Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Shartnomani bajarish.
Bino va inshoot ijara shartnom asining maxsus qoidalar bilan tartibga 
solinishning o'ziga xos xu su siy atlaridan biri shartnom ani bajarishdir 
(FKning 578-moddasi 1-qismi). Bino yoki inshootni ijaraga beruvchi 
tomonidan topshirish va ijaraga oluvchi tomonidan qabul qilib olish taraflar 
imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirishga doir boshqa hujjat 
bo'yicha am alga oshiriladi. Bino yoki inshootni topshirish dalolatnomasi 
imzolangunga q a d a r am aliy jih a td a n qabul qilinmagan va shartnom a 
bajarilmagan hisoblanadi. «Agar qonunda yoxud bino yoki inshootni ijaraga 
berish shartnom asida boshqacha tartib nazarda tutilgan boim asa, ijaraga 
b eruvchining bino yoki inshootni ijaraga oluvchining egaligiga yoki 
foydalanishiga topshirilganidan va taraflar topshirish to'g'risidagi tegishli 
hujjatni imzolaganlaridan keyin bajarilgan hisoblanadi.
T a ra fla rd a n birining bino yoki inshootni sh a rtn o m a d a nazarda 
tutilgan shartlarda topshirish to'g'risidagi hujjatni imzolashdan bosh tortishi 
tegishli bo'lishligiga qarab, ijaraga beruvchining mol-mulkni topshirish 
bo'yicha o'z m ajburiyatlarini, ijaraga oluvchining esa, m ol-mulkni qabul 
qilib olish bo'yicha o'z m ajburiyatlarini bajarishdan bosh to rtish deb 
qaraladi. (FK 578-modda, 2-3-qismlari). Ijaraga beruvchi tomonidan ijaraga 
topshirish m ajburiyatini bajarm aslik unga nisbatan noqulay vaziyatni 
keltirib chiqaradi, shuningdek, unga um um iy m ajburiyatlardan tashqari 
m ajb u riy a tn i b ajarm ag anlig i n atijasid a yetkazilgan z a ra rn i qoplash 
m ajburiyatini yuklaydi.
A gar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni 
sh a rtn o m a d a k o 'rsatilg an m u d d a td a , b asharti sh a rtn o m a d a bunday 
m u d d at k o 'rsatilg an bo im asa, oqilona m u ddatda topshirilgan boisa, 
ijaraga oluvchi FKning 331-moddasiga muvofiq bu m ol-mulkni undan


talab qilib olish va shartnom aga muvofiq ijroning kechikkanligi tufayli 
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki shartnom ani bekor qilish 
va uning bajarilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplashni talab 
qilish huquqiga ega (FK 541-modda, 4-qismi). K reditor m ajburiyat narsasi 
bo'lgan ashyoni o'ziga topshirishni talab qilish zararning qoplanishini 
talab qilish huquqiga haqli (FK 331-modda 2-qismi). Ijaraga oluvchi 
to m o n d a n ija ra g a b e rila y o tg a n bino yoki in sh o o tn i q a b u l q ilish
m ajburiyatini bajarmaslik unga nisbatan m a’lum bir oqibatlarni keltirib 
chiqaradi. FKning 34-bobi 4-paragrifda bunday holatni tartibga soluvchi 

qoidalar bo'lmasa ham, ijaraga oluvchi qonunni yoki boshqa huquqiy 
hujjatlarni yoxud ijara shartnomasini buzib ijaraga olingan mulkni qabul 
qilm asa yoki qabul qilishdan bosh to rtsa, ija rag a b e ru v c h i ijarag a 
oluvchidan ijara obyektini qabul qilishni talab qilishi yoki shartnom ani 
bajarishdan bosh tortishi mumkin. Bino yoki inshootni ijaraga berish 
shartnomasining m uddati tugaganda yoki bekor qilinganda, ijaraga olingan 
bino yoki inshoot FKning 578-moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya 
etgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi lozim.
Mana shu mulohazalar bilan bino va inshoot ijara shartnomasi haqidagi 
fikrlarga yakun yasasak bo'lardi, chunki FK da belgilangan qoidalar va 
b u turdagi shartnom aning o'ziga xos xususiyatlari to'liq ochib berildi, 
lekin bu turdagi huquqiy m unosabatlarning yuridik adabiyotlardagi yana 
bir xususiyati haqida turli fikrlar mavjud. Bino va inshoot ijara shartnomasi 
xususiyatlari haqidagi qizg'in fikrlard an biri b un day shartnom alarni 
tuzishda subyektlar doirasi m a’lum bir v aqtd a o'zgacha, y a ’ni ijaraga 
beruvchi tomonidan aynan m ulkdor emas, balki operativ boshqaru v 
yoki xo'jalik yuritish h uquqi bo'yicha ta sa rru fid a bo'lgan balansida 
tu ruvch i m ulkdor ijaraga beruvchi bo'lishi m um kin. V.N.Litovkinning 
fikricha: «Tashkilot m ulkdor bo'lm asa h am lekin balansida tu ru v c h i 
m ulkdor sifatida ijara m unosabatlarida m a’lum bir o'rinni egallab turishi 
m um kin. (Balansida tu ru v ch i m ulkdor tushunchasi shartnom a tuzish 
amaliyotda va huquqiy hujjatlarda qo'llaniladi.)»
V.N.Litovkinning yozishicha b alan sid a tu ru v c h i m u lk d o r - bu
om m aviy h u q u q q a ega b o'lgan y u rid ik sh a x s (op erativ b o sh q a ru v
huquqiga ega) ijaraga beruvchi tomonidan tu rib shartnom alarga imzo 
q o 'y a d i, lek in m u lk d o r o ld id a ija r a o b y e k tin in g te x n ik x iz m a t 
ko'rsatishiga, saqlanishiga, foydalanish va t a ’m irlash uchun javobgar 
bo'ladi. B alansida tu ru v c h i m u lk d o r-ija ra g a b e ru v c h in in g x o 'jalik
y u ritu vch i subyekti, u ijara shartnom asini tuzish huquqini olmagan, 
sh artn om ani haqiqiy bosh m ulkdor tuzadi, lekin balansida tu ru v c h i


m ulkdom ing imzosi lozim bo'lib hisoblanadi. A garda balansida turuvchi 
m ulkdor imzo chekishdan bosh tortsa, shartnom ani haqiqiy-bosh m ulkdor, 
balansida turuvchi m ulkdorning tutgan holatidan q a t’iy nazar, imzolaydi. 
Balansida turuvchi m ulkdor haqiqiy bosh m ulkdorning tarafida boiib, 
shartnom ada tuzilgan m ajburiyatlarni bajarishi sh a rt1.
X ulosa q ila d ig a n b o 'lsa k bino va in sh o o tlarn i ija ra g a b e ris h
shartnom asi o'ziga xos xususiyatga ega ekanligiga hech qanday shubha 
yo'q lekin juda ko'p huquqshunos olimlar va m utaxasislarda ko'plab 
ijobiy fikrlar, m ulohazalar borligini yuqorida o'zingiz guvohi bo'ldingiz. 
H aqiqatdan ham u sh b u m unosabat dolzarb b o ig an va dolzarb b o iib
kelmoqda. Sababi, bozor m unosabatlari rivojlanib borayotgan bir vaqtda 
h a r bir tadbirkor yoki ishbilarmon subyektlarga binolar va inshootlardan 
ijara asosida foydalanish z a ru ra ti tug'iladi. Shuning u ch u n hozirda 
h a ra k a td a b o ig a n qonun hujjatlarn i yana ham takom illashtirishim iz 
lozim.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish