1М va 2M relesining ishga tushish zanjiri
6.6. Мarshrutni bekor qilish, suniy uzish va ajratish sxemalari tahlili.
Funksional sxemaga muvofiq bloklarni joylashtirilgach, ushbu qadamda bloklarda ijrochi guruhning to‘liq sxemasining oltinchi zanjirini ko‘rsatish kerak – R va OT relesi. Bitta tiratron blokining ishga tushish sxemasini keltirish va vaqtni ushlab turish shinasidan birini ko‘rsatish tavsiya etiladi.
Barcha bekor qilish sxemalari quyidagilardan iborat:
sanashni svetoforni yopish vaqtida boshlanadigan vaqtni ushlab turishni amalga oshiruvchi va sanash tugagandan keyin marshrut uzilishi amalga oshiriladigan komplektlardan. Bunday komplektlar 3 xil ( OV - vaqtni umumiy kechiktirish 5 sek; MV - manyovrli kechiktirish 1 min; PV-poyezdli kechiktirish 3 min);
Vaqtni kechiktirish komplektlaridan birini tanlashni amalga oshiruvchi IP deb nomlanuvchi rele - yaqinlashishni malum qiladi;
Bekor qiluvchi rele OT, bekor qilish zaruratini qayd qiladi va qulflangan marshrutning harakat xavfsizligi shartini uzluksiz nazorat qiladi. Bu relening asosiy funksiyasi signaldan oldin haqiqatan ham poyezd to‘xtashi mumkin emasligini qayd qilish va bekor qilish siklini to‘xtatish;
Ajratuvchi R relesi vaqtni tugashini hisoblab yozib qo‘yadi va qulflashni yechishni amalga oshiradi.
IP relesi o‘z funksiyasini faqat svetoforlar ochiq bo‘lgandagina amalga oshiradi. Harakat xavfsizligi shartlaridan kelib chiqib relening normal holati marshrut oldi uchastkasi bo‘sh bo‘lganda tokli holatda deb olinadi.
6.7. Indikatsiya sxemalari.
Indikatsiya sxemalari tabloda poyezdli holatlarni va tizim ishini ko‘rsatib beradi. Buzilish holatlarida sodir bo‘ladigan vaziyatlar bo‘yicha indikatsiya buzilish joyini va harakterini aniqlashga imkon beradi. Funksional sxemaga muvofiq ravishda bloklarni joylashtirgach, tabloda o‘rnatilgan lampochkalar bilan yettinchi va sakkizinchi zanjirlarni ulashni ko‘rsatib o‘tish kerak.
Yettinchi va sakkizinchi zanjirlar bo‘yicha ulash elementar marshrut chegaralarida bajarilishini hisobga olish kerak.
Xulosa
Bu kurs ishida biz o’zimizga berilgan stansiya misolida stansiyani bir ipli va ikki ipli rejasini tuzish, temir yo’l stansiyasining funksional sxemasini ishlab chiqish, turli xil rele sxemalarini o’rgandik va tahlil qildik.
Ushbu kursavoyda biz rels zanjiri haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldik. Stansiyaning bir ipli va ikki ipli rejasini tuzishni, stansiyaning ikki ipli rejasi bir ipli reja asosida qurilishini o’rgandik.
Stansiyaning ikki ipli rejasida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
Stansiyada izostiklarni to’g’ri o’rnatish.
RZ larda faza-qutb almashinishiga e’tibor berish.
RZ qurilmalarida DT larni to’g’ri o’rnatish.
Seksiyalarni nomerlash va boshqalar.
Indikatsiya nomeri nima ekanligini o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |