Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 8 -bob. QONUN BO'YICHA VORISLIK



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6 8 -bob. QONUN BO'YICHA VORISLIK
1. Qonun bo'yicha vorislik tushunchasi
Meros qoldiruvchi o'zining xususiy mulkining o'zi vafot etgandan 
keyingi taqdirini o'zi hayotlik vaqtida belgilab qo'yish huquqiga ega. 
Ammo qonun bilan bir qator shartlar belgilanganki, bunga asosan meros 
qoldiruvchi ulami o'zgartirish huquqiga ega emas. Qonunda maxsus belgilab 
qo'yilgan ayrim kategoriya ■merosxo'rlarning merosga bo'lgan huquqlarini 
qonun himoya qiladi. Meros qoldiruvchi bunday merosxo'rlarning qonunda 
belgilangan meros ulushlarini kamaytirishga yoki ularni umuman meros 
olishdan mahrum qilishga haqli emas.
«Meros ochilgan paytda, - deyiladi Oliy sudning 2000- yil 22- 
dekabrda qabul qilingan 33-son Plenum qarorining 3-moddasi, 2-qismida,
- hayot bo'lgan meros qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarida 
bo'lgan shaxslar qonun bo'yicha merosxo'rlar doirasiga kiradi hamda 
qarindoshlik doirasiga qarab fuqarolik kodeksining 1135-1138-moddalari 
talabiga muvofiq vorislikka chaqirilgan».
Qonunn bo'yicha vorislikni amalga oshirish uchun meros qoldiruvchi 
bilan qarindoshlik munosabatida bo'lgan hamda meros qoldiruvchining 
qaramida, uning boqimida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar 
hisoblanadi.
Demak, vafot etgan shaxsga xususiy mulk huquqi asosida tegishli 
bo'lgan mol-mulkka bo'lgan huquq hamda majburiyatlaming qonunda 
belgilab qo'yilgan shaxslarga o'tishi qonun bo'yicha vorislik hisoblanadi1.
FKning 1134-m oddasiga asosan, qonun b o'yich a vorislikda 
farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari bir tarafdan farzandlikka 
oluvchi shaxs va uning qarindoshlari ikkinchi tarafdan, tug'ishgan 
qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olinganlar o'z ota-onalariga, ularning qarindoshlariga 
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini yo'qotadilar, shu bilan birga 
majburiyatlardan ham ozod bo'ladilar.
«Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari, - deyiladi FKning 
1134-moddasining 3-qismida, - farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi, 
bobo-buvalari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etgandan keyin qonun 
bo'yicha meros olmaydilar».
1 Узбекистон фукаролик кодекс ll-кисмга шархлар Т. 1998 й Ш-жилд 265-бет. 
800


Demak, farzandlikka olingan shaxsning ota-ona, bobo-buvasi, aka- 
uka va opa-singillari, farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlariga 
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini 
yo‘qotadilar.
Shuningdek, qayd qilingan nikohdan tug'ilgan va qonunda 
belgilangan tartibda otaligi aniqlangan bolalar, shuning bilan farzandlikka 
olinganlar va qonun bo'yicha vorislik huquqiga ega bo'lgan barcha shaxslar 
vorislikka chaqirilgan bir navbatda va teng hissada meros olish huquqidan 
foydalanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga asosan 
xotin-qizlar va erkaklar meros olishda ham teng huquqdan foydalanadilar.
Qonun bo'yicha merosxo'rlar, FKning 1135-1139-moddasida nazarda 
tutilgan tartibga asosan, besh navbatda vorislikka chaqiriladilar.
Bundan tashqari FK ning 11 40-m oddasiga asosan m eros 
qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari sifatida vorislikka 
chaqirilishlari mumkin.
Qonun bo'yicha merosxo'rlaming har bir navbati awalgi navbatdagi 
merosxo'rlar a) bo'lmagan taqdirda; b) m erosxo'rlam ing hammasi 
merosdan chetlashtirilganda; v) barcha vorislar merosni qabul qilib 
olmaganda; yoki undan voz kechganda vorislik huquqini qo'lga kiritadi.
Bir navbat doirasida qonun bo'yich a vorislikka chaqirilgan 
merosxo'rlar o'rtasida meros mulk teng hissada taqsimlanadi.
Voyaga etmagan bolalar o'zlarining ota-onalari bilan birga yashaganda 
vafot etgan taqdirda ulardan meros qolgan mol-mulk, agar qonunda 
belgilangan tartibda vasiyat qilingan bo'lsa, ota-onalarga o'tadi.
Qonun bo'yicha vorislikka faqat meros qoldiruvchi vafot etgan 
paytda hayot bo'lgan shaxslargina chaqiriladilar.
Qonun bo'yicha merosxo'r meros ochilgandan keyin uni qabul qilib 
olmasdan vafot etgan taqdirda, uning ulushi taqdim qilish huquqi bo'yicha 
uning merosxo'rlariga o'tadi.
Qonun bo'yicha m erosxo'rlar doirasini aniqlash uning meros 
qoldiruvchiga nisbatan qarindoshlik darajasini belgilash O'zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Qonun bo'yicha vorislikning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki
meros qoldiruvchining oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari vorislikning 
chaqirilish nisbatiga bog'liq emas. Oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari 
meros qoldiruvchi bilan uning vafotigacha 3 yil birga yashab kelgan 
qonun bo'yicha vorislarga o'tadi. Oddiy uy jihozlari va ro'zg'or buyumlari 
tarkibiga kundalik uy-ro'zg'or yumushlarini bajarish va oila a’zolarining


maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan ashyolar kiradi.
Fuqaro «В» vafot egangacha o'zining tug'ishgan opasi bilan «V» bilan 
o‘n yil davomida birga yashagan. «В» vafot etishi bilan uning alohida 
yashab turgan o'g'li «L» notariusga murojaat qilib, o'zini birinchi navbatda 
m erosxo'r deb, otasidan qolgan barcha mol-mulkka bo'lgan huquq 
to'g'risida guvohnoma berishni so'ragan. Notarius meros tarkibiga kirgan 
mol-mulkni teng bo'lib, meros mulkning yarmiga - o'z ulushiga merosga 
bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma yozib bergan. Uy jihozlari va ro'zg'or 
buyumlarini hamda tegishli ulushni «Vga berish haqida merosga bo'lgan 
huquq to'g'risida guvohnoma beradi.
«L»ning arizasiga asosan ishni ko'rgan tuman sudi, arizani 
qanoatlantirmay, notariusning qarorini qonuniy deb hal qiluv qarori 
chiqargan.
Tuman sudining hal qiluv qarorida ko'rsatishicha «V» FKning 1141- 
moddasiga asosan qonun bo'yicha merosxo'r bo'lib, meros qoldiruvchining 
boqimida u vafot etgangacha u bilan birgalikda yashaganligi va mehnatga 
qobiliyatsizligi tufayli vorislikka chaqirilgan navbatning merosxo'rlari 
bilan birgalikda meros oladilar, FKning 1153-moddasiga asosan, meros 
ochilguncha meros qoldiruvchi bilan 3 yil davomida birgalikda yashagan 
merosxo'rlar meros taqsimlaganda meros tarkibidan uy-joy, kvartira, 
shuningdek, uy-joy ashyolari va ro'zg'or buyumlarini olishda imtiyozli 
huquqga ega ekanligini asos qilib olgan.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish