bilan EM avtomatlari sxemalarida strelkali seksiya holatining nazorati amalga
oshiriladi. .Blokda
K S , 1 M , 2 M , 3 , R I , R , S P
relelari bor.
UP-65 (UP-62) – stansiya bo’g’izidagi har bir uchastka yo’llari (strelkasiz
uchastka) uchun o’rnatiladi. Uchastka yo’llarida strelka bo’lmaydi lekin unda ham
qulflash va ajratish vazifalari mavjud. Bu poyezdli marshrutda seksiyalarning ketma-
ket ajralishi imkonini yaratadi. Manevrli marshrutlarda UP-65 bloki marshrutlarning
oxirlarini ajratadi va qarama-qarshi manevr marshrutlarni o’rnatilib qolishining oldini
oladi.
1 K C , 1 M , 2 M , 1 K M , 2 K M , R I , R , P 1
relelaridan tashkil topgan.
PS – strelkani ishga tushuruvchi. SP yoki VSP turidagi elektr yuritmalar bilan
jihozlangan strelkalar uchun o’rnatiladi. Blokning
vazifasi strelkani taminot
manbasiga ulash va strelka holatining datchiklarining nazoratini amalga oshirish.
Taminot manbasi turi va usuliga qarab bloklar strelkani ikki simli boshqarish
sxemasida batareyli (PS-110, PS-110A, PS-110M) va batareysiz (PS-220, PS-
220A, PS-220M) ko’rinishda; hamda strelkani besh simli boshqarish sxemasida
(PST) yig’iladi. Strelkani ikki simli boshqarish sxemasida yig’ilgan bloklarda, bir
blokda ikki komplekt bo’ladi. Shu sababli ikkita strelka uchun bitta blok qo’llaniladi.
C (CO, CC) – strelka uchun (yakkalik strelkali, juftlik strelkalari). Har bir
yakkalik svetofor uchun o’rnatiladi. Juftlik strelkalar uchun ikkita C blok o’rnatiladi.
Blokning vazifasi stansiya plani bo’yicha ulanadigan elektr zanjirlarni – strelka holati
bo’yicha, nogabarit seksiyalarning bo’shligi, qo’riqlanuvchi strelkalarning holatiga
qarab – kommutatsiya qilish,
P K , M K , V Z
relelaridan tashkil topgan.
M I – ikkita strelkali yo’l uchastkalarinig chegarasida
joylashgan yakkalik
manevr svetofori bloki. Blokning asosiy vazifalari: bir yo’nalishdagi manevr
marshrutlarining boshi va oxirini ajratish, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish
va bekor qilish shartlarini taminlash,
K S , N , K M , S , O T , I P ,
O relelaridan
tashkil topgan.
M II – tupikdan chiqish manevr svetofori yoki stvorda o’rnatilgan svetoforlarning
bloki. Blokning asosiy vazifalari: turli yo’nalishdagi marshrutlarning boshi va oxirini
aniqlash, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini
taminlash.
M III – Strelkasiz uchastka yoki chiqish svetofoti yo’q qabul qilish-jo’natish yo’li
manyovr svetoforining bloki. Blokning vazifalari: manevr
marshrutlarining boshini
aniqlash, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini
taminlash.
VD-62 – birlashtirilgan svetoforni (chiqish, marshrutli, ishlab chiqarish
transporti) boshqarishdagi qo’shimcha blok. Blokning vazifalari: bir yo’nalishdagi
poyezd va manevr marshrutlarining boshini ajratish, marshrutni
ajratish va bekor
qilish shartlarini taminlash. VD-62 blokini ishlab chiqilishining asosiy sababi
birlashtirilgan svetoforni boshqarishning funksional uzellarining qurilmalari bir
blokni ichiga sig’maganligidir, Ch, ChD-
KS, 3, OT, KM, N, IP
relelaridan tashkil
topgan.
BI – birlashtirilgan svetoforni boshqarishdagi funksional uzelning asosiy bloki .
Blokning vazifasi svetofor yonishini boshqarish va lampochkalar ishlayotganini
(ipini) tekshirish. Blok yashil, sariq, qizil, oq ranglar signallashtirilishini amalga
oshira oladi, shu sababli uni marshrutli va peregonda yarim avtoblokirovka yoki 3
ishorali avtoblokirovka qo’llanilganida chiqish svetoforini
boshqarishda ishlatish
mumkin.
BII – bu blokning ham vazifalari huddi BI bloknikidek. Farqi shundaki BII bloki
ikkita sariq yoki ikkita yashil ranglar uchun qo’shimcha signallashtirishni amalga
oshiradi. Ikkita yashil rang bilan qo’shimcha signallashtirilgan variantida blok
stansiya bo’g’izidan chiqishda ikkita peregon mavjud bo’lgan chiqish svetoforini
boshqarish uchun qo’llanilishi mumkin, bu ikki peregonlarning birida yarim
avtoblokirovka boshqasida uch ishorali avtoblokirovka. Ikkita sariq rang bilan
qo’shimcha signallashtirilgan variantida esa har qanday birlashtirilgan
svetoforning
marshrutida strelkadan og’ib o’tish mavjud bo’ladigan bo’lsa.
BIII – bu blokning ham vazifalari huddi BI bloknikidek. BIII blokning farqi
shundaki, unda bir vaqtda sariq va yashil ranglar signallashtirilishi amalga oshiradi.
Bunday svetoforlar to’rt ishorali avtoblokirovka bilan jixozlangan peregonga
chiqishni ta’minlovchi marshrutlarni chegaralashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: