Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  "Узбекистон Республикаси конунлар туплами", 2002 й. 2-сон



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)


"Узбекистон Республикаси конунлар туплами", 2002 й. 2-сон 
278


- m uhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizim larini, 
shuningdek m azkur tazimlarni aholi punktlarining yer uchastkalari, 
m avzelari, dahalari va rejalashtirilgan tuzilm asining boshqa qism lari 
doirasidan tashqarida bo'lgan m uhandislik uskunalari, aloqa h am d a 
obodonlashtirish tizimlari inshootlari va kom m unikatsiyalariga ulash 
shartlarini;
- transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini;
- um um foydalanishdagi hududlarni belgilaydi.
Tum anlarning, shaharlarning davlat hokim iyati organlari qurish
loyihalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari 
va qoidalariga zid bo'lmagan qo'shimcha talablar, shu jum ladan m adaniy 
m eros obyektlarining muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish 
ish larin i olib borishga, h u d u d la rn i ko 'k alam zo rlash tirish g a, kichik 
shakldagi a rx itek tu ra obyektlarini, reklam a, peshlavhalar va boshqa 
axborotni joylashtarishga doir talablar kiritishga haqli (Shaharsozlik 
kodeksining 38-moddasi).
L o y ih a -sm eta h u jja tla ri h a jm iy -re ja li, a m a liy va te x n ik a v iy
yechim larn i, binolar, inshootlar va boshqa o b y ek tlarn in g qurilishi, 
rekonstruksiyasi ham da kapital ta ’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish 
ishlari qiymatini belgilaydi.
Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari 
va qoidalariga m uvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga m uvofiq 
O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitek tu ra va qurilish qo'm itasining 
tegishli tark ib iy bo'linm alari, sanitariya-epidem iologiya xizm atlari, 
yong'inga qarshi nazorat xnzmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari 
va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash 
va u la rd a n foydalanish ta rtib in i belgilash, u larg a o 'z g a rtish lar va 
q o 'sh im ch alar kiritish b u y u rtm a ch in in g tash a b b u si bilan va uning 
hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar 
qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos bo'ladi.
Pudratchi o'z faoliyatining yakuni sifatida buyurtm achiga tegishli 
tex n ik h u jjatlarn i yoki hisobotlarni b u y u tm ach ig a topshirish shart. 
Shartnom a har bir holatda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lganligi uchun 
uning predm eti ham unga m utanosib ravishda o'zgarib turadi.
Loyiha h u jjatlari tegishli obyektni texnik jih a tid a n asoslangan 
chizmalar, sxemalar, rangli tasvirlar, ularga berilgan tushuntirishlardan 
iborat, y a’ni loyiha hujjatlari qurilish hajmini, uning mazmuni va olib


boriladigan ish 'a r m ohiyatini aniqlovchi h u jja t bo'lib xizm at qiladi. 
Loyihalash bir tomonidan ijodiy ish bo'lsa ham uni amalga oshiruvchidan, 
asosan, tajriba, m ahorat va maxsus malaka talab qiladi.
Sm eta h u jjatlari tegishli obyekt loyihasi asosida tuziladi. Sm eta 
hujjatlarini tuzishda ham m alakaga ega bo'lgan m utaxassislar fan va 
amaliyotga m a’lum bo'lgan usullar asosida tegishli loyihadagi qurilish 
uchun qanday m ateriallar ishlatilishi lozimligini va u qanday sum m aga 
bitkazilishini hisoblab boradilar. B uyurtm achi qurilish loyihasini qabul 
q ilishd a sm e ta q iy m a tig a a lb a tta e ’tib o r beradi. S h u n in g u c h u n
b u y u rtm a c h i sm e ta qiym atin i a rz o n lash tirish g a yoki iloji boricha 
kam aytirishga h arakat qiladi.
Qidiruv ishlari loyiha sm eta hujjatlaridan oldin ham yoki undan 
keyin ham am alga oshirilishi mumkin. Qidiruv ishlari tegishli obyekt 
uchun ajratilgan yerni to'liq o'rganish yoki bu obyekt uchun eng qulay 
bo'lgan joyni iqtisodiy asoslab berish, belgilangan h u d u d n in g tabiy 
sharo iti, rely efi, q u rilish m a te ria lla rid a n foydalanish im koni, suv 
m anbalari, tra n sp o rt kom m unikakasiyasi, elek tr energiyasi t a ’minoti 
haqida ilmiy amaliy asoslangan m a’lumotlarni jamlash va xulosalar tuzilib, 
buyurtm achiga topshirish bilan yakunlanadi. Loyiha-smeta hujjatlaridan 
oldin o'tkazilgan qidiruv ishlari pudrati tegishli obyektni qurishga asos 
soladi. Dastlabki m a’lumot bo'lgan qidiruv ishlari yakuni asosida loyiha 
va smeta tuziladi. Tayyor loyihalami qurish uchun joy tanlashga zaruriyat 
tug'ilganida qidiruv ishlari amalga oshirilishi mumkin. B unda smeta 
qiymati um um iy asosda qayta ko'rib chiqilishi lozim. Masalan: kopleks 
tadbirkorlik litsenziyasi bo'yicha lisenziatga berilgan litsenziya asosida 
m avjud bo'lgan ishlab chiqarish kopleksini boshqa joyda, boshqa hududda 
bo'lgan ham qurilgan hollarda bunga zarurat vujudga kelishi mumkin.
Loyiha va qidiruv ishlari p u d rati shartnom asida subyektlar sifatida 
buyurtm achi va pudratchilar ishtirok etadilar. B uyurtm achilar sifatida 
h a r qanday jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari m umkin. Eng 
muhimi, ularning loyiha va qidiruv ishlariga bo'lgan ehtiyoji va xohish- 
irodasidir, lek in fu q a ro la r ham , y u rid ik sh axslar h am q o n u n yo'l 
qo'ygan asoslardagi sohalar, obyektlar bo'yicha buyurtm achi bo'lishlari 
mumkin. U lar fuqarolik m uomalasida bo'lgan obyektlarga belgilangan 
tartibd a buyurtm achi bo'lishga haqlidirlar. Atom energetikasi obyektlari, 
m agistral truboprovodlar, k o 'p rik larn i loyihalash ishlarini b u y u rtm a
qilishga shunday faoliyatlarni am alga oshirish to'g'risidagi vakolatlari 
u la r n in g n iz o m la r id a k o 'r s a t i l g a n v a te g is h li ta r z d a m a x s u s
ruxsatnom alar olgan bo'lishlari lozim. Ko'p hollarda qurilish pudratchilari


buyurtm achilar bo'lib ishtirok etadilar.
Pudratchilar sifatida qonun hujjatlari asosida maxsus ruxsatnom a 
(litsenziya) olgan va tadbirkorlik subyekti sifatida ro'yxatd an o'tgan 
tashkilotlar ishtirok etadilar. P u d rat shartnomasining um umiy qoidalariga 
muvofiq, loyiha va qidiruv pudrati shartnomasining maxsus qoidalarga 
zid bo'lm aganligi uch u n buyurtm ach in in g topshiriqlarini b ajarishd a 
subpudratchilar ham jalb qilinishi mumkin. Bunda buyurtm achi, bosh 
p udratchi va subpudratchi o'rtasida m unosabatlar p udrat va qurilish 
p udrati to'g'risidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Shartnoma bo'yicha bajarilgan ishlarga haq miqdorini belgilash ikki 
xil usulda amalga oshirilishi mumkin: pudratchi belgilangan tariflar asosida 
o'zi am alga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha sm eta tuzadi va 
buyurtm achiga taqdim etadi; buyurtm achi yakuniy xulosa va texnik 
hujjatlarni tayyorlashga (ularning ijobiy va salbiy bo'lishidan q at’iy nazar) 
pudratchi bilan kelishilgan haqni to'laydi.
Shartnomani tuzishda unga ko'rsatilgan ishlarni bajarish va buyurtmachiga 
topshirish muddatlari ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Buyurtmachi ishning tez 
bajarilishi uchun oqilona m uddatni qisqartirish maqsadida pudratchiga 
tarifda belgilangan summ aga nisbatan ko'proq haq to'lashni yoki mukofot 
v a ’da qilishi m um kin. A gar sh a rtn o m a d a uni b a ja rish m u d d a tla ri 
ko'rsatilm agan bo'lsa, pudratchi tegishli ishlarni oqilona bajarishi lozim.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnom asi yozma shaklda tuziladi. 
Uning tuzilishiga buyurtm achi tom ondan tegishli obyektni loyihalash 
yoki qidiruv ishlarini olib borish haqidagi pudratchiga qilgan taklif asos 
bo'ladi. Pudratchi bunday taklifni qabul qilsa, shartnom a matnini tuzishga, 
uning shartlarini buyurtm achi bilan kelishishga kirishadi.
B uyurtm achining dastlabki m ajb u riy ati p u d ratc h ig a loyihalash 
haqida topshiriq, shuningdek, loyiha-sm eta hujjatlarini tuzish uch un
zarur bo'lgan boshlang'ich m a’lum otlam i berishdan iborat. Loyihalash 
h a q id a g i vazifani b u y u rtm a c h in in g to p sh irig 'i b o 'y ich a p u d ra tc h i 
tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtm achi tomonidan tasdiqlangan 
paytdan boshlab, taraflar uchun m ajburiy bo'lib qoladi. Buyurtm achi 
loyiha va qidiruv ishlari bo'yicha topshiriqni tayyorlashni uchinchi 
shaxslarga ham shartnom a asosida berish mumkin.
Buyurtm achi pudratchi barcha ishlarni bajarib bo'lganidan keyin 
belgilangan narx yoki kelishilgan summ aning hammasini to'lashi lozim. 
B uyu rtm ach i o'z vaqtida p u d ratch in ing haqini to'lam asa, FK 327- 
m oddasi asosida javobgar bo'ladi. T araflarning kelishuviga muvofiq, 
ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini


to'lash haqidagi sh art ham kiritilishi mumkin.
P u d ra t shartnom asining boshqa tu rla rid an farq qilib, loyiha va 
qidiruv ishlari p u d rati shartnom asida, agar qonun yoki shartnom ada 
boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, loyiha va qidiruv ishlari 
s h a r tn o m a s in i t a s o d if a n b a ja r is h m u m k in b o 'lm a s lig i x a v fi 
b u y u rtm a c h in in g zim m asiga tu sh ad i. T aso d ifan b a ja rish m u m k in
bo'lmagan xavf sifatida buyurtm achi va pudratchiga bog'liq bo'lmagan 
holatlar tushuniladi. Bunday hollarda buyurtm achi pudratchi tomonidan 
bajarilgan ishlar uchun tegishli haqni to'laydi. Shartnom ada boshqacha 
holat k o 'rsatilgan bo'lm asa, qo'shim cha m ukofot to 'g'risidagi sh a rt 
kiritilgan bo'lsa, pudradchi uni olish huquqidan m ahrum bo'ladi. Agar 
shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, buyurtm achi 
pudratchiga bog'liq bo'lm agan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini 
bajarish uchun boshlang'ich m a’lumotlar o'zgarishi bilan bog'liq qo'shimcha 
pudratchiga xarajatlarni to'lashi shart.
A gar sh artn o m ad a boshqacha ta rtib nazarda tutilgan bo'lm asa, 
buyurtm achi p u d ratch id an olingan loyiha-sm eta h arajalarid an faq at 
shartnom ada nazarda tutilgan m aqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta 
hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va 
undagi m a’lumotlarni oshkor qilmasligi shart. Shartnom ada ko'zda tutilgan 
hollarda loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnom asi natijalaridan 
buyurtm achi ixtiyoriy tarzda 
foydalanishi, uni uchinchi shaxslarga 
sotish va foydalanishga berishi m um kin bo'ladi.
B uyurtm achi loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnom ada 
ko'zda tutilgan hajm da va shartlarda pudratchiga xizmat ko'rsatishi shart. 
Buyurtm achi o'zidagi alohida m a’lumotlari, malakali mutaxassislari yoki 
tegishli texnikasi bilan pudratchiga xizmat ko'rsatishi mumkin.
Agar sharnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 
buyurtm achi tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat 
organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan kelishib 
olishda pudratchi bilan qatnashishi shart.
A g ar sh a rtn o m a d a b o sh q ach a ta rtib n azarda tu tilg a n
bo'lsa, 
buyurtm achi tayyorlangan loyiha-sm eta hujjatlarining yoki bajarilgan 
qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxslar 
tomonidan buyurtm achiga nisbatan qo'zg'atilgan d a’vo yuzasidan ishda 
qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart. Pudratchini bunday ishlarda 
jalb qilishdan asosiy m aqsad unga o'zi tayyorlagan loyiha-smeta hujjatlari 
va qidiruv natijalarini himoya qilishga imkon yaratishdan iborat, chunki 
buyurtm achiga qo'yilgan d a ’voga loyiha-sm eta hujjatlari yoki qidiruv


ishlari natijalari asos bo'lishi mumkin. Pudratchini bunday ishlarga jalb 
qilm aslik buyurtm achin ing unga n isb atan reg ress d a ’vo qo‘zg‘atish
huquqidan m ahrum qilishi mumkin.
Fuqarolik Kodeksining 689-moddasida pudratchining m ajburiyatlari 
ko‘rsatib o'tilgan. Unga muvofiq, pudratchining dastlabki m ajburiyati 
unga topshirilgan ishlarni loyihalash haq id ag i topshiriq va boshqa 
boshlang'ich m a’lumotlarga muvofiq bajarishi hisoblanadi. Pudratchi o'ziga 
berilgan topshiriqdan chetga chiqishga haqli emas. Qurilish p u d ra ti 
qoidalari va qonunga muvofiq, pudratchi o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar 
tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang'ich m a’lum otlar 
o 'zgargan hollarda b u y urm ach ig a tezlik bilan x a b a r berishi lozim. 
Shartnom a shartlariga kiritilgan har qanday o'zgarishlar buyurtm achining 
roziligi bilan amalga oshiriladi. Buyurtm achi pudratchining ichki xo'jalik 
faoliyatiga aralashmangan holda o'z topshirig'ining qanday bajarilayotganligi 
to'g'risida nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Pudratchi tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtm achi bilan 
kelishib olishi, shuningdek, buyurtm achi bilan tegishli davlat organlari 
va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi shart. 
Masalan, shaharsozlik kodeksining 16-moddasiga muvofiq, p u d ratch i 
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi 
m axsus vakolatli d av lat organining tegishli ta rk ib iy bo'linm asi va 
buyurtm achi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar, 
inshootlar va boshqa obyektlaming arxitektura-badiiy ko'rinishi ham da 
amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlami 
yaxshilaydigan o'zgartishlar kiritishi lozim
P u d ra tc h i lo y ih a-sm eta h u jja tla ri ta y y o r bo'lgach, u la r bilan 
buyurtm achini tanishtirishi, tayyorlangan loyiha-sm eta hujjatlarining 
m aqsadga muvofiqligini isbotlab berishi, tegishli hududda qurilishi ishlari 
olib borishning xavflilik darajasini va qanday qurilish m ateriallaridan 
foydalanish lozimligi to 'g 'risid a m a ’lum olarni taq d im qilishi lozim. 
Buyurtm achi shartnom ada belgilangan m uddatda pudratchi bergan 
loyiha-smeta va qidiruv ishlariga tegishli hujjatlarni ko'rib chiqishi lozim 
bo'ladi. Pudratchi bergan xulosalarni e ’tiborga olishga m ajbur. Barcha 
texnik hujjatlar taraflarning kelishuvidan so'ng pudratchi tom onidan 
tasdiqlanadi.
Z arur bo'lgan hollarda pudratchi buyurtm achi bilan birgalikda o'zi 
ishlab chiqqan loyiha-sm eta hujjatlari va qidiruv ishlari yakunlarini 
davlatning vakolatning organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish 
organlari bilan kelishib olishda ishtirok etadi. B unda p u d ra tc h i o'z


faoliyatining y a k u n la ri ilm iy-am aliy asoslanganligi, a tro f-m u h itg a
zararsizligini isbotlab berishi lozim. Tegishli organlar tomonidan aniqlangan 
kamchiliklar shartnom a shartlariga muvofiq pudratchining o'z hisobidan 
yoki buyurtm achi hisobidan amalga oshiriladi. Pudratchi o'ziga berilgan 
topshiriqlarni begilangan m uddatga, kelishilgan nusxada topshirishga 
majbur.
P u d ratch i b u y u rtm ach in in g roziligisiz loyiha-sm eta h u jja tla rin i 
uchinchi shaxslarga bermasligi va ulami sir saqlashi shart. Lekin pudratchi 
o'zining keyingi faoliyatida boshqa buyurtm ani bajarishda o'zidagi m avjud 
m a’lum otlardan foydalanishi mumkin. Keyingi bajarilgan b uyurtm alar 
b irin c h is id a n fa rq q ilm ay q olgan (ch u n o n ch i: p u d ra tc h i b o sh q a
buyurtmachilarga ham ilgaridan tayyor loyihaning aynan o'zini topshirgan) 
hollarda, p u d ra tc h i birinchi b u y u rtm a ch i oldidan m a jb u riy a tla rin i 
bajarilmaganligi uchun sud tartibida javobgarlikka tortilishi mumkin.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnom asi bo'yicha pudratchi 
uchinchi shaxslarda p udratch i tomonidan tayyorlangan loyiha-sm eta 
hujjatlari asosida ishlarni bajarishga qarshilik qilish yoki bajarishni cheklash 
huquqi yo'qligini kafolatlashi lozim.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasida pudratchi bunday 
kafolat berishining m ajbu riy aham iyatga egaligi ular tom onidan o'z 
vako latlari doirasida va tegishli d av lat sta n d a rtla rig a mos bo'lgan 
loyihalami yaratishda rol o'ynaydi.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi loyiha- 
smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan, 
keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek, tayyorlangan loyiha-smeta 
hujjatlari va bajarilgan qidiruv ishlari m a’lumotlari asosida barpo etilgan 
obyektni ishlatish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar bo'ladi
L o y ih a-sm eta h u jja tla rid a yoki q id iru v ishlarida k am chilik lar 
aniqlangan taqdirda pudratchi buyurtm achining talabi bilan loyiha-smeta 
hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qushimcha 
qidiruv ishlarini bajarishi, shuningdek, agar Qonun yoki sharnom ada 
b o s h q a c h a t a r t i b d a b e lg ila n g a n b o 'lm a s a , k e ltir ilg a n z a r a r n i
buyurtm achiga to'lashi shart. Pudratchi o'zining aybi bilan yetkazilgan 
zarar uchun uchinchi shaxslar oldida ham javobgar bo'lishi mumkin. 
Keltirilgan zarar pudratchi bergan hujjatlarga asosan noto'g'ri qurish, 
qurilish m ateriallaridan noto'g'ri foydalanish, qurilishni qayta qurish, 
jihozlash uchun qilingan xarajatlar yig'indisidan iborat. Obyekt tadbirkor 
faoliyatida ishlatilishi lozim bo'lgan hollarda olinmay qolgan foyda, 
boshqa holatlarda jarim a ko'zda tutilishi mumkin.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish