Toshkent Davlat Transport Universiteti “Avtomatika va telemexanika”


-rasm stansiyaning bir ipli rejasi



Download 0,86 Mb.
bet3/6
Sana06.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#749345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xusanboyev F.U.amaliyot hisoboti

2-rasm stansiyaning bir ipli rejasi


4. Stansiyaning ikki ipli rejasi.

Stansiyaning ikki ipli rejasi – bu tashqi izolyasiyalovchi tutashmalar bo’shab chiqishi holatida xavfli ishdan chiqishga yo’l qo’ymaslik uchun ta’minot manbalari qanday ulanishi ko’rsatiladigan ikki ipli ko’rinishda tasvirlanadigan stansiya planidir.


Stansiyaning ikki ipli rejasi bir ipli reja asosida quriladi.
Stansiyaning ikki ipli rejasida quyidagilar inobatga olinishi kerak:

  1. Stansiyada izostiklarni to’g’ri o’rnatish.

  2. RZ larda faza-qutb almashinishiga e‟tibor berish.

  3. RZ qurilmalarida DT larni to’g’ri o’rnatish.

  4. Seksiyalarni nomerlash.

Stansiyaning ikki ipli rejasida strelkali seksiyalar quyidagicha nomlanadi: (5CП, 7СП, 15СП, 19-23СП, 25-29СП, 31СП, 37СП, 39-43CП, juft tomonda 4СП, 2-10СП, 6-16СП, 8СП, 12СП, 28СП, 36CП, 38-40СП, 42СП, 44СП).
Stansiyaga kirish svetoforidan keying yaqinlashish uchastkasi НАП yoki ЧАП, chiqish svetoforidan oldingi uchastka esa IIП, 4П, 6П deb nomlanadi. Fazasezgirli yo’l qabul qilgichli tarmoqlanmagan RZlarining ta’minot va rele uchlari shunday joylashtiriladiki, bir yo’lli uchastkadagi stansiyalarlarda ALS kodlarini jo’natish (kodlash) RZning ta’minot uchidan, ikki yo’lli uchastkadagi stansiyalarda qabul qilish marshrutlarida – rele uchidan, jo’natish marshrutlarida – ta’minot uchidan amalga oshirilsin.
Stansiyaning ikki ipli rejasiga izolyasiyalovchi tutashmalarni bir ipli rejadan ko’chirib o’tilgandan keyin qo’shni rels zanjirlaridagi ta’minotning oniy qarama-qarshi qutblarining almashinuviga amal qilinayotganligiga
ishonch hosil qilish kerak.
Izolyasiyalovchi tutashmalarni joylashtirishni to’g’riligini tekshirish har bir yopiq konturda tutashmalarning juft qiymatini ta’minlash usuli bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda strelka ulagichdan tok oqishi tekshiriladi ularning butunligini nazorat qilish uchun.
Tarmoqlarda signal toki oqmaydigan izolyasiyalangan uchastkalarni egallanishini qayd qilishning ishonchliligini oshirish uchun RZ ikkitalik stikli ulagich bilan jihozlanadi. Shuningdek ular bilan poyezdlar to’g’ridan to’g’ri (to’xtamasdan) o’tib ketishi nazarda tutilgan strelkali va strelkasiz seksiyalar (RZning barcha tarmoqlarini o’z ichiga olgan holda), qabul qilish
– jo’natish yo’llari ham jihozlanadi. Biroq bittalik strelkalarda nazorat qilinmaydigan ulagichlardan foydalanish mumkin emas. Bir ipli rels zanjirlarida tortqi tokini o’tkazib yuborishni ta’minlashda strelka krestovinasi ustidan po’lat, ba’zi hollarda mis tortqili strelkali ulagichlar o’rnatiladi.
Agar qo’shni yo’llarning o’qlari orasidagi masofa 5,9 m dan kichik bo’lmasa, kesishgan qiyalikni izolyasiyalashda ikki ipli rels zanjirlarini qo’llash kerak. Kodlash zarur bo’lganda, rels bo’ylab shleyf qo’yib chiqish talab qilinadigan kichik yo’l oralig’ida faqatgina bir ipli rels zanjirlari qo’llaniladi. Barcha hollarda lokomotiv signalizatsiyali yo’llarda joylashgan strelkalarda tutashmalarni tarmoqda o’rnatish tavsiya qilinadi. Peregon bilan bir qatordagi stansiya yo’llari relslarga kodlarini jo’natuvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Stansiyalarda poyezdlarning to’xtamasdan o’tib ketishi nazarda tutilgan qabul-qilish jo’natish yo’llari, yo’lovchi poyezdlarni qabul qilish, uzatish va jo’natish, AB bilan jihozlangan ikki yo’lli uchastkaning noto’g’ri peregon yo’liga poyezd jo’natish, shuningdek asosiy yo’llarning davomi hisoblangan strelkali va
strelkasiz seksiyalar kodlanadi. Kodlarni uzatish harakatlanayotgan poyezdga qarshi amalga oshirilishi kerak.
Yo’l relelari rels zanjirlarining barcha tarmoqlarida albatta bo’lishi kerak, agar ushbu tarmoqlangan rels zanjiri poyezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutiga kirsa. Ikki ipli tarmoqlangan rels zanjirlarida yo’l relelarining umumiy miqdori uchtadan, bir iplisida esa ikkitadan oshmasligi kerak.
Elektr tortqida qaytuvchi tortqi tokini izolyasiya tutashmasidan o’tib ketishini ta’minlash kerak. Buning uchun doimiy tokli elektr tortqida DT- 0,6- 500M tipli, o’zgaruvchan tokli elektr tortqida DT-1 tipli drossel- transformatorlar ishlatiladi. Bir ipli rels zanjirlarida qaytuvchi tortqi toki tortqi ulagichlari orqali o’tkazib yuboriladi. Izolyasiyalanmagan elektrlashtirilgan yo’llar yoki tupiklarning bir ipli rels zanjiri chegarasida tortqisi bo’lmagan ipda bitta tutashma o’rnatiladi.
Stansiyalarda asosiy va barcha kodlanadigan yo’llar, asosiy yo’llarning davomi hisoblangan strelkali va strelkasiz seksiyalar, bittadan ortiq yo’l qabul qilgichlariga ega strelkali seksiyalar ikki ipli qilib loyihalashtirilishi kerak. Bunda poyezdlarni bir yoqdan ikkinchi yoqqa 50 km/s dan ortiq tezlik bilan o’tishi amalga oshiriladigan asosiy va yon yo’llarda va ularga tutashgan strelkali seksiyalarda joylashgan DTlar taminot uchidagi kabi RZning rele uchida ham, yon yo’llarda esa agar tortqili tok kanalizatsiyasi sharoitlari bo’yicha ikkinchi DT o’rnatish talab etilmasa faqat ta’minot uchida o’rnatiladi. Bundan tashqari, stansiyalarda qabul qilish-jo’natish yo’llarining soni oltitagacha bo’lsa, barcha izolyasiyalangan seksiyalar ikki ipliga ajratiladi. Qolgan hollarda bir ipli RZ qo’llashga ruxsat etiladi.






Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish