va notarial harakatlarini ro'yxatga olish reestriga bu xususda belgi qo'yadi.
Vasiyatnomani bekor qilishni so'rab berilgan arizadagi imzo, albatta,
belgilangan tartib bo'yicha notarial guvohlantirilgan bo'lishi kerak.
Vasiyatnomani o'zgartirish, faqatgina, yangi vasiyatnoma tuzish
yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu vasiyatnomada oldingi vasiyatnomaning
ayrim bandlari bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Bundan
tashqarii, keyingi tuzilgan vasiyatnoma oldingi vasiyatnomani bekor
qilmasdan yoki o'zgartirmasdan, qo'shimcha farmoyishlar bilan to'ldirilishi
ham mumkin. Agarda oldingi vasiyatnomalarda meros qoldiruvchi o'zining
m ol-m ulkidan bir qismini vasiyat qilib qoldirgan bo'lib, keyingi
vasiyatnomada mulkning qolgan qismiga vasiyatnoma tuzgan bo'lsa,
meros ochilganda har ikkala vasiyatnoma ham haqiqiy hisoblanadi. Bunday
hollarda har ikkala vasiyatnoma bo'yicha ham vorislar meros oladilar.
Vasiyatnom ani bekor qilish to'g'risidagi
yozm a farm oyish
vasiyatnomani tasdiqlagan notariusga yoki notarial harakatni amalga
oshirish huquqi berilgan mansabdor shaxsga beriladi.
Yozma farmoyish vasiyat qoldiruvchi tomonidan shaxsan berilishi
shart. Har qanday holatda, ya’ni ariza vasiyat qoldiruvchi tomonidan
berilganda ham, yoki aloqa idoralari orqali berilganda ham, bu farmoyish
vasiyatnomani bekor qilishni so'ragan shaxsning arizadagi imzosi, albatta,
notarial g u voh la n tirlgan b o 'lish i kerak.
N otarial tasdiqlangan
vasiyatnomani bekor qilish haqidagi yozma farmoyish istalgan notarial
idorasiga ham berilishi mumkin. Farmoyishni olgan notarius yoki notarial
harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxs, o'z
navbatida, uni vasiyatnomani tasdiqlagan notariusga yuborishi kerak.
Vasiyatnomani bekor qilish - vasiyat majburiyatining bir ko'rinishi
hisoblanadi. Shuning uchun u vasiyat farmoyishi uchun belgilangan
qoidalar bilan yo'l qo'yilgan hamma shakllarda amalga oshirilishi kerak.
Vasiyatnoma qo'lida bo'lgan shaxs unga o'zgartirishlar yoki
qo'shimchalar kiritib, tuzatishlar qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bunday
hollarda m eros olish masalasi notariat
idorasida saqlanib turgan
vasiyatnomaning birinchi nusxasi asosida amalga oshiriladi.
Notarius tomonidan tasdiqlangan vasiyatnoma, notarial tasdiqlangan
vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar bilan ham bekor bo'lishi
yoki o'zgartirilishi mumkin. Bunday vasiyatnomalarning birinchi nusxalari
«N otariat to'g 'risid a »g i qonunning 27-moddasiga asosan vasiyat
qoldiruvchining doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasiga
saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart.
Yangi vasiyatnom a tuzilgan vaqtda vasiyat qiluvchi oldingi
vasiyatnomadagi ayrim bandlarini o'zgartirishni ko'rsatmasligi ham
790
mumkin. Yangi vasiyatnomada berilgan
farm oyish nafaqat eski
vasiyatnomani to‘ldirish, shuning bilan birga, uning mazmuniga butunlay
yoki qisman zid bo'lishini o‘zi kifoya qiladi.
A yrim hollarda vasiyat qoldiruvchi eski vasiyatnom aga zid
kelmaydigan va uni bekor qilmaydigan, o'zgartirmaydigan farmoyishni
o‘z ichiga olgan vasiyatnoma tuzishi mumkin.
Masalan, fuqaro «М» 1999-yil dekabr oyining 15
kuni Yunusobod
tumanidagi davlat notarial idorasining notariusi tomonidan tasdiqlangan
vasiyatnoma bo‘yicha o'zining uy-joyini kichik o‘g‘li «V» ga rasmiylashtirgan.
«М» 2001-yil avgust oyining 5 kuni esa yangi vasiyatnomani tuzib,
unda o'zining «Neksiya» yengil avtomashinasini nabirasi «Sh» ga berish
to‘g‘risida farmoyish bergan 2003 yilning mart oyi 21 kunida «М» vafot
etishi munosabati bilan «V» va «Sh» notariusga murojaat qilganda, notarius
«M»ga tegishli uy-joyga nisbatan bo'lgan huquq to'g'risida, «Sh»ga esa,
«Neksiya» avtomashinasiga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: