Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Q u rilish p u d ra tin in g shartn om asi bo'yicha



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4. Q u rilish p u d ra tin in g shartn om asi bo'yicha
ta ra flarn in g huquq va m ajbu riyatlari
Buyurmachi bajarilayotgan ishlarning hajmi, qiymati va sifati loyiha 
va smetalarga muvofiq bo'lishi ustdan tekshirish va texnikaviy nazoratni 
amalga oshirish, istagan vaqtda qurilish va montaj ishlarining bajarilishi 
va sifatini, shuningdek, foydalanilayotgan materiallarning sifatini, ishlarning 
g rafik k a mos rav ish d a olib borilayotganligini, b u y u rtm a ch i b e rg a n
m ateriallardan operativ xo'jalik faoliyatiga aralashm asdan tekshirishi 
mumkin. Buyurtmachi (yoki uning vakili) qurilish obyektida yo‘1 qo'yilgan 
h a r qanday kamchiliklar to‘g ‘risida pudratchiga e ’tiroz bildirishi va ularni 
bartaraf etishni talab qilishga haqli bo'ladi. Bunday tarzda buyurtm achi 
tomonidan aniqlangan va pudratchiga yozma ravishda bildirilgan, texnik 
hujjatlarga mos bo'lmagan ishlar shartnomada ko'rsatilgan shartlar asosida 
yoki oqilona m uddatda bartaraf etilishi lozim
B uyurtm achi (yoki uning vakili) qurilishi obyektida yo'l qo'yilgan 
kamchiliklarni aniqlagan holda bu haqda pudratchini ogohlantirmasa va 
u la rn i b a rta ra f etish n i tala b qilm asa, u larn i b a rta ra f etish im koni 
yo'qolganidan so'ng d a ’vo qilish imkonidan m ahrum bo'ladi. Qonun shu 
tariqa obyektning yetarli darajada sifatli bo'lishi uchun buyurtm achiga 
h a m m a s ’u liy a t y u k la y d i. L e k in q o lg a n h o lla r d a o b y e k td a g i 
kamchiliklarning b a rta ra f etilishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi.
B uyurtm achi ishning lozim darajada sifatli, chidamli va o'z vaqtida 
tugallanib topshirilishidan m anfaatdor bo'lgani uchun pudratchi bilan 
ham korday h arakat qiladi.
B u y u rtm a v c h i q u rilish n in g loyiha, ish chizm asi va sm e ta sin i 
tasdiqlatish, qurilishni m ablag' bilan ta ’m inlash uchun zaru r bo'lgan 
hujjatlarni bankka taqdim etish, vakolatli organlardan qurilish uchun 
yer uchastkasi ajratish haqida aktni olish, qurilish maydonida qurilish 
ishlarini olib borish uchun tegishli organlardan ruxsatnom a olish va qurilish 
maydonini bo'shatish ishlarini amalga oshirish;
sh a rtn o m a d a n a z a rd a tu tilg a n ho llarda o'z v a q tid a q u rilish n i 
texnologiya, energetika, elektrotexnika va umumzavod uskunalari hamda 
a p p a ra tu ra la ri b ilan t a ’m inlash, sh u n in g d ek , bino va in sh o o tlarn i 
foydalanishga berishi shart. Shurtnomaga muvofiq, buyurtmachi zimmasiga 
qurilish materiallari bilan ta ’minlash vazifasi ham yuklanishi mumkin, lekin 
ulardan to'g'ri foydalanish va ularni saqlash pudratchi zimmasida bo'ladi.
B uyurtm achi shartnom ada nazarda tutilgan hollarda o'z ixtiyorida 
bo'lgan tem ir yo'l transportidan, suv, bug', elektr q u w a ti yordam ida


ishlaydigan qurilmalaridan pudratchi uchun foydalanishga berishi lozim. 
Pudratchi uning uchun tarif bo'yicha belgilangan bahoda haq to'laydi.
Agar qurilishni va u bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishda qurilish 
pudrati shartnomasini tegishli tarzda bajarishda to'siqlar borligi m a ’lum 
bo'lsa, ularni b a rta ra f etishda b u y u rtm ach i o'ziga bog'liq choralarni 
ko'rishi va pudratchi bilan hamkorlik qilishi shart. Ushbu m ajburiyat 
bajarilmagan taqdirda buyurtm achi o'zi ko'rgan zararni pudratchidan 
talab qilish huquqini yo'qotadi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda 
qilingan xarajatlarni buyurtm achi pudratchiga to'lashi lozim bo'ladi.
P udratchi shartnom ada k o'rsatilgan b arch a qurilish va m axsus 
ishlarni, shuningdek, m ashina va uskunalarni m ontaj qilish ishlarini 
qurilishning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga, ish chizmasi ham da 
uning smetasiga muvofiq ravishda bajarib, buyurtm aehiga topshirishga 
majbur. Pudratchi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtm achi tomonidan 
qabul qilinishini talab etishi mumkin.
Pudratchi qurilish va u bilan bog'liq ishlarni amalga oshirayotgan 
vaqtda atrof-m uhitni muhofaza qilishi va qurilish ishlarini xavfsiz olib 
borishga doir qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi shart.
Tugallangan qurilish obyektini qabul qilish shartnom a va tegishli 
qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qabul qilish davlat vakolatli 
organlari vakillari tashkil qilgan davlat qabul komissiyasi tom onidan 
buyurtm achi, bosh pudratchi va su b p u d ratch ilar ishtirokida am alga 
oshiriladi. Topshirilayotgan obyekt xususiy sektor hisobidan moliyalashtirilgan 
va davlat uchun m uhim ahamiya kasb etm asa, qabul qilish davlatning 
m utasad di tash kilo tlari va m ahalliy o'z-o'zini bosh q aru v o rg an lari 
ishtirokidagi komissiyasi tomonidan tegishli taraflar qatnashgan holda 
amalga oshiriladi.
Shartnom ada ko'rsatilgan bo'lsa, qabul komissiyasini tashkil etish 
buyurtm achi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnom aga binoan qurilish 
obyekti to'la yoki qismlarga bo'linib topshirilishi mumkin. B uyurtm achi 
tomonidan qabul qilingan obyekt pudratchining aybi bo'lm agan holda 
nobud bo'lsa, zarar buyurtm achi zim m asida bo'ladi. Shuning uch u n 
buyurtm achi o'zi qabul qilgan obyektni yoki uning bir qismini saqlash 
va sug'urta qilish uchun tegishli harak atlarn i am alga oshirishi lozim 
bo'ladi.
Qabul qilish vaqtida tegishli texnika, dastgoh va agregatlar dastlabki 
sinovdan o'tkazilishi lozim. B u y u rtm a c h in in g talab i bilan bino va 
inshootlami qabul qilishda, uning hisobidan vujudga keltirilgan sun’iy 
ravishaagi yer silkinishlarida ham sinab ko'rilishi mumkin.


Qurilish obyektini qabul qilish, topshirish tegishli tarzda akt tuzilishi 
orqali amalga oshiriladi. Uni, odatda, buyurtm achi, pudratchi, tegishli 
komissiya a ’zolari imzolaydilar. Barcha kamchiliklar aktda ko'rsatib o'tiladi. 
A n iqlan g an barcha k am ch ilik lar kim ning aybli h a ra k a tla ri tu fay li 
yetkazilgan bo'lsa, o'sha tom onning hisobidan pu dratch i tom onidan 
oqilona b artaraf etilishi lozim.
B ajarilg an ish da q u rilish p u d ra ti sh a rtn o m a sid a k o 'rsa tilg a n
foydalanish imkoniyatini berm aydigan kamchiliklar borligi aniqlangan 
va ularni pudratchi, buyurtm achi yoki uchinchi shaxs b artaraf etishi 
m um kin bo'lmagan taqdirda, buyurtm achi ishlar natijasini qabul qilishdan 
bosh tortishga haqli bo'ladi.
P u d ra tc h i s h a rtn o m a yoki qonunga m uvofiq to p shirilayotgan 
obyektni ekspluatatsiya qilishga kafolat m uddati berishga majbur. Kafolat 
m uddati qurilish qabul qilingan kundan boshlab shartnom ada boshqacha 
holat ko'zda tutilm agan bo'lsa, 10 yildan iborat.
Qonun qurilish obyektini buyurtm achi yoki pudratchiga bog'liq 
bo'lm agan holda to'xtatilishini nazarda tutadi. FKning 679-moddasiga 
binoan, agar taraflarga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra qurilish pudrati 
s h a rtn o m a s i b o 'y ic h a is h la r to 'x ta tilg a n b o 'lsa , q u rilish o b y e k ti 
konservatsiya qilingan bo'lsa, buyurtm achiga konservatsiya qilingan 
paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini to'lashi, shuningdek, 
ishlarni to 'xtatish va konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan 
xarajatlarni to'lashi shart.
O byekt buyurtm achi tomonidan konservatsiya qilingan hollarda 
pudratchi tegishli haq va konservatsiya xarajatlaridan tashqari olinmay 
qolgan foydasini, oby ek t konservatsiya qilinishi natijasida ko 'rg an
zararlarini ham talab qilishi mumkin.
Qurilish pudrat shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo'lishi mumkin: 
vakolatli davlat organlarining qarorlari bilan; 
tomonlardan birining tashabbusi bilan;
pudratchi tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarish m uddatlari, 
qurilish grafigida ko'zda tutilgan vaqt sistematik ravishda buzilganda; 
qurilish-montaj ishlari sifat jihatdan yomon holatda borayotgan bo'lsa; 
pudratchining ham korlikda faoliyat ko'rsatish to'g'risidagi taklifi 
doimiy ravishda buyurtm achi tomonidan rad qilib kelinganda;
buyu rtm ach i tom onidan shartnom ada ko'rsatilgan m ajburiyatlar 
sistematik ravishda buzilganda;
moliyalashtiruvchi bank tomonidan buyurtm achi to'lovga qobiliyatsiz 
deb e ’lon qilingan holatda.


Fuqarolik qonunchiligi qurilishga oid pudrat shartnomasini to'la va 
o'z m uddatda bajarish maqsadida shartnomaning bajarilishini ta ’minlash 
m aqsadida taraflarnin g javobgarlik holatlarning javobgarligi p u d rat 
to‘g ‘risidagi um um iy qoidalar asosida tartibga solinadi. Lekin, qurilish 
pudratining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, unga javobgarlikni 
belgilovchi qo'shim cha holatlar ham tatb iq etilishi m um kin. Qurilish 
ishlarini olib boruvchi yuridik shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan mulkiy 
javobgarlik sh artn o m a talablarini buzishda aybdor b o 'lg an tara fg a
nisb atan p en y a, aybona, ja rim a k abi sa n k siy a la rn i q o 'lla sh bilan 
jabrlanuvchining ko'rgan zararini qoplash imkonini beradi. Qurilishga 
oid pudrat shartnomasida mulkiy sanksiyalarning qo'llanishi taraflarning 
shartnom ani b ajarish d an m anfaatdorligini oshirishga im kon beradi. 
Shuningdek, ikkinchi tomonni o'z m ajburiyatlarini real bajarishga m ajbur 
qiladi. FKning 680-moddasida buyurtm achi pudrat shartnom asi bo'yicha 
bajarilgan ishlar natijasida yoki agar shartnom ada nazara tutilgan bo'lsa, 
ishlar bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to'g'risida xabar 
olgach, uni qabul qilishga kirishishi shart.
FKning 681-moddasiga muvofiq, bajarilgan ishning sifati uchun 
pudratchining javobgarlik masalalari ko'rsatilgan. Unga muvofiq, pudratchi 
qurilish-pudrat shartnomasida, texnikaviy loyihada va tara fla r uchun 
majburiy loyihada va taraflar uchun m ajburiy bo'lgan qurilish normalari 
va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo'l qo'yilganligi, 
shuningdek, qurilish obyektining loyiha-sm eta hujatlarida belgilangan 
ko'rsatkichlarga, ju m 'ad an , korxonaning ishlab chiqarish q uv vatig a 
erishilmaganligi uchun buyurtm achi oldida javobgar bo'ladi.
P u d ra tc h i o b y e k tn in g lo y ih a -sm e ta h u jja tla rid a b e lg ila n g a n
ko'rsatkichlarga, shu jumladan, korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga 
erishmaganligi uchun o'zining aybi yo'qligini isbotlab berib, javobgarlikdan 
ozod bo'lishi m um kin. Uning aybsizligiga b u y u rtm a c h i tom on idan
tayyorlangan loyiha materiallari, buyurtm achi ajratgan va qurilish obyekti 
jo y la sh g a n
y e r, a tr o f -m u h it, k o rx o n a q u v v a tin i h is o b la s h d a g i 
buyurtm achi tomonidan yo'l qo'yilgan jiddiy xatolar va boshqa holatlar 
asos bo'lishi mumkin.
Pudratchi p udrat to'g'risidagi um um iy qoidalarga muvofiq, qurilish 
obyektining kafolat m uddati davomida aniqlangan barcha kamchiliklari 
uchun javobgar bo'ladi. B uyurtm achi aniqlangan kam chiliklar haqida 
pudratchini o'z vaqtida ogohlantirish va ularni b a rta ra f etish uchun 
pudratchiga lozim bo'lgan sharoitlarni yaratib berishi zarur. P udratchi 
tegishli obyektni ekspluatatsiya qilishdagi jiddiy nuqsonlar yoki ta ’m irlash


ishlarining noto‘g‘ri olib borilishi natijasida obyektga zarar yetkazilganligini 
isbotlasa, javobgarlikdan ozod bo'ladi.
Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganda (yangilangan, qayta 
qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki 
uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani 
yoki yo'qolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi, y a’ni 
pudratchi tegishli ishlarni bajarishga kirishgan hollarda rekonstruksiya, 
restavratsiya, kapital ta ’mirlash natijasida m azkur obyektga yoki uning 
bir qismiga bergan zarar uchun to'liq javobgar bo'ladi.
Pudratchining qurilish obyekti bo'lgan korxona ishlab chiqarish 
q u w a tig a erishmaganligi uchun buyurtm achi oldida javobgarlik masalasi 
q onunchilikda yangi holatdir. Shuning uch un tom onlar obyektning 
ek sp lu atatsiy a qilish texnik talablari va kafolat m udd ati to'g'risida 
shartlarning shartnom ada ko'rsatilishiga erishishlari lozim.
Qurilish pudrati shartnomasini tartibga solishdagi nizolarga barham
berish uchun maxsus qonunlarda va hukum at qarorlarida taraflarning 
m u lk iy jav o bgarlik d a ra jasi o'rn atilish i h am m um kin. O 'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkam asi tomonidan tasdiqlangan “Qurilishni 
k o n tra k t asosida tashkil qilish to 'g 'risid a ”gi Nizomda p u d ratch i va 
buyurtm achining mulkiy javobgarligi ko'rsatilgan. Pudratchi buyurtm achi 
oldida shartnom a bo'yicha m ajburiyatlam i bajarmaganligi uchun quyidagi 
moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin:
obyektni, uning qismlarini, binoni o'z vaqtida qurib tamomlamasa, 
m ahsulot chiqarishga tayyorlash yoki xizmat ko'rsatishni o'z vaqtida 
am alga oshirmasa, h a r bir kech qolgan kuni uchun asosiy bahoning
0,05% miqdorida jarim a to'laydi, lekin jarima obyektni buyurtm achiga 
topshirilgan kunigacha minimal oylik ish haqining 15 barobaridan oshib 
ketmasligi kerak;
ishlab chiqarishga, xizm at k o 'rsatishga tayyorlanayotgan bino, 
inshoot yoki uning bir qismini qurib bitirish kechiktirilgan taqdirda 
to 'lan ad ig an jarim a hajm i asosiy qiym atning h a r bir kechiktirilgan 
k u n i u c h u n 0,05% b o 'lis h i, lek in b ir k u n lik ja rim a m iq d o ri 15 
b aro b arid an ko'p bo'lm asligi kerak;
buyurtm achi bilan shartnom a tuzgan boshqa maxsus muassasalarga 
maydonni o'z vaqtida topshirmaslik asosiy qiymatning 0,03% miqdorida 
jarim a to'lashga sabab bo'ladi, lekin to'lanadigan jarim a miqdori eng 
kam oylikish haqining 5 barobaridan oshmasligi kerak;
yerlarni qayta tayyorlash bo'yicha ish hajmining va muddatining 
buzilganligi uchun loyiha-sm eta hujjatlariga muvofiq, uning qiymatini


hisobga olmagan holda har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam ish 
miqdorining 2 barobar miqdorida jarim a to'laydi;
buyurtm achi va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan qurilish 
davomida yoki oraliq qabul vaqtida ishlarning chalaligi, konstruksiyalarda 
defekt borligi aniqlanganda, u lar 10 k u n ichida b a rta ra f qilinmasa, 
pudratchi h a r bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 
barobari miqdorida jarima to'laydi;
a gar p u d ratc h i b uyurtm achi bilan kelishgan holda belgilangan 
m uddatda kamchiliklarni yo‘qotmasa, buyurtm achi yoki ekspluatatsiya 
qiluvchi tashkilot defektni o'z kuchi bilan pudratchi hisobidan yo'qotishi 
va bajarilgan ish qiymatining 50%i miqdorida neustoykani pudratchidan 
talab qilishi kerak.
B u y u rtm a c h i bosh p u d ra tc h i o ldid a s h a rtn o m a b o 'y ic h a o'z 
majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganligi uchun quyidagi hollarda 
moddiy javobgar bo'ladi:
buyurtm achi tegishli nazorat organlarining ruxsati haqidagi hujjatlarni 
yoki qurilishi uchu n ajratilgan joyda ish boshlashga ru x sat beruvchi 
geodezik m asalalarning ruxsatnom asini o'z vaqtida berm aganida, har 
bir kechiktirilgan kun uchun m inim al oylik ish haqining 2 barobari 
miqdorida jarim a to'laydi;
m o n ta j q ilis h u c h u n lozim b o 'lg a n jih o z la rn i, m a te r ia l va 
m ahsulotlarni, shuningdek, jihozlarni m ontaj qilish uchun lozim bo'lgan 
m aterial va m ahsulotlarni k ech ik tirib topshirganligi u c h u n tegishli 
jihoz va m ateriallar qiym atining l% idan 4%igacha m iqdorda jarim a 
to'laydi;
k o p m le k t b o 'lm a g a n jih o z la rn i m o n ta j u c h u n to p s h irg a n d a , 
topshirilgan jizohning 5%i miqdorida jarim a va yetishm agan detaining 
qiymatini to'liq to'laydi;
qo'shimcha shartnomani tuzishga tayyorgarlik ko'rish uchun lozim 
b o'lg an q a y ta tasd iq la n g a n lo y ih a -sm e ta h u jja tla rin i o 'z v a q tid a
topshirmaganligi sababli har bir biriktirilgan kun uchun eng kam oylik 
ish haqining 2 barobari miqdorida jarim a to'laydi;
suv, gaz, issiqlik, bug' va e le k tr q u vv atid an foydalanish uchun 
qurilish boshlang un ga q a d a r b ir oy oldin tegishli tash k ilo tla rn in g
ruxsatnomasini taqdim qilmagan holda h a r bir kechiktirilgan k u n uchun 
eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarim a to'laydi;
buzilishi lozim bo'lgan binolarni o'z v a q tid a topsh irm aganlig i, 
qurilish m aydonidan m agistral e le k tr liniyasi, tem ir yo'l, 
y e r osti 
kommunikaiyasi va boshqa injenerlik inshootlarini boshqa joyga ko'chirish


to'g'risidagi ruxsatnomani o'z vaqtida topshirmaganligi sababli har bir 
kechiktirilgan kuni uch u n eng kam oylik ish haqining 2 barobarida 
jarim a to'laydi;
qurilish to'xtatilgan va konservatsiya qilingan obyektlarni qabul 
qilishni va bajarilgan ishlar uchun ish haqini o'z vaqtida to'lam agani 
uchun h a r bir kechiktirilgan kun uchun kelishilgan to'liq narxning 0,05%i 
miqdorida jarim a to'lanishi lozim, lekin bu jarim a eng kam ish haqining
5 barobaridan oshmasligi kerak;
qurlishni moliyalashtirish shartnom a tuzilgan vaqtdan boshlab 15 
kundan ko'p vaqtda kechiktirilgan taqdirda, h a r bir kechiktirilgan kun 
uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarim a to'laydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish