7-§. Vasiyatnomani ijro etish
Vasiyat qoldiruvchi o'zining farmoyishi bilan vasiyatnomani ijro
etishni qonun bo'yicha vorisga yoki vasiyat bo'yicha tayinlangan
merosxo'rlardan biriga yoki bir nechtasiga, shuningdek, merosxo'r
1 Узбекистан Републикаси фукаролик кодексининг иккинчи кисмига шархлар.
Тошкент, 1998 й. «Иктисодиёт ва х,укук дунёси» 111 жилд. 238-бет.
hisoblanmaydigan boshqa shaxslarga topshirishi mumkin.
A gar vasiyatnomani ijro etish m erosxo'r bo'lm agan shaxsga
topshirilgan bo'lsa, albatta, bu shaxsning vasiyatnomani ijro etuvchisi
bo'lishga roziligi uning o'z qo'li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida
yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilgan bo'lishi kerak.
Vasiyatnomani ijro etuvchining huquq va majburiyatlari vasiyatnomaning
mazmunida ifoda etilgan bo'lishi kerak. Shuning uchun vasiyatnomani
tasdiqlayotgan notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlash huquqi berilgan
mansabdor shaxs, albatta, vasiyat qoldiruvchining istagini, vasiyatnomani
ijro etuvchilarning huquqlari va ular zimmasiga yuklatiladigan
majburiyatlami aniqlashi kerak.
M eros qold iru vch i tom onidan vasiyatnom ani ijro etuvchi
tayinlanmagan hollarda, merosxo'rlar o'zaro kelishib, vasiyatnoma ijrosini
merosxo'rlardan biriga yoki boshqa shaxsga topshirishlari mumkin. Bunday
kelishuvga erishilmaganda, ulardan birining yoki bir nechtasining talabi
bilan sud tomonidan vasiyatnomani ijro etuvchi tayinlanishi mumkin.
Vasiyatnomada uni ijro etish bo'yicha maxsus topshiriq bo'lmagan
taqdirda, vasiyatnomani ijro etish merosni qabul qilgan vorislar tomonidan
amalga oshiriladi.
Vasiyatnomani ijro etuvchi m erosxo'rlar doirasiga kiradigan
shaxslardan bo'lgan taqdirda, ular tomonidan meros mulkni qabul qilib
olishlari vasiyatnomani ijro etishga bergan roziligi hisoblanadi.
Vasiyatnomani ijro etuvchi sifatida jismoniy shaxslar bilan bir
qatorda, yuridik shaxslar ham tayinlanishi mumkin. Umumfoydali
maqsadni amalga oshirish uchun vasiyat qilingan mablag'ni tasarruf
qilish m a ’ lum bir yuridik shaxs zim m asiga yuklanishi, uning
vasiyatnomani ijro etuvchi qilib tayinlashi mumkin.
Vasiyatnoma qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomani ijro etish
majburiyati yuklatilgan shaxs bu majburiyatni bajarishdan istagan
vaqtda merosxo'rlarni oldindan xabardor qilib, voz kechishga haqli.
Shu bilan birga, vasiyatnomani ijro etuvchi vorislarning arizasiga
binoan sudning hal qiluv qarori bilan ham o'z majburiyatlaridan
ozod qilinishi mumkin.
Vasiyatnomani ijro etuvchini tayinlashdan maqsad merosxo'rlar,
vasiyat majburiyati bo'yicha huquq oluvchilar va boshqa uchinchi
shaxslarning manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, vasiyat qoldiruvchi
o'zining vasiyatnomasidagi farmoyishini aniq amalga oshirilishini
ta’minlashdan iborat.
Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyat qoldiruvchi tomonidan unga
berilgan vakolat doirasida barcha harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Vasiyatnomada uni ijro etuvchilarga vasiyatnomani to‘la ravishda
bajarilishini, shuningdek, uning ma’lum bir qismini bajarish haqida
topshiriq berilishi mumkin. Vasiyat qoldiruvchining vasiyatnomada bergan
farmoyishini o ‘z vaqtida va to‘lig‘icha bajarish vasiyatnomani ijro
etuvchining vazifasi hisoblanadi.
Vasiyatnomani ijro etuvchi o‘z majburiyatlarini merosni qarzlardan
xoli etish, meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan summalarni undirish va
barcha merosxo‘rlarning merosga egalik qilishga kirishishi uchun zarar
bo'lgan maqbul muddat mobaynida amalga oshirishi kerak. Bu muddat
har qanday holda ham meros ochilgan kundan boshlab, bir yildan
oshmasligi kerak.
FKning 1131-moddasiga asosan vasiyatnomani ijro etuvchi:
1. Merosni muhofaza qilishi va uni boshqarishi;
2. Barcha merosxo'rlarni va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq
oluvchilarni meros ochilganligi to'g'risida hamda ular foydasiga vasiyat
majburiyatlari to'g'risida xabardor qilish uchun imkon qadar barcha
chora-tadbirlarni ko'rishi;
3. Meros qoldiruvchiga tegishli summalarni olishi;
4.Meros qoldiruvchining xohish-irodasi va qonunga muvofiq,
merosxo'rlarga ularga tegishli rnol-mulkni berishi;
5. Merosxo'rlar zimmalariga yuklatilgan vasiyat rnajburiyatlari ijro
etilishini ta’minlashi;
\
6. Vasiyat majburiyatlarini bajarish yoxud vasiyatnoma bo'yicha
m erosxo'rlardan vasiyat majburiyatini ijro etishlarini t'alab qilishi
lozim.
Demak, vasiyatnomani ijro etuvchining asosiy vazifasi meros mulkni
jamlash va saqlash choralarini ko'rish, uni qonunda va vasiyatnomada
belgilangan tartibda merosxo'rlar o'rtasida taqsimlash va kreditorlarning
talablarini qabul qilib olish va amalga oshirishdan iboratdir.
Vasiyatnomani ijro etuvchi huquqiy maqomining o'ziga xos tomonlari
bor. Vasiyatnomani ijro etuvchi meros qoldiruvchininig topshirig'iga asosan
merosni qabul qilgan yoki qabul qilishi mumkin bo'lgan merosxo'rlar
nomidan harakat qiladi. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish
hamda vasiyatnomani ijro etish bilan bog'liq sud ishlarida va boshqa
ishlarda o'z nomidan qatnashishga haqli. Shuningdek, bunday ishlarda
ishtirok etish uchun qilinishi mumkin.
Merosxo'rlar vasiyat qoldiruvchining erki-irodasi bilan bog'langan
bo'lib, vasiyatnomani ijro etuvchini uning vakolat.idan mahrum etishga
haqli emaslar, ammo merosxo'rlar vasiyatnomani ijro etuvchidan hisobot
talab qilish huquqiga egadirlar va uning harakatlaridan norozi bo'lgan
taqdirda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Vasiyatnomani ijro etuvchi, o‘z navbatida, merosni boshqarish va
vasiyatnomani ijro etish bilan bog'liq zarur harakatlarni meros mulk
hisobidan undirish huquqiga ega.
Merosxo'rlar doirasiga kirmagan vasiyatnomani ijro etuvchi shaxs
m eros ochilgan joyda hozir bo'lmagan boshqa m erosxo'rlar hozir
bo'lgunigacha meros mulk hisobidan xarajat qilish huquqiga ega emas.
Vasiyatnomani ijro etuvchisi bo'lgan merosxo'r esa, meros mulk hisobidan
boshqa xarajatlarni ham amalga oshirishga haqli.
Vasiyatnomani ijro etish jarayonida vujudga kelgan har qanday
noaniqliklar, undagi iboralarning asl ma’nosini tushunish qiyin bo'lgan
hollarda va uning mazmuni meros qoldiruvchining haqiqiy xohish-
irodasini ifodalashini aniqlash vasiyatnomani talqin qilishni talab qiladi.
Shuning uchun vasiyatnom ani aniq va to 'g 'r i ijro etish uchun
vasiyatnomaga kiritilgan topshiriq va farmoyishlar taxminiy va noaniq
mazmunda bo'lmasligi kerak.
FKning 1129-moddasiga asosan, vasiyatnoma notarius, vasiyatni
ijro etuvchi yoki sud tomonidan talqin qilinadi. Vasiyatnoma talqin
qilinganda undagi so'zlar va iboralarning asl ma’nosi e'tiborga olinadi.
Vasiyatnomadagi biron bir qoidaning asl ma’nosi noaniq bo'lsa, u boshqa
qoidalar va umumiy vasiyatnomaning mazmuni bilan taqqoslash orqali
aniqlanadi.
Vasiyatnomani, avvalo, notarius va vasiyatnomani ijro etuvchi
talqin qiladi. Ularning vasiyatnoma mazmuni bo'yicha chiqargan
xulosalaridan merosxo'rlar norozi bo'lgan taqdirda manfaatdor tomonning
arizasiga binoan vasiyatnomani talqin qilish sud tomonidan amalga
oshiriladi.
V asiyatnom ani talqin qilishdan asosiy m aqsad va siyat
qoldiruvchining haqiqiy erki-irodasining mazmunini to'g'ri tushunilib,
masalani adolatli hal qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |