Toshkent davlat transport universiteti S. T. Boltayev, S. I. Valiyev temir yo


Temir yo’l stansiyasining funksional sxemasini ishlab chiqish asoslarini



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana13.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#786313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MSUKurs ishiga malumotlar

Temir yo’l stansiyasining funksional sxemasini ishlab chiqish asoslarini 
o’rganish. 
 
Stansiyaning sxematik rejasi bir yo’lli chizmada masshtabsiz ko'rsatilgan. 
Stantsiya ikki yo'nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stansiyaga va 
peregonga yo'naltirilgan asosiy yo'llar, maxsuslashtirilgan va nomsiz (obezlichennie) 
yo'llar, maxsuslashtirilgan yo'llardan faqat bir yo'nalishda harakatlanish, nomsiz 
yo'llardan ikkala yo'nalishda harakatlanish mumkin. 
Stansiya poyezdlarni qabul qilish, o'tkazish va jo'natishga, yo'lovchilarni 
chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo'ljallangan. 
Shuningdek, stansiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni, svetoforlarni,
strelkalarni, yo'llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo'lovchilar 
binolari, EM posti, yo'llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi 
barcha harakat obektlari sxematik ravishda ko'rsatiladi. 
Kurs ishi topshirig'idagi stansiyani jihozlashda 13 ta svetofor: kirish svetofori N,
chiqish svetoforlari Ch1, Ch3, Ch4, Ch5 va Ch6 manyovr svetoforlari M1, M2, M3, 
M5, M7, M9, M11 va M13 dan foydalanildi. Stansiyada IP, IIP, 3P, 4P, 5P va 6P 
yo'llar va 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13 va 15 raqamli strelkalar mavjud. Stansiyani bir ipli 
rejasi 1-rasmda ko'rsatilgan. 


1-rasm. Funksional sxema. 
Manyovr ishini xarakteriga qarab manyovr svetoforlarini quyidagi holatlardan 
kelib chiqqan holda joylashtirish mumkin: 
- qabul qilish jo‘natish yo‘llaridagi manyovr svetoforlari, shu bilan birga chiqish 
svetoforlariga qo‘shilgan ular mavjudligida, park yo‘llarida manyovr ishlarini 
tashkillashtirishga va yo‘llar tomonidan stansiya gorlovinasini to‘sish uchun manyovr 
svetoforlari ;
- qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomon yo‘nalgan manyovr svetoforlari, har bir 
park yo‘llaridagi shuningdek parklar aro manyovr ishlarini tashkillashtirish uchun 
xizmat qiladi (depo yo‘llarini, park va yurish yo‘llarini tutashtiruvchi 
markazlashtirilmagan hududdan markazlashtirilgan hududga kirishga ruxsat etuvchi 
manyovr svetoforlari); 
- stansiya gorlovinasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomonga yo‘naltirilgan 
manyovr svetoforlari, ular qabul qilish yo‘nalishida uzun va murakkab marshrutlarni 
bo‘lish uchun xizmat qiladi; 
- stansiya gorlovinasining peregon tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari,
ular jo‘natish yo‘nalishida murakkab manyovr marshrutlarini bo‘lish uchun xizmat 
qiladi. 
Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan 
yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar 
o‘rnatiladi (Ch1, Ch3, Ch4, Ch5, Ch6). Shuningdek, guruhli svetoforlar (poyezdli va 
manyovrli), depodan chiqish, tortish, manyovr tarkiblarini to‘xtash yo‘llaridan 
chiqishni ixotalovchi svetoforlar ham machtali bo‘lishi kerak. Qolgan chiqish va 
manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.
Gorlovinada manyovr svetoforlarning joylashtirilishi shunday hisob-kitob bilan 
amalga oshirilganki, parallel manyovr harakatlanishlar imkoniyati ta’minlangan va 
burchak kirishlarda ko‘p qatnovni bartaraf etilgan bo’lishi kerak. 
Harakatlanuvchi birlikni bir yo‘ldan boshqasiga qayta o‘rnatish imkoniyati shu 
yo‘lga olib boruvchi strelkalardan oldin manyovr svetoforlarini o‘rnatish bilan 
amalga oshirildi. 
Agar qabul-qilish jo‘natish yo‘li maxsuslashtirilgan – chiqish svetofori bir 


tomondan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda qarama qarshi tomondan manyovr svetofori 
qo‘yish ko‘zda tutiladi (M13). Stansiya gorlovinasidagi strelkasiz seksiyalar qoidaga 
binoan ikkala tomonidan manyovr svetoforlari bilan ajratiladi. 
Qabul qilish-jo‘natish va stansiya va peregonning boshqa yo‘llaridan strelkali 
hududlar tutashmalar bilan ajratiladi. Kirish svetofori va birinchi kirish strelkasi 
orasida izolyatsiyalangan uchastka (seksiya) bo‘lishi nazarda tutiladi (NAP, 1-7P). 
Agar stansiya gorlovinasi ikki yo‘lli peregonga tutashgan bo‘lsa, unda oxirgi 
chiqish strelkasi va stansiya chegarasi orasidagi seksiya chiqish strelkasida manyovr 
svetoforini o‘rnatish ko‘rib chiqiladi. Stansiya chegarasida bitta peregon yo‘li bo‘ylab 
boshqa yo‘l tubdan ta’mirlanayotganda ikki tomonlama harakatni tashkillashtirish 
uchun qizil va ikki sariq chiroqli qo‘shimcha kirish svetofor qo‘yish ko‘zda tutiladi. 
Stansiyaning asosiy yo’llari rim raqamlari bilan belgilangan mos ravishda IP va IIP,
strelkalar peregon tomonidan belgilangan, toq yo’nalish bo’ylab harakatlanuvchi 
poyezd strelkalari arab toq raqamlari bilan raqamlandi:
1/3, 5/7 (1-rasm). Undan 
keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshiriladi (1SP, 3SP, 5SP 
va h.k.). 
Bitta seksiya uchtadan ortiq bittalik yoki ikkitadan ortiq kesishgan strelkali 
o‘tkazgichni qamrab olishi mumkin emas. Parallel yo‘llar oralig‘idagi qiyalik 
strelkalari bir biridan izolyatsiyalanadi, aks holda ikkala strelka bo‘ylab bir vaqtda 
bir biriga zid bo‘lmagan harakat mumkin emas. Strelkalarni seksiyalarga 
taqsimlashda mumkin qadar qarshi bo’lmagan marshrutlarning bir vaqtda harakat 
qilinishini ta’minlash lozim. 
Yon yo‘llardan poyezdlarni to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun 1/18 markali 
strelkali o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Kirish svetoforida bunday holatda bitta 
yashil tasma qo‘llanilgan signallashtirish ko‘zda tutiladi. 
Ch1, Ch3, Ch4, Ch5, Ch6 chiqish svetoforlari qabul – jo’natish yo’llari 
ixtisosligini hisobga olgan holda o’rnatildi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish