ishonch hosil qilishi shart, shundan keyingina vasiyatnomani tasdiqlashi
mumkin.
«Notariat to'g'risida» gi qonunning 27-moddasiga asosan mansabdor
shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalardan bitta nusxasi vasiyat
qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi davlat
notarial idorasiga saqlash
uchun yuborilishi shart. Davlat notarial idorasining notariusi saqlash uchun
kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib, uning shakl va tartib jihatidan
qonunga muvofiq tuzilganligini aniqlaydi, nomuvofiqligi aniqlanganda,
bu haqda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani
tasdiqlagan mansabdor
shaxsga xabar qilishi kerak. Amaliyotda bunday vasiyatnomalar vasiyat
qiluvchi tomonidan bevosita vafoti oldidan tuzilgan bo'ladi. Nizo chiqqanda
ularning haqiqiyligi faqat meros ochilgandan keyin sud tomonidan hal
qilinadi.
FKning 1126-moddasi va «Notariat to'g'risida»gi qonunning 26-
moddasi quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga,
tenglashtiriladi:
kasalxonalar, gospitallar, boshqa stasionar davolash muassasalarida
davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar
uylarida yashab turgan
fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash
muassasalarining bosh shifokorlari, ularning davolash ishlari bo'yicha
o'rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlar, shuningdek, gospitallarning
boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining
direktorlari yoki bosh
shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar;
O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i ostida suzib yurgan
kemalarda safarda bo'lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari
tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
q id ir u v ek sp ed itsiy a la ri yoki shunga o 'x sh a sh boshqa
ekspeditsiyalarda bo'lgan fuqarolarning ana shu
ekspeditsiya boshliqlari
tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Harbiy xizmatchilarning, notarius bo'lmagan erlarda joylashgan
harbiy qismlarda esa bu qismlarda ishlayotgan harbiy bo'lmagan
fuqarolar, ularning oila a’zolari va harbiy xizmatchilarning oila
a’zolarining ham harbiy qismlaming komandirlari tomonidan tasdiqlangan
vasiyatnomalari;
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida
yoki qamoqda saqlanayotgan
shaxslaming tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan
vasiyatnomalar;
Notarius bo'lmagan aholi punktlarida yashayotgan fuqarolarning
qonunga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirish huquqi berilgan
mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari.
Vasiyatnomaning ko‘rsatilgan shakllariga doir qoidalarga rioya
qilinganda uning mazmuni haqida anglashilmovchiliklar bo'lmasligiga
va har qanday nizolaming kelib chiqishiga asos qoldirmaydi. Oqibatda
vasiyatnoma talqin qilinganda undagi so'zlar va iboralarning asl ma’nosini
anglash va uni e’tiborga olish imkoniyati tug'iladi.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar
tasdiqlanayotgan, notarial tasdiqlash to'g'risidagi talablardan boshqa FKning
1125-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: