a ’sirchan  vositalaridan  biri  bo'lishi 

uchun  alohida  shartnom a  turi  f  'atida  e ’tirof  etildi.

Respublikamizda  bozor  munusabatlariga,  erkinlik  va  demokratiyaga 

a soslang an  b u y u k   k elajak  sa ri  ildam   q a d a m   tash lan m o q d a.  Bozor 

tamoyillarining  jam iyatda  keng  qo'llanilishi  va  ildiz  otishi  odam lardagi 

tadbirkorlik,  tashabbu sk o rlik   intilishlarini  avj  oldirm oqda,  daro m ad  

olishning  a n ’an av iy   u s u lla rid a n   sam arali  fo y d ala n ish ,  n o a n ’a n a v iy  

usullarini  axtarib  topishga  undamoqda.  Ammo,  keksa,  sihat-salomatligi 

yomon  bo'lgan  yoki  boshqa  toifadagi  im koniyatlari  cheklangan  fuqarolar 

tadbirkorlik  maydonida  yetarli  darajada  h ara k a t  qilish  va  shu  yo'l  bilan 

darom ad  topish  imkoniga  h a r  doim  ham   ega  bo'laverm aydi.  Insonning 

eng  asosiy  m a’naviy  qadriyatlaridan  biri  -   ojiz,  zaif  kishilarga  yordam  

berish,  ular  haqida  g'am x o 'rlik  qilish,  q o 'llab -q uv vatlash   hisoblanadi. 

B u  q ad riy at  axloqiy  qoidalarda  ham ,  h uq u q iy   m e ’y orlard a  h a m   o'z 

ifodasini  topgan.  Shu  sababli  bunday  g'am xo'rlik  m as’uliyati  o'zgalarga 

ko'm ak  berishga  layoqatli  h a r  bir  inson  zimmasida  deb  aytish  mumkin. 

K o'p  hollarda  bunday  m as’uliyat  hech  qanday  t a ’masiz,  ezgu  niyatlar 

bilan  am alga  oshiriladi.  A yni  v a q td a   q o n u n lard a   o 'zgalar  qaroviga, 

parvarishiga muhtoj shaxslar bilan shunday parvarishni amalga oshiruvchi

www.ziyouz.com kutubxonasi




shaxslar  m anfaatini  um um lashtirish,  ularning  o‘zaro  m unosabatlarini 

shartnom a  asosida  rasm iylashtirib,  ularning  bir-birlariga  nisbatan  huquq 

va  burchlarini  belgilab  qo'yish  holatlari  ham   nazarda  tutilgan.

D avlat  ijtim oiy  qo'llab-quvvatlash  jam g'arm alari  hisobiga  ushbu 

toifadagi fuqarolarga  pensiyalar,  nafaqalar,  boshqa ijtimoiy ta ’minot berish 

shakllarida  moddiy  m adad  ko'rsatilayotgan  bo‘lsa-da,  bu  yordam lar  o'z 

hajm iga  k o 'ra   h a r   doim   ham   y e ta rli  bo'laverm aydi,  bu  shaxslard a 

qo'shim cha  kun  kechirish  m anbalarini  qidirib  topish  zaruratini  yuzaga 

keltiradi.  K undalik  hayotimizda  keng  tarqala  boshlagan  mulkni  ijaraga 

berish,  o'z  mablag'larini  omonatga  qo'yish  yoki  korxonalarning  qimmatli 

qog'ozlariga  ega  bo'lish  orqali,  ulardan  keladigan  dividend  (foiz  daromad) 

hisobiga  darom ad  topish  kabilar  ana  shunday  hayot  kechirishga  yordam  

beruvchi  m anbalardan  sanaladi.  Lekin  bu  manbani  qo'lga  kiritish  uchun 

shaxs m uayyan h arakat qilishi lozim bo'ladi Garchi bu shartnomalar ijtimoiy 

qo'llab q uw atlash da m uhim  ahamiyat kasb etmasa-da, hech qaysisi umrbod 

ta ’m inlash  sh arti  bilan  uy-joy  (kvartira)ni  boshqa  shaxsga  topshirish 

shartnom asidek  ta ’minotga  m uhtoj  kishining  kundalik  ta ’minoti  uchun 

“qayg'urm aydi”. Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa 

shaxsga  topshirish  shartnomasining  afzallik  jihatlaridan  biri  qariya  yoki 

nogiron  shaxs  am alda  hech  qanday  xarajat  qilmagani  holda  tirikchilik 

o'tkazishning asosiy manbayini qo'lga kiritish munosabatini yuzaga keltiradi.

Bunday shartnom aning intizomiy ahamiyati shundan iboratki, o'zgalar 

qaroviga  m uhto j  kishilar  o'zlariga  z a ru r  yordam   -   ko'm ak  oladilar, 

ikkinchidan,  ularning  mol-mulki  qarovsiz,  xo'jasiz  bo'lib  qolmay,  doimiy 

nazorat  ostiga  o'tadi,  uchinchidan,  ojiz  kishilarni  p arv arish   qiluvchi 

shaxs  kelajakda  bu  xizmatlari  evaziga  m a’lum  mol-mulkka  ega  bo'ladi. 

Binobarin,  b u nd ay   shartnom a  tuzilishi  va  amalga  oshirilishidan  barcha 

shartnom a  ishtirokchilari  ham ,  jam iyat  ham   manfaatdordir.

O'zbekiston  Respublikasi  Uy-joy  kodeksining  22-moddasida  tu ra r 

joylarni  xususiy  m ulk  qilib  olish  asoslari  ko'rsatilgan  bo'lib,  unga  asosan 

u m rbod  t a ’m inlash  sh a rti  bilan  uy-joyni  (kvartirani)  boshqa  shaxsga 

berish ham  turar-joyni xususiy m ulkka aylantirish asosi sifatida ko'rsatilgan.

Umrbod  ta’minlash  sharti  bilan  uy-joy  (uyning  bir qismi)ni,  kvartirani 

boshqa  shaxsga  berish  shartnomasiga  muvofiq,  bir  taraf  (oluvchi)  yoshi 

yoki  sog'lig'i  tufayli  m ehnatga  layoqatsiz  bo'lgan  boshqa  taraf  (boshqa 

shaxsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash 

va zarur yordam  ko'rsatish tarzida) um rbod moddiy ta ’minlash majburiyatini 

oladi,  boshqa  shaxsga  beruvchi  esa  oluvchiga  uy-joy  (uyning  bir  qismi)ni, 

kvartirani  mulk  qilib  berish  majburiyatini  oladi  (FKning  530-moddasi).

www.ziyouz.com kutubxonasi




Umrbod  ta ’minlash  sharti  bilan  uy-joy  (kvartira)  ni  boshqa  shaxsga 

berish  shartnomasi  o‘ziga  turdosh  b o ig an  um rbod  renta  shartnom asidan 

quyidagi  xususiyatlari  bilan  farqlanadi:


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish