Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Shartnomada haq to‘lash tartibi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Shartnomada haq to‘lash tartibi. 
Buyurtm achi o'ziga ko'rsatilgan 
xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasida ko'rsatilgan 
m uddatlarda va tartibda to'lashi shart.
Ijrochi o'zi ay b do r bo'lm agani holda xizm atni b a ja ra olm agan 
taqdirda, buyurtm achi ijrochiga uning xarajatlarini to'lashi shart, bunda 
ijrochining xizm at (xizmatlar) k o 'rsatishdan ozod qilinishi m unosabati 
bilan olgan yoki olishi m u m k in b o 'lg an foydasi c h e g irib qolinadi. 
Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish m um kin bo'lm ay qolgan 
taqdirda, ag ar qonun hujjatlarida yoki shartnom ada boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo'lmasa, xizm atlar bahosi butunlay to'lanishi kerak 
(FKning 705-moddasi).
Bugungi kunda respublikamizda ushbu shartnom aga bo'lgan talab 
ortib bormoqda. Aholiga turli sohalarda keng xizm atlar ko'rsatishga 
davlatimiz tomonidan katta e ’tibor berilmoqda. Respublikamizda ayniqsa, 
sog'liqni saqlash tizimi tubdan isloh qilinib aholiga keng qam rovli va 
sifatli tibbiyot xizmatini ko'rsatish sharoitlari yaratib berildi. Bu sohaning 
rivojlanishida xususiy tibbiyot markazlarining tashkil etilishi katta samarali 
natijalarga erishishga turtki bo'ldi. Tibbiy xizmat ko'rsatuvchi turli xususiy 
tibbiyot m arkazlari tashkil etildi va bu fuqarolarimizga taklif etilayotgan 
tibbiy xizm atlardan o'zlari uchun m a’qul bo'lganini tanlash imkoniyatlarini 
ortishiga sabab bo'ldi. Shuningdek, fuqarolarimizning qonun hujjatlarida 
nazarda tu tilg a n h u q u q va erkin lik larini him oya qilishga, ularn in g
hu q uqiy ongi v a m ad aniy atin i o sh irish g a q a ra tilg a n tu rli h u q u q iy
maslahatxonalar, advokaturalar faoliyat olib bormoqda.
2. Haq ev a zig a xizm at k o'rsatish sh a r tn o m a sin in g tu rlari
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bir necha turlarga ajratiladi 
Ularni biz xizmat ko'rsatishning xususiyatiga qarab, aloqa xizmati, tibbiy 
xizmat, veterinariya xizmati, auditorlik xizmati, huquqiy xizmat, m aslahat 
xizmati va shunga o'xshash boshqa turlarga ajratamiz. Ana shu ko'rsatib 
o'tilgan xizmatlar o'z xususiyati, xizm at ko'rsatish holati, h arak teri va 
huquqiy tartibga solinish sohasiga qarab, bir-biridan farqlanadi. Ammo 
ularning um umiy o'xshashligi ham mavjud. Shu sababli ularni Fuqarolik 
Kodeksi haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi sifatida bir mavzuga


jamlagan. Chunki bu shartnom ada bir tomonda xizmat ko'rsatuvchi ijrochi, 
ikkinchi tomonda esa ana shu xizmatdan foydalanuvchi buyurtmachi ishtirok 
etadi. Buyurtmachi bo'lib fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar, ijrochi 
bo'lib esa haq evaziga xizmat ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan va xizmat 
ko'rsatish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan fuqaro yoki tashkilotlar 
qatnashadilar. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun 
ruxsatnom a olgan fuqarolar ham haq evaziga xizmat ko'rsata oladilar.
Haq evaziga xizm at ko'rsatu v ch i korxonalar davlat ro 'y x atid an
o'tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs hisoblanadi va xizmat ko'rsatish 
faoliyatiga ega bo'ladi.
Haq evaziga xizm at k o'rsatish shartnom asi orqali ko'rsatiladigan 
xizmat turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Aloqa xizmati;
2. Tibbiyot xizmati;
3. Veterinariya xizmati;
4. Auditorlik xizmati;
5. M aslahat xizmati;
6. Axborot xizmatlari;
7. T a’lim berish xizmati;
8. Advokatlik xizmati;
9. Sayyohlik xizmati va boshqa xizmatlar;
Sanab o'tilgan xizmat turlari respublikamizda jadallik bilan rivojlanib 
bormoqda. Shu m unosabat bilan respublikamizda ushbu xizmat turlarini 
huquqiy tartibga solishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilingan. 
J u m la d a n , O 'zbekisto n R espublikasining “A dvokatlik faoliyatining 
kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida”gi, “Ahborot 
olish kafolatlari va erkinligi to 'g ‘risida”gi, “Ta’lim to'g'risida”gi, “Aloqa 
to 'g 'r is id a ”gi, “P o c h ta aloqasi to 'g 'ris id a ”gi, “A u d ito rlik faoliyati 
to'g ‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”gi va boshqa qonun 
hujjatlari. Shuningdek, Fuqarolik Kodeksining 708-moddasida p u d rat 
to'g'risidagi um um iy qoidalar va maishiy p u d rat to'g'risidagi qoidalar 
u sh b u bob qoidalariga zid bo'lm asa, haq evaziga xizm at k o 'rsatish
shartnom asiga nisbatan qo'llanilishi nazarda tutilgan.
R esp u b lik am izd a m u sta q illik d a n key in riv o jla n ib b o ray o tg a n
xizm atlardan biri bu auditorlik xizmatidir.
“Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonunning 1-moddasida auditga 
ta ’rif berilgan. Unda belgilanishicha, audit m uayyan vakolatlar berilgan 
shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo'jalik yuritayotgan 
xo'jaliklarning moliyaviy hisobotlari to'g'riligini, ular amalga oshirgan


moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari O'zbekiston Respublikasi qonunlari 
h a m d a b o sh q a m e ’yoriy h u jja tla rig a q a y d a ra ja d a m uvofiqligini, 
shuningdek mukammalligini, buxgalteriya hisoboti va boshqa moliyaviy 
hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish 
m aqsadida o'tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. 
Audit, shuningdek, konsalting mijoz bilan shartnom a asosida xizmatlar 
ko'rsatishni ham o‘z ichiga oladi.
A udit belgilangan tartibd a auditorlik faoliyati bilan shugullanish 
huqu qini olgan va au d ito rlarn in g k asb -ko ri ro 'y x atig a kiritiladigan 
mutaxassisdir.
A u d ito rlik xizm ati a u d ito rlik firm asi to m o n id an olib boriladi. 
Auditorlik firmasi yuridik yoki jism oniy shaxslar tom onidan tuzilgan, 
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan va o'z ustaviga ko'ra, faoliyati 
sohasi auditorlik xizm atlari k o 'rsa tish d a n iborat b o 'lg an korxonalar 
hisoblanadi.
A uditorlik firm alari kichik ko rx o nalar, m as’u liyati cheklangan 
jam iyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida 
tuzilishi mumkin.
Auditorlik va auditorlar firm alari davlat ro'yxatidan o'tib, litsenziya 
olganlaridan keyin o'z faoliyatini boshlaydilar.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish