Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 Qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha javobgarlik



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

5. Qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha javobgarlik
Q u rilis h p u d r a ti s h a rtn o m a s i b o 'y ic h a ja v o b g a r lik p u d r a t 
shartnom alaridan kelib chiqadigan umumiy javobgarlik bilan birga maxsus 
javobgarlik holatlari ham Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan. FKning 
668-moddasiga asosan bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi 
javobgar bo'ladi. Chunki pudratchi aynan texnika xavfsizlik qoidalariga 
rioya qilgan holda qurilish-ta’m irlash ishlarini amalga oshirayotgan paytda 
uning atrofini o'rab olishi yoki biror belgi qo'yishi lozim. Aks holda atrof 
m uxitga, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga, m ulklarga jiddiy zarar 
yetkazish ehtimoli m avjud bo'ladi. aynan bu holat FKning 678-moddasida 
nazarda tutilgan. Unga asosan pudratchi qurilish va u bilan bog'liq ishlarni 
amalga oshirayotgan vaqtda atrof-m uhitni muhofaza qilish va qurilish 
ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonun hujjatlarining talablariga rioya 
etishi sh a rt va bunday talab lar buzilganligi uch u n uchinchi shaxslar 
oldida javobgar bo'ladi.
Shartnom ada butun qurilishni yoki uning m uayyan qismini moddiy 
ta ’minlash buyurtm achi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan 
bo'lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, 
shuningdek uskunalar bilan ta ’minlash majburiyati pudratchi zimmasida 
bo'ladi. Qurilishni ta ’m inlash m ajburiyatini zimmasiga olgan taraf o'zi 
to p sh irg a n m a te ria lla r (d e ta lla r, k o n stru k siy a la r)d an , sh u n in g d ek
u sk u nalard an bajarilayotgan ishlar sifatini yom onlashtirm agan holda 
foydalanib bo'lmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib bo'lmaslik 
ikkinchi ta ra f javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini 
isbot qilmasa, javobgar bo'ladi. B uyurtm achi bergan m ateriallar yoki 
u sk u nalard an bajarilayotgan ishlar sifatini yom onlashtirm agan holda


fo y d alan ish m u m k in em asligi a n iq la n g a n va b u y u rtm a c h i u larn i 
a lm a sh tirish d an bosh to rtg an ta q d ird a , p u d ra tc h i q u rilish p u d ra ti 
shartnom asidan voz kechishga va buyurtm achidan ishning bajarilgan 
qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini to'lashni talab qilishga haqli.
Pudratchi qurilish pudrati shartnom asida, texnikaviy loyihada va 
taraflar uchun m ajburiy bo'lgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda 
tutilgan talablardan chekinishga yo'l qo'yilganligi, shuningdek qurilish 
obyektining loyiha-sm eta h u jja tla rid a belgilangan ko'rsatkich larig a, 
jum ladan korxonaning ishlab chiqarish q u w a tig a erishilmaganligi uchun 
buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi. Bino yoki inshoot rekonstruksiya 
qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va 
hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, 
barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yo'qolgani uchun javobgarlik 
pudratchi zimmasiga yuklanadi. P udratch i buyurtm achining roziligisiz 
loyiha h u jja tla rid a n b u y u rtm a c h in in g jid d iy m a n fa a tla rig a t a ’sir 
qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yo'l qo'yganligi uchun, 
basharti bu hoi qurilishning sifatiga ta ’sir etmaganligini isbotlab bera 
olsa, javobgar bo'lmaydi.
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo'lm asa, p u d ra tc h i qurilish o by ek tin in g lo y ih a-sm eta h u jja tla rid a
belgilangan ko'rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat m uddati 
davomida shartnom aga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. 
Agar qonunda yoki shartnom ada boshqacha kafolat m uddati nazarda 
tutilgan bo'lmasa, kafolat m uddati obyekt buyurtm achi tom ondan qabul 
qilingan kundan boshlab o'n yilni tashkil etadi.
A gar pudratchi kafolat m uddati davomida aniqlangan kamchiliklar 
(nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning 
noto'g'ri ishlatilishi yoxud buyurtm achining o'zi yoki u jalb qilgan uchinchi 
s h a x s la r is h la b c h iq q a n q o 'lla n m a n in g n o t o 'g 'r i li g i , o b y e k tn i 
buyurtm achining o'zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada 
ta ’m irlam aganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu 
kamchiliklar uchun javobgar bo'ladi. Kafolat m uddati pudratchi javobgar 
bo'lgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish m um kin bo'lmagan 
butun vaqtga to'xtatib turiladi. Kafolat m uddati davomida kamchiliklar 
aniqlangan taqdirda, buyurtm achi kamchiliklar aniqlangandan keyingi 
oqilona m uddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar bo'lmagan 
kamchiliklarni buyurtm achining talabi bo'yicha va b uyurtm achi hisobidan 
b a rta ra f qilish m ajburiyati nazarda tutilishi m um kin. K am chiliklarni


b artaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita 
bog'liq bo'lm agan yoki bu ishni pudratchi o'ziga aloqasi yo'q sabablarga 
ko'ra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ko'rsatilgan m ajburiyatni 
bajarishdan bosh tortishga haqli.
Qurilish sohasida pudratchi sifatida aksariyat hollarda yuridik shaxslar 
ishtirok etadi. Ularning javobgarlik masalasi maxsus qonun — O'zbekiston 
Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi 
huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslaming javobgarligi to'g'risida”gi 
qonun bilan ham tartibga solinadi.
Q o n u n n in g 2 -m o d d a sid a q u rilis h so h a sid a g i h u q u q b u z a rlik
tushunchasi berilgan bo'lib, unga asosan yuridik shaxslar tomonidan 
aholi p u n k tla rin i, binolar va inshootlarni re ja la sh va q u rish bosh 
re ja la rin in g , lo y ih a la rin in g buzilishi, d a v la t s ta n d a r tla r i, q u rilish
n o rm a la ri va qoidalari, tex n ik sh a rtla rig a , loyihalash va qurilish, 
shuningdek binokorlik m ateriallari ishlab chiqarish sohasidagi boshqa 
norm ativ hujjatlarn in g talablariga binolar, im oratlar, inshootlarning, 
ularning qismlari yoki konstruksiya ayrim elementlarining chidamliligi, 
mustahkamligi, puxtaligi, ishlab chiqarilayotgan binokorlik materiallari, 
konstruksiyalari va buyum larining chidamlilik param etrlari pasayishi 
va yo'qotilishiga sabab bo'lgan tarzda rioya etilmasligi, shuningdek 
obyektlam i qurish va ularni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan 
tartibini buzadigan xatti-h arakat qurilish sohasidagi huquqbuzarlik deb 
e ’tirof etiladi.
O 'zbekiston R espublikasi h u d u d id a loyihalash, qurilish-m ontaj 
ishlarini am alga oshiruvchi, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va 
buyum larini ishlab chiqaruvchi, qurilishda buyurtm achi hisoblanuvchi 
yoki bir yo'la buyurtm achi va pudratchi vazifalarini bajaruvchi yuridik 
shaxslarga qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan tartibda 
jarim a solinadi. Yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uni o'zi yo'l 
qo'ygan qoidabuzarliklarni b a rta ra f etish va zararning o'rnini qoplash 
m ajburiy atid an, shuningdek aybdor m ansabdor shaxslarni intizomiy, 
m a’m uriy, fuqaroviy-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod 
etm aydi.
Aholi punktlarini rejalash va qurishning bosh rejalarini, loyihalarini, 
tarixiy im oratlar joylashgan dahalarni qayta qurish rejalarini, tu ra r joy 
dahalari, kichik dahalar va shaharlam ing sanoat zonalari, qishloq aholi 
punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va 
inshootlarning m e’morchilik yechimlarini buzish, loyihalash, qurilish- 
montaj ishlarini bajarish chog'ida qurilish sohasidagi normativ hujjatlarning


talablarini buzish qonun asosida jarim aga tortilishiga sabab bo‘ladi. Chunki 
qurilish normativlarini buzish imoratlar, inshootlarning, ularning qismlari 
yoki konstruksiya ayrim elem entlarining chidam lilik, pu x talik yoki 
m ustahkam lik p aram etrlari yo'qotilishiga, pasayishiga sabab bo'lishi 
mumkin.
Qonunga asosan obyektlarni davlat ekspertizasi tomonidan loyiha- 
sm eta hujjatlari, jumladan, ish hujjatlari xususida berilgan ijobiy xulosasiz, 
shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari ro'yxatidan 
o'tkazm asdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish, qurilishda m ajburiy 
sertifikatlashtirilishi lozim bo'lgan, lekin sertifikatlanm agan materiallar, 
buyum lar va konstruksiyalarni qo'llash, obyektni foydalanishga qabul 
qilib olish qoidalarini buzish, D av lat a rx ite k tu ra -q u rilis h nazorati 
organlarining ko'rsatmalarini bajarishdan bo'yin tovlash yoki o'z vaqtida 
bajarmaslik ham huquqbuzarlik sifatida baholanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish