Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Q urilish pudrati sh artn o m a sin in g turlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6. Q urilish pudrati sh artn o m a sin in g turlari
Qurilish pudrati shartnomasi predm eti, taraflari, m aqsadi asosida 
bir qator turlarga bo'linadi. Bu tu rlar qurilish pudrati shartnomasining 
o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular jumlasiga
1. yakka tartibda uy-joy qurish uchun tuziladigan qurilish pudrati 
shartnomasi;
2. davlat ehtiyojlari uchun qurilish pudrati shartnomasi va boshqalar 
kiradi.
O 'zbekiston Respublikasi V azirlar M ahkam asining 2006-yil 30- 
d ek ab rd a qabul qilingan 272-sonli qaro ri bilan tasdiqlangan Y akka 
tartibdagi uy-joy qurilishi to'g'risidagi Nizom1 asosida shartnom a tuziladi. 
S h a r tn o m a n in g p r e d m e ti y a k k a ta r t ib d a g i q u r il a d ig a n y o k i 
ta ’mirlanadigan uy-joy (bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, 
dam olish va shaxsiy xo'jalikni yuritishga mo'ljallangan yordamchi-xo'jalik 
im oratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo'lgan bir yoki bir necha 
tu ra r joy imorati) hisoblanib, u o'z ichiga yordamchi-xo'jalik imoratlari 
(uy hayvonlari va parrandalam i saqlash uchun imoratlar, omborxona, 
g a ra j, yozgi oshxona, ta n d irx o n a , 
y e rto 'la , h am m o m , ho v lid ag i 
hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bug' qozonxonasi va 
odamlarning vaqtincha bo'lishi bilan bog'liq ishlarning h a r xil turlarini
1 «Узбекистан Республикаси конун хужжатлари туплами», 2006 йил, 51-52-сон, 518- 
модда.


bajarishga mo'ljallangan boshqa funksional imoratlar, hovlidagi inshootlar 
(to'siq, darvoza, eshik, quduq, fa w o ra va odamlarning yashashiga hamda 
maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo'ljallanmagan 
boshqa yassi yoki liniyali inshootlar)ni oladi.
Uy-joy qurilishi nam unaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan 
loyiha bo'yicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan 
loyiha tum an (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak. Uy-joy qurilishiga 
loyiha quyidagilarni o'z ichiga oladi:
yerosti va yerusti m uhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan 
yer uchastkasi rejasi;
uy -jo y n in g poydevorlari, 
y erto 'lalari, q a v a tlari, kesim lari va 
fasadlari rejalari;
smeta-moliya hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj bo'lganda). 
Belgilangan tartibda kelishilgan uy-joy qurilishiga yakka tartibdagi 
yoki nam unaviy loyiha uy-joy qurish bo'yicha qurilish ishlarini boshlash 
uchun asos hisoblanadi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi pudrat usuli bilan yoki xo'jalik 
usuli bilan (qumvchilarning o'z kuchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Uy-joy, yordamchi-xo'jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar qurilishi 
shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi 
kerak. Bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq oilaga tegishli bo'lgan 
bir nech ta uy-joy qurilishiga yo'l qo'yiladi. Yakka tartibd agi uy-joy 
qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning 
(keyingi o'rinlarda "quruvchi" deb yuritiladi) o'z mablag'lari, bankning 
ipoteka kreditlari va qonun h u jjatlarida belgilangan tartib d a boshqa 
qarz m ablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi 
amalga oshiradi. Tum an (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy 
qurilishida shaharsozlik norm alari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan 
nazoratni am alga oshiradilar. U y-joy qurilishi tugallangandan keyin 
quruvchi tum an (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul 
qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga m urojaat 
qiladi. Qabul qilish komissiyasi joyning o'ziga borib qurilishi tugallangan 
uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzadi.
"Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining hududiy organi 10 kun 
m u d d atd a yangidan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyni texnik 
xatlovdan o'tkazadi ham da tu m an lar (shaharlar) arx itek tu ra va qurilish 
organlari bilan kelishuv bo'yicha uy-joyni foydalanishga qabul qilish 
dalolatnomasini tasdiqlash to'g'risida hokimning qarori loyihasini kiritadi.


Uy-joylar quruvchining o'z kuchi bilan qurilgan hollarda bitta (ikkita) 
tu ra r joy xonasi, oshxona, hojatxona, uy fasadining tashqi bezagi qurilishi 
tam om bo'lgandan, loyihaga muvofiq uy muhandislik kommunikatsiyalari 
bilan ta ’m inlangandan keyin alohida yordam chi-xo'jalik imoratlari va 
hovlidagi inshootlarsiz va h u d u d n i obodonlashtirm asdan uyning bir 
qism ini foydalanishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi. T um an (shahar) 
hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kundan 
kechikm ay qabul qilinadi. Hokimning qaroriga muvofiq uy quruvchiga 
uy daftari beriladi.
Uy-joyga mulkchilik huquqi "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining 
hu d udiy organlari tomonidan belgilangan tartib da davlat ro'yxatidan 
o'tkazilgandan keyin qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqi paydo bo'ladi. 
Quruvchi - pudratchi:
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka 
kreditidan yordamchi-xo'jalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish 
uchun foydalanishga;
uy-joy 
va yordam chi-xo'jalik im oratlarini shaharsozlik normalari 
va qoidalariga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga 
muvofiq qurishga;
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasini berilgan (realizatsiya 
qilingan) kundan boshlab ikki yil mobaynida o'zlashtirishni boshlashga 
va qurilish tugallangandan keyin bir oy m obaynida uy-joyni va unga 
bo'lgan huquqni belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazishga majburdir.
Uy-joy quruvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
ushbu m aqsadlar uchun ajratilm agan yer uchastkalarida qurilgan hamda 
bunga zarur- ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va 
qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa 
im oratlar va inshootlar yoki boshqa ko'chmas mulk o'zboshimchalik bilan 
qurilgan deb hisoblanadi. O'zboshimchalik bilan qurish aniqlangan taqdirda 
tum an lar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining m ansabdor 
sh axslari tom onidan o'zboshim chalik bilan q u rish holati to 'g 'risid a
dalolatnom a tuziladi. Dalolatnoma tuzilishi bilan bir vaqtda tum anlar 
(shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining m ansabdor shaxslari 
tom onidan o'zboshim chalik bilan q u rilay o tg an qu rilish n i to 'x ta tish
to'g'risida ko'rsatm a beriladi. K o'rsatm aning nusxasi o'zboshimchalik bilan 
tiklangan imorat to'g'risidagi masalani keyinchalik belgilangan tartibda 
hal etish uchun tum an (shahar) hokimligiga taqdim etiladi. Huquqi buzilgan 
shaxsning yoxud tegishli davlat organining d a’vosi bo'yicha o'zboshimchalik 
bilan qurilgan imorat sudning qaroriga ko'ra uni qurgan shaxs tomonidan


yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno.
Q uruvchi uy-joy q u rish yoki rekonstruksiya qilishga to ‘sqinlik 
qilayotgan m ansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan 
yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga 
egadir. Jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan im orat qurish 
masalalari bo'yicha paydo bo'ladigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq 
ko'rib chiqiladi.
Davlat ehtiyojlari uchun p u d rat ishlarini bajarishning pudratchilarga 
a fz a llig i s h u n d a n ib o r a tk i, q o n u n h u j j a t l a r i u la r g a te g is h li 
rag'batlantiruvchi choralar tizimini belgilaydi. Shuningdek, p u d rat ishlari 
bo'yicha davlat buyurtm asi bunday ishlarni bajarish uchun zarur bo'lgan 
m arkazlashtirilgan davlat budjetidan ajratilib ta ’minlangan taqdirdagina 
berilishi mumkin. Ushbu holatlar investorlar uchun kafolatlangan davlat 
buyurtm asini bajarishga obyektiv sharoit yaratadi.
D av lat e h tiy o jla ri u c h u n q u rilish p u d ra ti sh a rtn o m a si dav lat 
ahamiyatiga molik bo'lgan ishlab chiqarishga mo'ljallangan obyektlarni, 
qishloq xo'jaligini y u ritish obyektlarini, tra n sp o rt va aloqa, uy-joy, 
geologiya-qidiruv obyektlari ijtimoiy soha obyektlari (ta’lim, sog'liqni 
saqlash, m adaniyat va savdo obyektlari) ni qurish va t a ’mirlash maqsadida 
tuziladi. B unday p u drat ishlari budjetdan moliyalashtirilgan holda amalga 
oshiriladi. A yrim hollarda homiy tashkilotlarning m adadi orqali ham
moliyalashtirilishi mumkin. Bu shartnom aning boshqa qurilish pudrati 
s h a rtn o m a la rid a n farq i sh a rtn o m a p red m eti va su b y e k tid a bo'lib, 
buyurtm achi faqat davlat organlari bo'lsa predm eti davlat ehtiyojlari 
uchun qurilish va ta ’m irtalab obyektlar hisoblanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish