Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. L oyiha va qidiru v ishlari pudrati



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. L oyiha va qidiru v ishlari pudrati
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o'zining predm etiga 
ko'ra p u d rat shartnom alarining m ustaqil turi hisoblanadi.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o'zining mohiyatiga ko'ra 
qurilish shartnomasi bilan uzviy bog'liq hisoblanadi, chunki loyiha va (qidiruv 
ishlari pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi loyihalovchi, qidiruvchi) 
buyurtmachining topshirig'i bo'yicha shamomada belgilangan muddatda loyiha- 
smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, 
buyurtm achi esa uni qabul qilib olish va haq to'lash majburiyatini oladi 
(FKning 686-moddasi). Bu shartnoma ko'p hollarda qurilish pudrati shartnomasi 
tuzilishidan oldin tuziladi Ba’zi hollarda loyiha va qidiruv ishlari pudrati va


qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi bo'lib bir shaxs ishtirok etishi 
ham mumkin. Bunda qurilish pudrati shartnomasini tuzishda taraflardan 
biri-pudratchi yoki buyurtmachi zimmasiga kelishilgan muddatda qurilishning 
loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash va ikkinchi tomonga tanishib chiqish va 
tasdiqlash uchun taqdim qiladi Odatda loyihalash va qidiruv ishlari tegishli 
obyektni qurishga nisbatan murakkab va alohida malaka hamda bilim talab 
qilganligi uchun bunday faoliyat bilan maxsus muassasalar shug'ullanadilar.
O 'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining 2001-yil 12-m aydagi 
«Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining 
ro'yxati to'g'risida» gi 222-II sonli Qaroriga 1-ilova - «Amalga oshirilishi 
u c h u n litsenziy alar tala b q ilinad ig an fao liy at tu rla rin in g fao liy at 
turlarining» ro'yxatiga muvofiq, loyiha qidiruv ishlari pudrati bilan bog'liq 
quyidagi faoliyat turlari tegishli litsenziya asosida amalga oshiriladi:
y o n g 'in g a q a rs h i a v to m a tik a v o s ita la r in i, q o 'r iq la s h
signalizasiyalarini, yong'indan darak beruvchi va yong'indan saqlovchi 
signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta ’m irlash va 
ularga texnik xizmat ko'rsatish;
- ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo'linadigan 
sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi 
nurlanish m anbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizm at 
k o 'rsa tis h , u la r u c h u n texnologik a sb o b -u sk u n a la r, ra d ia ts iy a d a n
himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash;

magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari 
q u v u rla rin i loyihalashtirish, qurish, u lard a n foydalanish va ularni 
ta ’mirlash;
- k o 'p rik la r va to n n e lla rn i lo y ih a la sh tirish , q u ris h , u la rd a n
foydalanish va ularni ta ’mirlash;
- mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish 
va ulam i ta ’rnirlash;
- xavfi yuqori bo'lgan obyektlarni ham da potensial xavfli ishlab 
chiqarishlam i loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish;
- arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish;
- qurilish loyihalarining ekspertizasini o'tkazish;
- telekommunikatsiyalarning mahalliy tarm oqlarini loyihalashtirish, 
qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish;
- te le k o m m u n ik a ts iy a la r n in g s h a h a r l a r a r o ta r m o q la r in i 
loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish;
- ielekommunikatsiyalarning xalqaro tarm oqlarini loyihalashtirish, 
qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish;


- ko'chma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, 
ulardan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish;
- shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan 
foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish;
- m a’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan 
foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish;
- te le k o 'rs a tu v la r va ra d io e s h ittiris h la rn i ta rq a tis h (uzatish) 
tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat 
ko'rsatish1.
Tegishli tarzda litsenziya olgan yuridik shaxslar loyiha va qidiruv 
ishlari pudrati shartnomasida pudratchi bo'lib ishtirok etishlari mumkin. 
Loyiha va qidiruv ishlari pudratiga tegishli maxsus qoidalar va pudrat 
to'g'risidagi um um iy qoidalarga muvofiq, taraflar shartnomani faqat loyiha 
ishlari bo'yicha yoki qidiruv ishlari bo'yicha ham tuzishlari mumkin. 
Buyurtmachida pudratchini tanlash va unga ish topshirish huquqi saqlanib 
qoladi.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasini tartibga solishda 
Fuqarolik Kodeksi bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi 2002-yil
4 -ap relda qabul qilingan Shaharsozlik kodeksi va boshqa m e ’yoriy 
hujjatlar ham m uhim ahamiyatga ega. Taraflar o'rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solishda shartnomaning ahamiyati juda katta rol o'ynaydi. Faqat 
shartnom agina qonun yoki m e’yoriy hujjatlarda ko'zda tutilm agan, lekin 
yo'l qo'yilgan harakatlarni amalga oshirishda ikkala tomon uchun m as’ul 
bo'lgan shartlarni o'zida mujassamlashtirishi mumkin.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasining predm eti bo'lib 
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish 
hisoblanadi. Shartnom a predm eti sifatida odatda qurilish loyihlarini va 
mazkur qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish asosiy ahamiyat 
kasb etadi.
Qurish loyihalari batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi 
asosida, belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari 
chegaralarida ishlab chiqiladi.
Qurish loyihalari:
- qurishni tartibga solish chiziqlarini;
- binolar va inshootlarning joylashuvi, necha qavatliligi, tu ri hamda 
boshqa tavsiflarini;
- qurishning arxitektura yechimini;

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish