Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2.6. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
Omonat saqlashning yana bir turi — sekvestr to'g'risid agi 
shartnomadir. Sekvestr to'g'risidagi shartnoma bo'yicha ashyoga egalik 
qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli 
ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo'lgach, 
ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslaming 
kelishuviga muvofiq kimga tegishli boisa, o'sha shaxsga qaytarib berish 
majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).
Nizoli ashyo sudning qaroriga ko'ra sekvestr tartibida saqlash uchun 
topshirilishi mumkin (sud sekvestri). Sud tomonidan tayinlangan shaxs 
ham, shuningdek, bahslashayotgan taraflarning o'zaro kelishuviga 
muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo'yicha omonat saqlovchi 
boiishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi 
(FKning 900-moddasi).
Shartnomaga berilgan ta’rifga ko'ra sekvestrning ikki turi mavjud:
1. Shartnoma sekvestri;
2. Sud sekvestri.
Sekvestr tartibida saqlashga ko'char mulklar ham, shuningdek, 
ko'chmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
3-§. Tovar omborida omonat saqlash 
1. Tovar ombori tushunchasi
Tovar ombori deb — tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni 
saqlaydigan va saqlash bilan bog'liq xizmatlami ko'rsatadigan tashkilotga 
aytiladi. Bu haqda Fuqarolik kodeksining 901-moddasida shunday 
deyiladi. Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash 
bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.


Bizga ma’lumki, agar qonun hujjatlariga muvofiq tovar ombori 
tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi 
mumkin b oigan omborlar jumlasiga kiritilgan bo'lmasa, u umumiy 
foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi. Umumiy foydalanishdagi tovar 
ombori tomonidan tuziladigan omborda omonat saqlash shartnomasi 
ommaviy shartnoma deb hisoblanadi
Shartnomaaing huquqiy belgilari. Shartnoma ikki tomonlama, haq 
baravariga yoki tekin tuzilishi mumkin.
Omborda omonat saqlash shartnomasi bo'yicha tovar ombori 
(saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o'ziga topshirilgan 
tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to'liq holicha qaytarib berish 
majburiyatini oladi (FKning 903-modsasi).
Shartnomaning shakli. Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma 
ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasi tuzish va tovarni 
omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo'lsa, omborda 
omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi 
(FKning 903-moddasi 2-qismi).
Agar qonun hujjatlaridan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan 
tovar ombori o'ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etish 
mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga Fuqarolik 
kodeksi, 41-bobining qarz va kredit haqdqagi qoidalari qo'llaniladi.
Tovar omborida omonat saqlash shartnomasining ishtirokchilari — 
tadbirkorlar ham bo'lishi mumkin. Bu o'rinda omonat saqlovchi bo'lib, 
tovar omborlari deb tan olingan korxonalar, bundan tashqari, tegishli 
vakolatli organlarning maxsus litsenziyalari asosida xususiy tovar 
omborlariga ega fuqarolar bo'lishi mumkin. Hozirgi bozor munosabatlari 
jadal rivojlanayotgan bir davrda, ayniqsa, savdo tovarlarini xususiy 
omborlarda saqlash amaliyotda ko'p uchraydi. Bu tovar omborlari qonun 
hujjatlariga va tovar saqlash to'g'risidagi qoidalarga zid bo'lmagan 
hammaning omonatini qabul qilishga majburdir.
Lekin maxsus mo'ljallangan tovar omborlarida undan foydalanuvchilar 
doirasi cheklanishi, bundan tashqari, tovar omborlari maxsus idoralarga 
tegishli ham bo'lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 905-moddasiga ko'ra tovar ombori zimmasiga 
quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
T ovar om bori standartlar, texnikaviy shartlar, texnologiya 
yo'riqnomalari, saqlash yo'riqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash 
qoidalarida ombor uchun majburiy bo'lgan boshqa maxsus normativ 
hujjatlarda belgilab qo'yilgan saqlash shartlari (tartiboti) ga rioya qilishi


lozim;
Agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo'lmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul 
qilib olayotganida ularni o'z hisobidan ko'zdan kechirishi kerak;
Agar omonat saqlash egasizlantirish yo'li bilan amalga oshirilayotgan 
bo'lsa, tovar ombori tovar egasiga tovarlarni yoki ularning namunalarini 
ko'zdan kechirish, namuna olish hamda tovarlaming to'liq saqlanishini 
ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rish imkoniyatlarini berishi 
shart.
Tovarlarning to'liq saqlanishini ta’minlash uchun saqlash sharoitlarini 
tezlik bilan o'zgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur 
shoshilinch choralarni mustaqil ko'rishi va bu ko'rilgan choralar to'g'risida 
tovar egasiga xabar berishi;
Saqlash vaqtida tovar omborda omonat saqlash shartnomasida 
kelishilganidan yoki odatdagi tabiiy buzilish normalari doirasidan tashqari 
chiqadigan darajada buzilganligi aniqlangan taqdirda, tovar ombori bu 
haqda darhol dalolatnoma tuzishi va o'sha kuniyoq yuk topshiruvchini 
xabardor qilishi shart.
Tovar egasi va tovar omborining har biri tovarni qaytarib berish 
vaqtida uni ko'zdan kechirish va miqdorini tekshirishni talab qilish 
huquqiga ega. Shu tufayli qilingan xarajatlar tovarni ko'zdan
kechirishni yoki uning miqdorini tekshirishni talab qilgan taraf 
zimmasiga tushadi.
Agar ombor tovarni egasiga qaytarayotgan vaqtida ular tovarni 
birga ko'zdan kechirmagan yoki tekshirmagan bo'lsalar, tovar tegishli 
darajada saqlanmaganligi oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi 
haqidagi ariza omborga tovarni olish vaqtida, tovarni qabul qilishning 
oddiy usuli bilan aniqlash mumkin bo'lmagan yetishmovchilik yoki 
buzilish xususida esa, ularni aniqlash uchun zarur bo'lgan oqilona 
muddatda yozma ravishda yuborilishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 906-moddasi, ikkinchi qismida ko'rsatilgan 
ariza bo'lmaganida, agar aksi isbot qilingan bo'lmasa, ombor tovarni 
omborda omonat saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan 
deb hisoblanadi.
Taraflar o'rtasida tovar omborida yuklar saqlanganda quyidagi 
hujjatlarni berish bilan rasmiylashtiriladi:
ikki qismli ombor guvohnomasi;
oddiy ombor guvohnomasi;
ombor pattasi.
Ikki qismli ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy


ombor guvohnomasi qimmatli qog'ozlar bo'ladi. Ikki qismli va oddiy 
ombor guvohnomasi garov predmeti boiishi mumkin (FKning 908- 
moddasi).
Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov 
guvohnomasidan (varrant) iborat b oiib , ular bir-biridan ajratilishi 
mumkin.
Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar 
ko'rsatilgan boiishi kerak:
tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va 
joylashgan manzili;
ombor guvohnomasining ombor reestri bo'yicha joriy nomeri;
tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki 
fuqaroning ismi, shuningdek, tovar egasining joylashgan yeri (yashash
joyi);
saqlash uchun qabul qilingan tovaming nomi va miqdori - birliklar 
soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovaming oichovi (og'irligi, 
hajmi);
agar muddat belgilangan boisa, tovar qancha muddatga saqlash 
uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun 
qabul qilinganligi;
omonat saqlaganlik uchun toianadigan haq miqdori yoki bu haqni 
hisoblab chiqarishga asos boiadigan tariflar va saqlash haqini toiash 
tartibi;
ombor guvohnomasi berilgan sana.
Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning 
bir xil imzosi va tovar omborxonasining muhri boiishi shart.
Fuqarolik kodeksining 909-moddasi talablariga mos kelmaydigan 
hujjat ikki qismli ombor guvohnomasi boia olmaydi.
Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan 
tovarni to'la tasarruf etish huquqiga ega.
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi 
tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi bo'yicha berilgan 
kreditni toiamagunicha tovarni ombordan olishi mumkin emas (FKning 
910-moddasi, 2-qismi).
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo'yicha berilgan 
kredit va uning foizlari miqdorida tovar bo'yicha garov huquqiga ega 
boiadi. Tovar garovga qo'yilganida bu haqda ombor guvohnomasiga 
belgi qo'yiladi.


Agarda qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan 
b o‘lmasa, ombor guvohnomasi va garov guvohnomasi birgalikda yoki 
alohida-alohida topshirish yozuvlari bo'yicha topshirilishi mumkin.
Oddiy ombor guvohnomasi taqdim etuvchiga beriladi. Bundan 
tashrqari, oddiy ombor guvohnomasida Fuqarolik kodeksining 909- 
moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlar bo'lishi, shuningdek, u taqdim 
etuvchiga berilganligi ko'rsatilgan bo'lishi shart.
Tovami ikki qismli omborxona guvohnomasi bo'yicha berish qonunda 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki 
qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala 
guvohnomani oladi.
Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohomasiga ega bo'lmasa, 
biroq uning yuzasidan qarz summasini to'lagan bo'lsa, ombor tovarni 
faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yo'li bilan va u bilan birgalikda 
garov guvohnomasi bo'yicha butun qarz summasi to'langanligi haqidagi 
patta taqdim etilgandagina beradi.
Ombor va garov guvohnomalarinmg saqlovchisi tovami qismlarga 
bo'lib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o'rniga 
unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi.
Garov guvohnomasiga ega bo'lmagan va uning yuzasidan qarz 
summasini to'lamagan ombor guvohnomasini saqlovchiga Fuqarolik 
kodeksining 913-moddasi talablariga qaramay, tovarni bergan tovar 
ombori garov guvohnomasini saqlovchi oldida bu guvohnoma bo'yicha 
ta’minlangan to'lov uchun javobgar bo'ladi.


/

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish