Stansiyani rels zanjirlari bilan jihozlash O’zbekiston temir yo’llarida harakatchi birikmani joylashgan o’rnini ko’rsatib beradigan stansiya datchigi sifatida rels zanjirlari juda keng miqiyosda qo’llaniladi. Ushbu rels zanjirlarining har xil turlari mavjud, lekin ularni stansiyada qo’llash uchun quydagi alohida xususiyatlarni hisobga olish kerak bo’ladi: 1- xususiyat. Rels zanjirlarini ta’minot manbasini va yo’l relsini EM postiga joylashtirish ya’ni ularni rels liniyasidan etarli darajada uzoqlashtirish. Releni chiqishlarini relsga ulash uchun xizmat qiladigan o’tkazgichni qarshiligi 0,075 Om dan oshmasligi kerak. Rele chiqishlarini relsga ulash 1 km uzunlikdagisi 23,5 Om ni tashkil etadigan namunaviy kabel yordamida amalga oshiriladi. Agar rels liniyasi uchlari 0,5 km uzunlikdagi kabel yordamida EM posti bilan bog‟langan bo’lsa, u xolda o’tgazgichga bo’lgan meyorni (0,075 Om) ta’minotlash uchun 157 ta kabel tolasi 30 parallel ulanishi ((23,5 x 0,5)/0,075= 157 ta) kerak bo’ladi. Misning narxi baland bo’lgani uchun bu juda katta harajatga olib keldi (bu holat o’zgarmas tok uchun). 2- xususiyat. Strelkali elektr o’tkazgichlar joylashgan yo’lning tarmoqlangan qismida o’zaro bir qancha rels liniyalari bog‟langan tarmoqlangan rels zanjirlari qo’llaniladi. Bu ichki izolyasiyalangan tutashma (izolyasiya stiklari) (VIS) va o’tkazuvchi strelka ulagichi deb ataladigan (PSS) qo’shimcha izolyasiyalangan tutashmalarni ulashni talab etadi. 3- xususiyat. Stansiyani rels zanjirlarida bir tomonlama yo’nalish bo’ylab ALS signalini (tokini) uzatish ta’minot manbasi oxiri danamalga oshiriladi. Stansiyani rels zanjirlari bilan jixozlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: 1. Tarmoqlangan rels zanjirlari parallel shaklda izolyasiya qilinadi. 2. Bitta strelkali yo’l seksiyasiga ikkitagacha strelkali o’tkazgich ulanadi. Agar
uchta strelka komplekt ko’rinishda joylashgan bo’lsa va yon yo’llar uzunligi kichik bo’lsa, u xolda bitta strelkali seksiyaga uchta strelkali o’tkazgich ulanishi mumkin. 3. To’xtamay o’tib ketish yo’llariga tutashgan yon yo’llardagi va yo’lovchi poyezdlarni qabul qilish xamda jo’natish yo’llaridagi rels zanjirlari yo’l relelari bilan jixozlanishi kerak. 4. Bitta tarmoqlangan rels zanjir uchtagacha rele oxirini o’z ichiga olishi mumkin. 5. Uzunligi 60 m dan ko’p bo’lgan yon yo’llar rele bilan ta’minotlanishi kerak.
31 Stansiyadagi rels zanjirlarni o’zgaruvchan tok bilan ta’minotlash o’zgarmas tokli rels zanjirlaridan foydalanishga qaraganda ancha kabelni tejashga imkon beradi. Kodlanmaydigan stansiya yo’llarida P yo’l relesi sifatida
ANVSH2-2400 turdagi rele bo’lgan 50 Gs chastotali o’zgaruvchan tokli rels zanjirlari ishlatiladi. Rels zanjiri yo’l transformatori PT dan rezistor R0 orqali oziqlanadi. Bunday rels zanjbirining rele uchida RT releli transformator o’rnatiladi. Bu transformator yordamida rels liniyasidan kelayotgan kuchlanish P yo’l relesining tortish kuchlanishigacha oshiriladi. Agar rels zanjir soz va bo’sh bo’lsa, unda P yo’l relesi o’z langarini o’zakka uzluksiz tortilgan holda ushlab turadi. Rels zanjirga poyezd kirib kelganida P yo’l relesi qarshiligi kichik bo’lgan poyezdning g‟ildirak juftliklari bilan shuntlanadi va rele cho’lg‟amida kuchlanish kamaygani sababli o’z langarini qo’yib yuborib rels zanjirning bandligini qayd etadi. Bunday rels zanjirning chegaraviy uzunligi 1500 m tashkil etadi va ularni oziqlantiruvchi hamda releli uchlaridan kodlash mumkin. Rels zanjirning oziqlantiruvchi va releli uchlaridagi apparaturani muvofiqlashtirishi transformator qutilarida joylashgan yo’l PT hamda releli RT transformatorlar yordamida amalga oshiriladi. Transformator qutilaridagi
2A tokli saqlagichlar rels zanjirga xizmat ko’rsatilishda elektr zanjirlarni o’chirishga imkon beradilar. Ushbu turdagi rels zanjirlarining chegaraviy uzunligi 1200 m tashkil etadi. Yo’l reledagi kuchlanish rostlash jadvallariga muvofiq yo’l transformator PT ning ikkilamchi cho’lg‟amida kuchlanishni o’zgartirish orqali rostlanadi. R0rezistori yo’l transformatorni poyezd oziqlantiruvchi uchini shuntlaganida qisqa tutashuv rejimida asraydi. Quyidagi 5- rasmda asosiy yo’l uchun 25 Gs chastotali ikki tarmoqli tarmoqlanmagan rels zanjiri sxemasini ko’rib o’tamiz.