6. Q urilish pudrati sh artn o m a sin in g turlari
Qurilish pudrati shartnomasi predm eti, taraflari, m aqsadi asosida
bir qator turlarga bo'linadi. Bu tu rlar qurilish pudrati shartnomasining
o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular jumlasiga
1. yakka tartibda uy-joy qurish uchun tuziladigan qurilish pudrati
shartnomasi;
2. davlat ehtiyojlari uchun qurilish pudrati shartnomasi va boshqalar
kiradi.
O 'zbekiston Respublikasi V azirlar M ahkam asining 2006-yil 30-
d ek ab rd a qabul qilingan 272-sonli qaro ri bilan tasdiqlangan Y akka
tartibdagi uy-joy qurilishi to'g'risidagi Nizom1 asosida shartnom a tuziladi.
S h a r tn o m a n in g p r e d m e ti y a k k a ta r t ib d a g i q u r il a d ig a n y o k i
ta ’mirlanadigan uy-joy (bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash,
dam olish va shaxsiy xo'jalikni yuritishga mo'ljallangan yordamchi-xo'jalik
im oratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo'lgan bir yoki bir necha
tu ra r joy imorati) hisoblanib, u o'z ichiga yordamchi-xo'jalik imoratlari
(uy hayvonlari va parrandalam i saqlash uchun imoratlar, omborxona,
g a ra j, yozgi oshxona, ta n d irx o n a ,
y e rto 'la , h am m o m , ho v lid ag i
hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bug' qozonxonasi va
odamlarning vaqtincha bo'lishi bilan bog'liq ishlarning h a r xil turlarini
1 «Узбекистан Республикаси конун хужжатлари туплами», 2006 йил, 51-52-сон, 518-
модда.
bajarishga mo'ljallangan boshqa funksional imoratlar, hovlidagi inshootlar
(to'siq, darvoza, eshik, quduq, fa w o ra va odamlarning yashashiga hamda
maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo'ljallanmagan
boshqa yassi yoki liniyali inshootlar)ni oladi.
Uy-joy qurilishi nam unaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan
loyiha bo'yicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan
loyiha tum an (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak. Uy-joy qurilishiga
loyiha quyidagilarni o'z ichiga oladi:
yerosti va yerusti m uhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan
yer uchastkasi rejasi;
uy -jo y n in g poydevorlari,
y erto 'lalari, q a v a tlari, kesim lari va
fasadlari rejalari;
smeta-moliya hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj bo'lganda).
Belgilangan tartibda kelishilgan uy-joy qurilishiga yakka tartibdagi
yoki nam unaviy loyiha uy-joy qurish bo'yicha qurilish ishlarini boshlash
uchun asos hisoblanadi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi pudrat usuli bilan yoki xo'jalik
usuli bilan (qumvchilarning o'z kuchi bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Uy-joy, yordamchi-xo'jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar qurilishi
shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi
kerak. Bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq oilaga tegishli bo'lgan
bir nech ta uy-joy qurilishiga yo'l qo'yiladi. Yakka tartibd agi uy-joy
qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning
(keyingi o'rinlarda "quruvchi" deb yuritiladi) o'z mablag'lari, bankning
ipoteka kreditlari va qonun h u jjatlarida belgilangan tartib d a boshqa
qarz m ablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi
amalga oshiradi. Tum an (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy
qurilishida shaharsozlik norm alari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan
nazoratni am alga oshiradilar. U y-joy qurilishi tugallangandan keyin
quruvchi tum an (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul
qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga m urojaat
qiladi. Qabul qilish komissiyasi joyning o'ziga borib qurilishi tugallangan
uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzadi.
"Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining hududiy organi 10 kun
m u d d atd a yangidan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyni texnik
xatlovdan o'tkazadi ham da tu m an lar (shaharlar) arx itek tu ra va qurilish
organlari bilan kelishuv bo'yicha uy-joyni foydalanishga qabul qilish
dalolatnomasini tasdiqlash to'g'risida hokimning qarori loyihasini kiritadi.
Uy-joylar quruvchining o'z kuchi bilan qurilgan hollarda bitta (ikkita)
tu ra r joy xonasi, oshxona, hojatxona, uy fasadining tashqi bezagi qurilishi
tam om bo'lgandan, loyihaga muvofiq uy muhandislik kommunikatsiyalari
bilan ta ’m inlangandan keyin alohida yordam chi-xo'jalik imoratlari va
hovlidagi inshootlarsiz va h u d u d n i obodonlashtirm asdan uyning bir
qism ini foydalanishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi. T um an (shahar)
hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kundan
kechikm ay qabul qilinadi. Hokimning qaroriga muvofiq uy quruvchiga
uy daftari beriladi.
Uy-joyga mulkchilik huquqi "Yergeodezkadastr" davlat qo'mitasining
hu d udiy organlari tomonidan belgilangan tartib da davlat ro'yxatidan
o'tkazilgandan keyin qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqi paydo bo'ladi.
Quruvchi - pudratchi:
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka
kreditidan yordamchi-xo'jalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish
uchun foydalanishga;
uy-joy
va yordam chi-xo'jalik im oratlarini shaharsozlik normalari
va qoidalariga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga
muvofiq qurishga;
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasini berilgan (realizatsiya
qilingan) kundan boshlab ikki yil mobaynida o'zlashtirishni boshlashga
va qurilish tugallangandan keyin bir oy m obaynida uy-joyni va unga
bo'lgan huquqni belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazishga majburdir.
Uy-joy quruvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ushbu m aqsadlar uchun ajratilm agan yer uchastkalarida qurilgan hamda
bunga zarur- ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va
qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa
im oratlar va inshootlar yoki boshqa ko'chmas mulk o'zboshimchalik bilan
qurilgan deb hisoblanadi. O'zboshimchalik bilan qurish aniqlangan taqdirda
tum an lar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining m ansabdor
sh axslari tom onidan o'zboshim chalik bilan q u rish holati to 'g 'risid a
dalolatnom a tuziladi. Dalolatnoma tuzilishi bilan bir vaqtda tum anlar
(shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining m ansabdor shaxslari
tom onidan o'zboshim chalik bilan q u rilay o tg an qu rilish n i to 'x ta tish
to'g'risida ko'rsatm a beriladi. K o'rsatm aning nusxasi o'zboshimchalik bilan
tiklangan imorat to'g'risidagi masalani keyinchalik belgilangan tartibda
hal etish uchun tum an (shahar) hokimligiga taqdim etiladi. Huquqi buzilgan
shaxsning yoxud tegishli davlat organining d a’vosi bo'yicha o'zboshimchalik
bilan qurilgan imorat sudning qaroriga ko'ra uni qurgan shaxs tomonidan
yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
Q uruvchi uy-joy q u rish yoki rekonstruksiya qilishga to ‘sqinlik
qilayotgan m ansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan
yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga
egadir. Jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan im orat qurish
masalalari bo'yicha paydo bo'ladigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq
ko'rib chiqiladi.
Davlat ehtiyojlari uchun p u d rat ishlarini bajarishning pudratchilarga
a fz a llig i s h u n d a n ib o r a tk i, q o n u n h u j j a t l a r i u la r g a te g is h li
rag'batlantiruvchi choralar tizimini belgilaydi. Shuningdek, p u d rat ishlari
bo'yicha davlat buyurtm asi bunday ishlarni bajarish uchun zarur bo'lgan
m arkazlashtirilgan davlat budjetidan ajratilib ta ’minlangan taqdirdagina
berilishi mumkin. Ushbu holatlar investorlar uchun kafolatlangan davlat
buyurtm asini bajarishga obyektiv sharoit yaratadi.
D av lat e h tiy o jla ri u c h u n q u rilish p u d ra ti sh a rtn o m a si dav lat
ahamiyatiga molik bo'lgan ishlab chiqarishga mo'ljallangan obyektlarni,
qishloq xo'jaligini y u ritish obyektlarini, tra n sp o rt va aloqa, uy-joy,
geologiya-qidiruv obyektlari ijtimoiy soha obyektlari (ta’lim, sog'liqni
saqlash, m adaniyat va savdo obyektlari) ni qurish va t a ’mirlash maqsadida
tuziladi. B unday p u drat ishlari budjetdan moliyalashtirilgan holda amalga
oshiriladi. A yrim hollarda homiy tashkilotlarning m adadi orqali ham
moliyalashtirilishi mumkin. Bu shartnom aning boshqa qurilish pudrati
s h a rtn o m a la rid a n farq i sh a rtn o m a p red m eti va su b y e k tid a bo'lib,
buyurtm achi faqat davlat organlari bo'lsa predm eti davlat ehtiyojlari
uchun qurilish va ta ’m irtalab obyektlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |