Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 Узбекистан Республикасининг Фукаролик хукуки (Н-к;исм) (мазкур боб муаллифи



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Узбекистан Республикасининг Фукаролик хукуки (Н-к;исм) (мазкур боб муаллифи
- Б.Ибратов). -Т.:Адолат 1999.-335 б.
2 Окю лов О. Интеллектуал мулк хукукий макомининг назарий ва ам алий 
муаммолари.- Т.:ТДЮИ.2004.-277 б.


Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, nam unalar 
ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim
bosqichlarini (elementlarini) ham qam rab olishi mumkin.
Mazkur shartnom ada bir vaqtning o'zida bir-biridan farq qiluvchi, 
lekin m uayyan um um iylikka ega bo'lgan bir necha faoliyat turi va u
asosida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ko'rsatib o'tilgan. Y a’ni:
- ilmiy-tekshirish ishlari;
- tajriba-konstrutorlik ishlari;
- texnologiya ishlari.
Fuqarolik qonunchiligida faoliyat m azkur turlarining tushunchasi 
berilmagan. Biroq, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, texnologiya, 
ilmiy-tadiqoqot faoliyatiga quyidagicha ta ’rif berish mumkin:
ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat - yangi bilimlar yaratishga va ularni 
tatbiq etishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, ular jumlasiga:
- fundam ental ilmiy tadqiqotlar - inson, jam iyat va atrof tabiiy 
m uhitning tuzilishi, am al qilish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari 
to'g'risidagi yangi bilim larni yaratishga qaratilgan eksperim ental va 
nazariy faoliyat;
- amaliy ilmiy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq 
amaliy vazifalar yechimini topish bo'yicha eng maqbul, yangi bilimlarni 
qo'llashga qaratilgan faoliyat.
Ilmiy-texnikaviy faoliyat - texnologik, injenerlik, iqtisodiy, ijtimoiy, 
insonparvarlik va boshqa muammolarning yechimini topish, fan, texnika 
va ishlab chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta ’minlash bo'yicha 
yangi bilimlarni yaratish va qo'llashga qaratilgan faoliyat.
ITTKTP shartnomasi o'zning huquqiy tabiatiga ko'ra, ikki tomonlama, 
konsensual va haq baravariga tuziladigan shartnom a hisoblanadi.
ITTKTP shartnomasini tartibga solishda intellektual mulk huquqi 
qoidalari qo'llaniladi. Zero, m azkur shartnom a asosida pudratchi amalga 
oshirayotgan ishlar ilmiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi, yaratilgan natijalar 
esa aksiriyat hollarda intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. FKning 
702 -m o d d asig a m u v o fiq , ilm iy -te k s h iris h ish la ri yoxud t a jr ib a -
konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi m unosabatlar 
FK bilan b ir q a to rd a , ilm iy -te k sh irish , ta jrib a -k o n s tru k to rlik va 
texnologiya ishlari shartnom alari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan ham
tartibga solinadi.
U shbu sh a rtn o m a d a p u d ratc h i sifatida odatda ilm iy-tekshirish 
institutlari, universitet va institutlar, tajriba-konstruktorlik, ixtirochilik 
byurolari, ilmiy xodim lar, m u ayy an bilim va m alakaga ega bo'lgan


fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilmiy- 
tadqiqot ishlari asosan O'zbekiston Respublikasi Fanlar A kadem iyasi 
qoshidagi ilm iy-tekshirish institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va 
m uassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jam iyatlari va 
boshqa xo'jalik jam iyatlari va shirkatlam ing muassislari bo'lish huquqiga 
egadirlar (O'zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Ustavining 66- 
bandi).
Qonun hujjatlarida mazkur shartnom a subyektlari doirasi bevosita 
cheklanmagan. Biroq, m uayyan turd ag i ilm iy-tekshirish ishlarini olib 
borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lish talab etiladi. Masalan, «Amalga 
oshirilishi uch u n litsenziyalar ta la b qilinadigan faoliyat tu rla rin in g
ro'yxati»ga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada 
bo'linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, 
ionlashtiruvchi nurlanish m anbalarini loyihalashtirish, barpo etish va 
u larga xizm at k o 'rsa tish , u lar u c h u n texnologik asb o b -u sk u n a la r
radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash uchun tegishli 
litsenziyaga ega bo'lish talab etiladi.
Shu bilan birga b a ’zi holatlarda amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan 
ilmiy-tekshirish ishlari uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lishi yoki vakolatli 
davlat organlarining topshirig'i asosida am alga oshirilishi ko'zda tutiladi. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasining 1996-yil 5-iyuldagi «Gen injeneriyasi 
sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartib ga solinishi to'g'risida» gi 
qonuniga muvofiq, gen injeneriyasi sohasida ilmiy-tekshirish va ilmiy- 
tadqiqot ishlari olbi borish uchun litsenziya olish talab qilinadi.
ITTKTP shartnomasining predm etini ilmiy tekshirishlarni amalga 
o shirish, y an g i b u y u m n a m u n a sin i, u n g a teg ish li k o n s tru k to rlik
hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki nam una nusxasini 
tayyorlash ishlari tashkil etadi.
Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o'zi olib borishi shart. Agar 
ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnom asida boshqacha tartib nazarda 
tutilmagan bo'lsa, u buyurtm achining roziligi bilan shartnom ani bajarishga 
uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan 
vaqtida, agar shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, 
uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga 
haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
A g ar ilm iy -tek sh irish ish lari y o x u d ta jrib a -k o n s tru k to rlik va 
texnologiya ishlari p u d ra t shartnom asida boshqacha ta rtib n azarda


tutilm agan bo'lsa, taraflar shartnom a narsasiga, uni bajarish jarayoni va 
olingan natijalarga doir m a’lumotlarning maxfiyligini ta ’minlashlari shart. 
M axfiy deb hisoblanadigan m a’lumotlar hajm i shartnom ada belgilab 
qo'yiladi. P u d ra tc h i b u y u rtm a ch in in g yozma roziligi bilan m azku r 
shartnom alar bo'yicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat 
shartnom alaridagi ta ra fla r ish natijalaridan, shu jum ladan huquqiy 
muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va 
shartlarda foydalanish huquqiga ega.
Agar shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, 
buyurtm achi o'ziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu 
jum ladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga 
ega, p u d ra tc h i esa o'zi olg an n a tija la rd a n o'z e h tiy o jla ri u c h u n
foydalanishga haqli.
Pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib 
olish va uning haqini to'lash bilan birga, ITTKTP shartnomasiga muvofiq 
buyurtm achining m ajburiyatlari yana quyidagilardan iborat bo'ladi:
- pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini 
(texnika-iqtisodiy param etrlam i) yoki mavzusini kelishib olishi;
- pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi;
- bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini to'lashi 
shart.
M azk u r s h a rtn o m a d a p u d ra tc h in in g m a jb u r iy a tla ri s ifa tid a
quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
- b u y u r tm a c h i b ila n k e lis h ilg a n d a s tu r ( te x n ik a - iq tis o d iy
param etrlar)ga yoki m avzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini 
shartnom ada nazarda tutilgan m uddatda buyurtm achiga topshirishi;
- intellektual m ulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog'liq talablarga 
rioya etishi;
- b a ja r ilg a n i s h l a r d a o 'z in in g a y b i b ila n y o 'l q o 'y ilg a n , 
b uyurtm achining texnikaviy topshirig'ida. yoki shartnom ada nazarda 
tutilgan texnika-iqtisodiy param etrlardan chekinishga olib kelishi mumkin 
bo'lgan kamchiliklarni o'z kuchi bilan va o'z hisobidan bartaraf etishi;
- kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom 
ettirish m aqsadga m uvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda 
buyurtm achini darhol xabardor qilishi;
- bunday sh artn o m alar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi 
shaxslarda alohida huquqlar yo'qligi haqida buyurtm achiga kafolat berishi 
shart.


Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya 
ishlari shartnom alarida boshqacha ta rtib nazarda tu tilg a n bo'lm asa, 
pudratchi:
- ishlarni b ajarish jarayonida qo'lga kiritilgan ilm iy-texnikaviy 
natijalarni buyurtm achining roziligisiz e ’lon qilmasligi;
- ishlarni bajarish jarayonida qo'lga kiritilgan huquqiy muhofazaga 
loyiq n a tija la rn i him oya qilish c h o ra la rin i k o 'ris h i v a b u h a q d a
buyurtm achini xabardor qilishi;
- buyurtm achiga bajarilgan ishlarda qo'llanilgan huquqiy muhofazaga 
loyiq ilm iy -te x n ik a v iy n a tija la rd a n fo y d ala n ish h a q id a g i m ax su s 
litsenziyani berishi shart.
Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog'liq bo'lmagan 
holatlar oqibatida natijaga en sh ish m um kin emasligi m a ’lum bo'lsa, 
buyurtm achi shartnom ada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo'lmasligi 
aniqlaguncha amalga oshirilgan ishlar qiymatini to'lashi shart, am m o bu 
qiymat shartnom ada ko'rsatilgan ishlar bahosining tegishli qism idan ortiq 
bo'lmasligi lozim.
A gar tajrib a-k o n stru k to rlik va texnologiya ishlarini bajarish 
jarayonida p u d ratc h i aybdor bo'lm agani holda ishni davom e ttirish
m um kin em asligi yoki m aqsadga m uvofiq em asligi m a ’lum bo'lsa, 
buyurtm achi pudratchining xarajatlarini to'lashi shart.
Pudratchi ilm iy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va 
tex n o lo g iy a ish la ri s h a rtn o m a s in i u m u m a n va te g is h li d a ra ja d a
bajarm aganligi uchun, agar shartnom aning buzilishida o'zining aybi 
yo'qligini isbot qilmasa, buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi.
A gar sh a rtn o m a d a o'zgacha ta r tib n azard a tu tilm a g a n bo'lsa, 
buyurtm achining ishlar qiymati doirasida ko'rgan real zararini pudratchi 
qoplashi shart.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish